Qatlamdan qazib olingan aralashmalarni sifatli ajratish texnologik qurilmalarining ishini takomillashtirish



Yüklə 4,42 Mb.
səhifə4/42
tarix18.05.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#111086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Раупзода Шоҳруҳ Абдисаид ўғли МД асосий вариант

Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Bugungi kunda neft gaz va gazkondensat mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshib ketganligi hamda aholini toza gaz mahsulotlari bilan ta’minlash, transport vositalarini yoqilg‘i resurslar bilan ta’minlash uchun geologik qidiruv ishlarini kuchaytirish, yangi maydonlarni ochish, konlarni ishga tushirish, eski konlarni yangi texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, yangi ishlab chiqarish korxonalarni barpo etish ishlari jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda
Tabiiy gazdan toza yoqilg‘isini ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan juda samaralidir, qaysiki uni gazga nisbatan tashish qulaydir: uni tashish uchun tayyor mahsulotning 30 % dan 50 % gacha xarajatlari sarflanadi. Konning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz suyuq komponentlarga aylantirilganda uni qayta ishlash uchun sarflanadigan kapital xarajatlar keskin kamayadi. Tabiiy gazni qayta ishlashning amaldagi texnologiyalari yordamida metanolning hosil qilish bosqichi orqali yuqori sifatli benzin va dizel yoqilg‘isini olish mumkin [3-21].
Tadqiqotning ilmiy yangiliklari. Mavzuning ilmiyligi va uning dolzarbligi shundaki, yengil uglevodorodlardan samarali foydalanish va qayta ishlash asosida katta miqdordagi suyuqliklarni ishlab chiqarish, undan samarali foydalanishda bu fraksiyalarni yo‘qotilishini bartaraf qilish yo‘llarini o‘rganishda chet el va respublikamizda olib borilayotgan ishlarni o‘rganish hamda tahlil qilish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” va “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” larining konlarida neftning tarkibidagi yo‘ldosh gazlarni ajratib olish va uni qayta ishlash ishlarini jadallashtirish bugungi kunda o‘ta dolzarb hisoblanadi. Neftkimyo sanoatining jadal rivojlanishi bilan bog‘liq holda mustahkam tejamkor xom-ashyo bazasini yaratishda neft va gazdagi yengil uglevodlarning yo‘qotilishini oldini olish va tiklash muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Tabiiy gazni tozalash texnologiyasi bilan AQSh, Rossiya, Germaniya, Xitoy qator davlatlar shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham bir qator ilmiy va amaliy ishlanmalar amalga oshirilgan. Shu jumladan suyultirilgan tabiiy gazlarni olish texnologiyasi va qurilmalarini ishlash bo‘yicha bir qator Bekirov T.M., Belyakov V.K., Busigin I.G., Busigina N.V., Busigina N.V., Busigin I.G., Palamarpuk V.S., Nikolayev V.V., Gaynullin F.G., Gritsenko A.I., Vasilyev Y.N., Gilyazetdinov L.P., Grunvald V.R., Klimova G.N., Litvak V.V., Yavorskiy M.I., Koul L., Rizenfeld F.S., Mortko R.A., Nasteka V. I., .Nenaxov V., Nikishenko S.L., Rachevskiy B.S., Ryabsev N.I., Stryuchkov V.M., Afanasyev A.I., Shklyar R.L., Terenyev G.A., Tyukov V.M., Smal F.V., Tolumbayev A., Tugunov P.I., Usyukin I.P., Churkin N.P., Shurupov S. kabi olimlar shug‘ullanishgan.
Asosiy istiqbolli yo‘nalish kichik gabaritli qurilmalardan foydalanib, yo‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilish orqali mash’alalarni uchirish va gazsimon metan yoqilg‘isini, barqaror gaz benzinini va propan-butan fraksiyasining suyuq aralashmasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri olishni imkoniyati mavjudligi dissertatsiya ishida tadqiqotlangan.

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə