Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


 Klassik siyosiy iqtisod namoyondalari davri



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

2. Klassik siyosiy iqtisod namoyondalari davri. 
Siyosiy iqtisodning vujudga kelishida klassik siyosiy iqtisod namoyondalarining 
nazariyalarida alohida ahamiyatga egadir. Klassik siyosiy iqtisodning asoschilaridan 
biri U.Petti 1662 yilda e’lon qilingan “Soliqlar va o’lponlar yigimlari to’g’risidagi 
traktat” asarida o’zining dastlabki iqtisodiy qarashlarini bayon etadi. U birinchi bo’lib 
iqtisoddagi ob’yektiv qonuniyatlarni tabiat qonunlari bilan solishtirdi va ularni tabiiy 
qonunlar deb atadi. Bu siyosiy iqtisodni rivojlantirishda juda muhim qadam bo’ldi. 
U.Petti fan tarixida birinchi bo’lib abstrakt mehnat tushunchasiga yo’l ochdi. U.Petti 
1682 yilda nashr etilgan “ Pul to’g’risida” asarida pul haqida muhim - ilmiy nazariy 
fikrlar bayon qildi.
Per Buagilber ham klassik siyosiy iqtisod namoyondasi sifatida o’z iqtisodiy 
ta’limoti bilan siyosiy iqtisodning shakillanishiga xissa qo’shdi. U bahoning, ya’ni 
qiymat qonunining amaliy ifodasi iqtisodiyotning mutanosibligi ifodasidan iborat 


18 
bo’ladi degan ilg’or xulosa bera oldi. U birinchi bor o’z asarida eski tartiblarni, 
xalokatga va revolyutsiyaga olib boruvchi iqtisodiy masalalarni ilgari surdi. Fransua 
Kene asos solgan “Iqtisodiy jadval” iqtisodiy fikrlar tarixida ajralib turadi. 1758 yili 
yaratilgan “Iqtisodiy jadval”da birinchi bor zamonaviy iqtisod tushunchalari 
makroiqtisodiy tahlilga tadbiq qilindi. Bu buyum (tovar) va pul shaklidagi moddiy 
qiymatlar harakatini makroiqtisodiy sohada ko’rishga uringan jadvaldir.
Adam Smit asarlarida siyosiy iqtisod o’zining ancha yuqori taraqqiyotiga erishdi. 
A.Smit o’zining “Tabiat va xalqlar boyligi sabablari haqidagi tadqiqot” asari bilan 
iqtisodiy fanda muhim o’rinda turadi. A.Smit siyosiy iqtisod predmeti to’g’risida ancha 
chuqur tushuncha bera oldi.
Siyosiy iqtisod birinchidan kishilir xixishidan qat’iy nazar, ma’lum jamiyatda 
moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimot iste’mol qonunlarini 
o’rganadi deb ta’kidlaydi. Ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish sabablarini, turli 
sinflar o’rtasida ijtimoiy taqsimlanishini, hamda buning natijasida kapitalning 
Jamg’armasini amalga oshishni to’g’ri tushuntirib berdi. Shunga asosan siyosiy 
iqtisodni o’rganish albatta turli sinflar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar bilan bog’liq 
ekanligini tushuntirib bera oldi. 
Ikkinchidan, uning qarashlarida siyosiy iqtisod fani ob’yektiv tahlillar asosida bir 
qator amaliy vazifalarni xal qilish lozim deb ko’rsatdi. Jumladan iqtisodiy siyosatni 
berish hamda shu asosda jamiyat a’zolarini keraqli yashash vositalari va daromad bilan 
ta’minlashi lozimligini takidladi.
Adim Smit o’z davrining iqtisodchi mo’tafakkiri sifatida barjuaziyani progressiv 
sinf sifatida ko’rdi, shuning uchun ham uning manfatini oldiga surdi.
Klassik siyosiy iqtisodning yana bir namoyondasi David Rikardodir. U iqtisodiy 
fanda ilmiy tadqiqotlar usulini ishlab chiqdi. Uning asarlarida siyosiy iqtisod fani 
jamiyatning iqtisodiy bazasi haqidagi bilimlar tizimidan iborat bo’lgan fan deb 
takidlandi.
D.Rikardoning, jamiyat moddiy boyligini o’stirish uchun ishlab chiqarish va 
taqsimot sohalarida optimal shart - sharoitlar vujudga keltirish lozim, degan fikrlari o’z 
davri uchun ahamiyatli hisoblanadi. 
D.Rikardo o’z iqtisodiy merosida qiymatning mehnat nazariyasini yaratdi. U 
kapitalistik jamiyatni o’rganishda jamiyat a’zolarining munosabatlari bir-biriga
qarama-qarshi jamligini takidladi. Shu asosda u o’zidan avvalgi iqtisodchi olimlarga 
nisbatan sistemalashgan, juda ilg’or siyosiy iqtisodni yaratishga muvaffaq bo’ldi. 
D.Rikardo ilmiy merosidan klassik siyosiy iqtisodning quyidagi sisetemalashgan yaqqol 
sezish mumkin. Unda asosan barcha iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni tahlil qilishda 
ilmiy abstraksiya usulidan foydalanish, siyosiy iqtisod fanini rivojlanishi qiymatning 
mehnat nazariyasi asosida borishi, ishlab chiqarish hamda taqsimot ma’lumotlarini 
sinfiy nuqtai - nazaridan o’rganishi, ishlab chiqarish sohasidagi inqirozlarni inkor 
qilishi, iqtisodiy siyosatda savdo erkinligini ta’minlash zarurligini ta’kidlash omillari 
ilgari surilgandir.
Demak, klassik siyosiy iqtisod iqtisodiy fikrlar tarixida juda muhim o’ringa 
egadir. Unda o’sha davrning ilg’or, ilmiy iqtisodiy fikrlari va ayni vaqtda, tarixan 
cheklanganliklari o’z ifodasini topgadir.


19 
Shveysariya iqtisodchisi Jan Sharl Leonard Simond de Sismondi mayda 
mulkdorlar siyosiy iqtisodi asoschisi sifatida siyosiy iqtisod tarixi ro’l o’ynaydi.
Sismondning siyosiy iqtisodining asosiy oqimlaridan chetda turib, mayda ishlab 
chiqarishning qizg’in tarafdori bo’lganligi, yirik soxibkorlik himoyachilari va 
ideologiyalariga qarshi turganligi harakterlidir. 
Sismondi o’z asarlarida mehnatkash xalqka xayrixoxlik bildirib, dolzarb ijtimoiy 
muammolar yechimlarini izladi. Kapitalizmni sanoat revolyutsiyasi davrida birinchi 
bo’lib chuqur tanqid qildi. Kapitalzmni ijtimoiy tizim va iqtisodiy mexanizm 
yo’nalishida tanqid qilar ekan, kapitalizmning ziddiyatlari va muammolari, ayniqsa 
targ’ibotchisi edi.
Ayrimlar Iqtisodiyot nazariyasi fanidan moddiy hayotiy vositalarni ishlab 
chiqarish va ayriboshlashni boshqarish qonunlari to’g’risidagi krizisni mayda 
burjuaziya nuqtai nazaridan tahlil qildi.
Sismondi kapitalistik to’zimning abadiy va tabiiyligi to’g’risidagi nazariyaga 
qarshi chiqdi. Sismondi kapitalizmning ancha yuqori rivojlangan tizim bilan 
almashishini ta’kidlab siyosiy iqtisodni boylik va uni ko’paytirish usullari to’g’risidagi 
fan degan firklardan farqli o’laroq birinchi bo’lib, kishilik baxt saodati yo’lida ijtimoiy 
mexanizmni takomillashtirish haqida fan deb tushundi. Proletariat tushunchasi orqali 
mehnatkash ommaning og’ir taqdiriga hamdardlik bildirdi. Lekin u o’z qarashlarida 
A.Smitdan ilgarilab keta olmadi. O’z qarashlarida eski tartiblarni saqlab, boylik bir 
xovuch kishilar qo’lida to’planishiga qarshi chiqdi. U jamiyat kelajagi proletariat va 
kapitalistlar o’rtasidagi mayda tovar ishlab chiqaruvchilarda deb bildi. Xullas, Sismondi 
mayda ishlab chiqarish tarafdori, himoyachisi deb ko’rsatadilar.
AQSH dan boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kelgan “Ekonomiks” 
darsliklaridan bu fanning predmeti kishilarning moddiy talablarini to’laroq qondirish 
maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, 
kishilarning iqtisodiy xulq-atvorini o’rganishdan iborat deb ko’rsatilagan. Bundan 
xulosa qilish mumkinki, Iqtisodiyot nazariyasi fani o’z predmeti, muammolari bilan 
“Ekonomiks” fanidan ham farq qiladi. 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə