Qatlamdan qazib olingan aralashmalarni sifatli ajratish texnologik qurilmalarining ishini takomillashtirish


I bob. QATLAM ARALASHMALARINI AJRATISHNING TEXNOLOGIK QURILMALARI



Yüklə 4,42 Mb.
səhifə6/42
tarix18.05.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#111086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Раупзода Шоҳруҳ Абдисаид ўғли МД асосий вариант

I bob. QATLAM ARALASHMALARINI AJRATISHNING TEXNOLOGIK QURILMALARI
1.1. Gaz va gaz kondensatni tayyorlash zarurati
Gaz va gaz kondensatli konlarning quduqlaridan qazib olinayotgan tabiiy gaz tarkibida har xil suyuq tarkibli uglevodorodlar va noorganik qo’shimchalarning bo’lganligi uchun ularni iste’molchiga jo’natishga qadar tayyorlash jarayonini qo’llash taqozo qilinadi. Iste’molchiga yuboriladigan tovar gazning sifat ko’rsatkichlari asosan quyidagicha: gazni quvurlar orqali tashishda muhit ta’sirida texnologik jihozlar va qurilmalarning ichida korroziyani sodir bo’lmasligi; gaz sifati boyicha tashilayotganda bir fazoli holatda bo’lishi, ya’ni gaz quvurlarida uglevodorodli suyuqliklar, suv kondensati, gaz gidratlari kabilarning hosil bo’lmasligi va tabiiy gazdan foydalanilganda har xil murakkabliklar va mushkulotlarni keltirib chiqarmasliklari va boshqa shu kabi talablarga asoslanadi.
Gaz kondensati neftkimyo sanoati uchun qimmatbaho xom-ashyo hisoblanadi, ba’zi ko’rsatkichlari ya’ni, uning tarkibida mineral tuzlarning, suv va og’ir fraksiya (mazut va gudronlar) larning kam bo’lishi boyicha neft xom-ashyosi ko’rsatkichlaridan ustun turadi. Gaz kondensati asosan och rangdagi neft fraksiyalaridan tashkil topgan bo’ladi va turg’un holatda zaruriy standart ko’rsatkichlar talabiga javob beradi.
Gazni tayyorlash texnologik jarayonida asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biri uning tarkibidagi vodorod sulfid, uglerod oksidlarni va organik kislotalarni ajratib olish hisoblanadi. Gaz tarkibida ba’zi bir noyob elementlarning bo’lishi esa gazni tayyorlash tizimida unga mos bo’lgan texnologik jarayonlarning qo’llanilishi orqali erishiladi. Magistral quvurga yuborilayotgan gaz albatta o’zining tarkibidagi boshqa qo’shimchalardan tozalangan va uning sifat ko’rsatkichlari belgilangan normalarda bo’lishi taqazo qilinadi.
Kon sharoitida gaz va gaz kondensatli konlardan qazib olinayotgan xom-ashyo mahsulotidan olinadigan tovar gaz tayyorlashning sifat ko’rsatkichlari quyidagi talablarga asoslanadi:
- magistral quvurlar orqali tashiladigan gazning bir fazali tarkibda bo’lishi va har xil uglevodorodli va kondensatli fazani hosil bo’lmasligi;
- tashilayotgan tovar gaz quvurlar, armaturalar va uskunalarning ichki korroziyasini sodir etmasligi;
- tovar gaz tashilayotganda va iste’molchi foydalanilayotganda har xil mushkulotlarni keltirib chiqarmasligi va boshqalar.
Quvurda gaz bosimining kamayishi bilan gaz gidratlarini hosil bo’lish harorati pasayadi. Shuning uchun gaz tashishning izotermik jarayonida gaz gidratlari hosil bo’lish ehtimolligi quvurning boshlang’ich qismida yuqori bo’ladi. Lekin amaliyotda izotermik jarayon gaz tashiladigan gaz quvurlarining alohida qismlaridagina bo’ladi. Quvurning atrof muhit bilan issiqlik almashinuvi va gazni drossellanishi natijasida, uning haroratida o’zgarishlar sodir bo’ladi. Namlik boyicha gazning maksimal ruxsat etilgan shudring nuqtasi gazning gaz quvurlarida sovuydigan eng kichik haroratidir. Gaz namligining bosim va haroratga bog’liqligi 1.1-jadvalda keltirilgan.
Gazni magistral quvurlar orqali tashishda quvurlarning qurilish va loyiha paytida yerga o’rnatilishi ham gaz gidratlari hosil bo’lishiga ta’sir etuvchi omillardan biri hisoblanadi. Quvurlarni yerga joylashtirishda ularning chuqurligi 0,8-1,5 m oraliqlarida bo’lishi, qish oylarida haroratning – 50C, - 60C dan oshib ketmasligini ta’minlaydi.
1.1-jadval
Gaz tarkibidagi namlik miqdori



Bosim, MPa

Har xil haroratda namlik miqdori, g/m3

0

-5 oC

-10 oC

-15 oC

-20 oC

1

14

0,075

0,055

0,038

0,029

0,020

2

12

0,081

0,060

0,041

0,030

0,021

3

10

0,086

0,065

0,045

0,033

0,023

4

8

0,100

0,073

0,050

0,037

0,025

5

6

0,120

0,086

0,069

0,043

0,029

6

4

0,158

0,113

0,078

0,055

0,037

Gaz bosimining quvur uzunligi boyicha kamayishi hisobiga uni tashishda haroratni ushlab turish, yilning har xil mavsumida alohida tadbirlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Shuning uchun yilning qish va yoz oylarida quvurlardan tashilayotgan gazning shudring nuqtasi - 20C (qish oylari) va -70C (yoz oylari) bo’lgunga qadar quritiladi. Tarmoq standartlariga muvofiq gaz tashish tizimlari texnologik jihozlarining ish qobiliyatini oshirish maqsadida, gaz tarkibidagi suvning hisobiga shudring nuqtasi 8-130С ga kamaytirilishi ko’zda tutiladi.
Tarmoq standartlari tovar gaz tarkibidagi alohida uglevodorodlarning aniq miqdorlarini ruxsat etilgan qiymatlarini o’rnatmaydi. Bu holat turli konlarning tabiiy gaz xom-ashyosi tarkibiy jihatdan har xilligi bilan izohlanadi. Magistral quvurlarga uzatiladigan gazlarning asosiy sifat ko’rsatkichlari 1.2-jadvalda keltirilgan.
1.2-jadval
Tabiiy gaz ko’rsatkichlarini normalari



Ko’rsatkichlar

Yoz oylari

Qish oylari

1

Namlik boyicha gazning shudring nuqtasi

≤0

≤-5

2

Uglevodorodlar boyicha gazning shudring nuqtasi

≤0

≤0

3

1 m3 gaz tarkibidagi qo’shimchalar massasi, g:
- mexanik qo’shimchalar
- vodorod sulfid
- merkaptanli oltingugurt

≤0,003
≤0,002


≤0,036

≤0,003
≤0,02


≤0,036

4

Kislorodning hajmiy ulushi, %

≤1,0

≤1,0

Tabiiy gazni xom-ashyo ko’rinishida tovar ko’rinishiga keltirish, uning tarkibidagi uglevodorodlar miqdorining nisbatini kamaytirish bilan bir fazali holatini ta’minlash, uning tarkibidagi nouglevodorod qo’shimchalarni ajratib olish orqali erishiladi.



Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə