Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta'minlash borasidagi davlat siyosati



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə31/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

4. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta'minlash borasidagi davlat siyosati. Bag‘rikenglik o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan chinakam islomiy fazilatdir. U samimiyat, ochiq muloqot hamda vijdon va e'tiqod tufayli vujudga keladi. Shuningdek, u faqat ma'naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, yon-atrofimizda xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini rivojlantirish, yurtimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan bo‘lib, bu bilan millatlararo munosabatlar rivojida yangi bosqich boshlandi.
Hukumatimiz rahbariyati barcha fuqarolarimizga diniy marosimlarini, ibodatlarini emin-erkin ado etishlari uchun lozim bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Dinimizning asosi – Qur'oni karimda ham bag‘rikenglik keng targ‘ib qilingan.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ko‘plab hadislarida g‘ayridinga ham insoniylik yuzasidan yaxshi muomalada bo‘lishni targ‘ib qilganlar. Masalan, "Kimki bir daraxt eksa va undan hayvonmi, qushmi, hasharotmi, odamzotmi yesa, uni ekkan odamga savob bo‘ladi”, degan mazmundagi hadisni olaylik. Mana shu kabi hadislardan ham dinimizning bag‘rikengligini yaqqol ko‘ramiz.
Yurtimiz mo‘min-musulmonlari bu an'analarga sodiq qolib, diniy va milliy totuvlikka katta hissa qo‘shib kelmoqdalar. Mamlakatimizda turli dinlar vakillari yagona maqsad – Vatanimiz O‘zbekistonning yanada gullab-yashnashi yo‘lida birlashmoqda. Dinimizning bag‘rikenglik fazilatini o‘rganar ekanmiz, gap borib aslida odob-axloqqa borib taqalishini ko‘ramiz. Biroq bugun nima uchun musulmon birodarlar bir-biri bilan urush qilyapti? Hazrati Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam butun odamzotga yaxshi muomala qilishni buyurganlar. Demak, dinimizning javhari, asl mohiyati ham inson zotini sevish ekan.
Xalqimizga xos bag‘rikenglik ham o‘zining qadimiy ildizlariga ega. Mamlakatimizda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini yuksaltirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, fuqarolar totuvligini ta'minlash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona, teng huquqli munosabatlarni mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Shu bois siyosiy barqarorlik va millatlararo totuvlikni ta'minlashda, fuqarolarimizda yagona Vatan tuyg‘usini shakllantirishda, yurt istiqboliga daxldorlik hissini kamol toptirishda xalqimizning bag‘rikenglik xislati asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Diniy bag‘rikenglik hamisha diniy zamindagi adovatga qarshi o‘ziga xos qalqon vazifasini o‘tagan. U turli e'tiqodlarning bir zamon va makonda birgalikda mavjud bo‘lishiga, o‘zaro hamkorlik va hamjihatlikning shakllanishiga yo‘l ochgan. Bu esa o‘z navbatida yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma'naviyatning keng rivojlanishiga xizmat qilgan.
Ming afsuski, hozirgi vaqtga kelib, ba'zi davlatlarda milliy-etnik munosabatlarda ziddiyatlarning yuzaga kelishi turli ko‘rinishdagi nizo va kelishmovchiliklarga olib kelayotganini barchamiz eshitib, ko‘rib turibmiz. Bunday tahdidlarni bartaraf etish oldimizdagi muhim vazifalardan biridir. Yurt osoyishta bo‘lishi, turli millatlar ahil yashashi uchun eng avvalo, millatlararo munosabatlarda bag‘rikenglik, bir millatni boshqasidan ustun qo‘ymaslik tamoyillariga amal qilinishi lozim.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda o‘zaro hamjihatlik sharoitida yashab kelishmoqda. Ularning huquq va erkinligi, manfaatlarini ta'minlash, ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, an'ana hamda qadriyatlarini saqlash, rivojlantirishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilgan. Bunday e'tibor natijasida ko‘p millatli xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi qayta tiklandi va qadr topdi.
Insoniyat tarixida kishilar orasidagi teng huquqlilikning buzilishiga, o‘zaro ziddiyatlarga sabab bo‘luvchi omillardan biri bu turli din vakillarining boshqa dinga e'tiqod va amal qiluvchilarga diniy ayirmachilik asosida qarashi, o‘z diniga bo‘lgan tarafkashlik tuyg‘usi, o‘zga dindagi kishilarga boshqacha nazar bilan qarashlaridir. Mana shunday qarashlar oqibatida bugun dunyoning turli davlatlarida har xil nizo va qarama- qarshiliklar yuzaga kelayotir. Diniy bag‘rikenglik aynan mana shu hodisalarning oldini olishda juda muhim sanaladi. 
Istiqlol yillari Vatanimizda yashayotgan turli xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va hamjihatlikni mustahkamlashga, uning qonuniy asoslarini yaratishga jiddiy e'tibor qaratildi. Ushbu tamoyillar O‘zbekiston Konstitutsiyasi va barcha qonunlarimizda aniq va qat'iy muhrlab qo‘yildi. Jumladan, Konstitutsiyamizning 4-moddasida O‘zbekiston davlati o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odat va an'analari hurmat qilinishini ta'minlashi, ularning rivoji uchun sharoit yaratishi alohida ko‘rsatib o‘tildi. Konstitutsiyamizning 18-moddasida esa mamlakatimizning barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga egaligi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi belgilab qo‘yildi.
Yaxshi bilamizki, Vatanimiz qit'alararo madaniy-tijoriy aloqalarni yaxshilashga xizmat qilgan Buyuk Ipak yo‘lining qoq markazida joylashgan. Bu yerda turli xalqlarning milliy an'ana va urf-odatlari o‘zaro uyg‘unlikda rivojlangan. Demak, o‘zbekona bag‘rikengligimizning ildizlari juda qadim zamonlarga borib taqaladi va bu borada biz hamisha jahon ahliga namuna bo‘lib kelganmiz.
Xalqimiz sho‘rolar zamonida qatag‘on, quvg‘inga uchragan ko‘plab millat vakillariga boshpana berdi, og‘ir damlarda bir burda nonini ular bilan baham ko‘rdi. Natijada koreys, nemis, polyak, yunon, qrim-tatar, turk, tojik va boshqa ko‘plab millat vakillari o‘zbek elida muqim yashab qolishdi. Ularning zurriyotlari esa shu zaminda tug‘ilib-o‘sib, shu yerda ta'lim-tarbiya oldilar.
Hozirgi vaqtda diyorimizda Respublika baynalmilal madaniyat markazi faoliyat olib bormoqda. Ushbu markazning bugungi kundagi asosiy vazifasi millatlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, mamlakatimizdagi turli millat vakillarining milliy-ma'naviy urf-odat va an'analarini saqlab qolishga ko‘maklashish, bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat ekanligini alohida e'tirof etish lozim. Yurtimizning qator shahar va tumanlarida turli xalqlarning milliy-madaniy markazlari tashkil etilgan. Bu markazlar har xil millat farzandlarining o‘ziga xos do‘stlik koshonasiga aylangan. Respublikamiz ta'lim muassasalarida esa o‘quv dasturlari o‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, turkman, qirg‘iz va boshqa qardosh xalqlarning tillarida olib borilmoqda. Radio va televidenielar o‘z eshittirish va ko‘rsatuvlarini bir necha tillarda uzatadi. Shuningdek, 10 dan ortiq tillarda gazeta va jurnallar nashr etilmoqda. Tabiiyki, bu yerda har xil millat vakillari o‘zlariga ko‘rsatilayotgan beqiyos g‘amxo‘rliklarga javoban davlat boshqaruvi ishlarida, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy hayotda faol va erkin qatnashmoqdalar.
Dunyoda milliy-etnik munosabatlar tobora murakkablashib, hatto eng ilg‘or davlatlarda ham oz sonli millat vakillarini kamsitish, xo‘rlash va siqib chiqarish holatlari kuzatilayotgan bir davrda diniy bag‘rikenglik, totuvlik, o‘zaro hamkorlik masalasi mamlakatlarning tinchligi va taraqqiyoti uchun eng muhim tamoyillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Turli dinlarga e'tiqod qiluvchilarning bir jamiyatda diniy bag‘rikenglik, dinlararo o‘zaro hamkorlik tamoyillari asosida, tinch-totuv va teng huquqli tarzda hayot kechirishlari avvalo shu jamiyat gultoji bo‘lgan insonlarga bevosita bog‘liqdir. Shunday ekan, har birimiz jamiyatdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi oliyjanob fazilatlarni qaror toptirishda, ajdodlardan meros milliy va umumbashariy qadriyatlarimizni davom ettirish va asrash har birimizning burchimizdir.
Xususan, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning beshinchi yo‘nalishi aynan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlash masalasiga bag‘ishlangani mamlakat Prezidenti va hukumatining xalqaro hujjatlarda belgilangan umuminsoniy vazifalarga qaratayotgani yuksak e'tiborining namunasi hamdir. 
Qolaversa, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma'rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiya qabul qilish tashabbusi bilan chiqqani jahon hamjamiyatining diqqatini tortgan edi. Mazkur hujjat barchaning ta'lim olish huquqini ta'minlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashish, eng muhimi, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta'minlashga qaratilgani bilan e'tiborga molikdir. 
O‘zbekistonda turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi ahil-inoqlik, hamjihatlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tinchlik-osoyishtalik, barqarorlikni saqlash yo‘lida olib borilayotgan oqilona islohotlar, amaliy chora-tadbirlar belgilangan. 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə