Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Siyosiy iqtisod, ekonomiks va Iqtisodiyot nazariyasi talqinlari



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

 
3.Siyosiy iqtisod, ekonomiks va Iqtisodiyot nazariyasi talqinlari. 

Iqtisodiyot nazariyasi o’zining predmeti, metodologiyasi, tuzilishi va amaliy 


xulosalari bilan siyosiy iqtisod fanidan farqlanadi. Yuqorida ta’kidlaganidek, siyosiy 
iqtisodning predmeti kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ayriboshlash, 
taqsimot va iste’mol jarayonlaridagi ishlab chiqarish munosabatlaridan iboratdir. 
Iqtisodiyot nazariyasi esa ishlab chiqarish munosabatlarining o’zinigina emas, 
balki ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan bog’langan 
xolda o’rganadi. Chunki, ishlab chiqarish munosabatlarining taraqqiyoti bu 
munosabatlarning ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan bog’liqligi va bir biriga ta’sir 
etishining natijasidir.
Ma’lumki, ishlab chiqaruvchi kuchlar oldin rivojlanadi va bu rivojlanish yangi 
ishlab chiqarish munosabatlarining paydo bo’lishiga, ularning taraqqiy etishiga, 
shuningdek, eski ishlab chiqarishning munosabatlarining tugallanishiga olib keladi. 


20 
Ishlab chiqarish munosabatlari muvofiq bo’lsa, ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishi 
faol ijobiy ta’sir ko’rsatadi, muvofiq kelmasa, uning o’sishiga to’sqinlik qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani ishlab chiqarish usulini, ishlab chiqarish munosabatlarini 
ishlab chiqaruvchi kuchlarga bog’langan xolda o’rganadi.
Avvalo “Ekonomiks” fani cheklangan resurslar asosida jamiyatning va insonning 
cheksiz ehtiyojlarini ta’minlash masalalarini o’rganadi. “Ekonomiks”da aynan inson va 
uning ehtiyojlari markaziy muammo hisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasi o’z navbatida 
iqtisodiy hodisalar, qonunlarni o’rganib, ularni ob’yektiv harakterini ta’kidlaydi.
Ikkinchidan, “Ekonomiks” fani qiymat nazariyasida marjinalizm oqimi 
tarafdorlarining nuqtai nazaridan kelib chiqib, qiymatni so’ngi mahsulot bilan, bahoni 
esa talab va taklifning o’zaro bir-biriga muvofiq kelgan vaziyatlarda (kesishish 
nuqtasida) belgilaydi.
Iqtisodiyot nazariyasida esa qiymat nazariyasi bilan aniqlanadi. Keyingi davrlarda 
juda ko’p iqtisodchi olimlar U.Petti, D.Rikardo, Jumladan, akademiklar V.I.Vidyapin, 
G.P.Juravlevalar rahbarligida yaratilgan “Umumiy Iqtisodiyot nazariyasi” (Siyosiy 
iqtisod) darsligida fan predmeti professor Dobronin fikricha quyidagicha ta’riflanadi: 
Umumiy iqtisodiyot nazariyasi- bu ijtimoiy fan bo’lib, kishilar va guruhlarning 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida cheklangan va Raqobat tug’diradigan resurslardan 
foydalanib, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol 
qilish xatti-harakatlarini o’rganadi.
Mualliflarning barchasi ushbu fikrni qabul etadilar. Professor V.D.Kamaev 
taxririda yaratilgan yana bir “Iqtisodiyot nazariyasi asoslari” nomli darslikda yuqoridagi 
holat, bizningcha, adolatli tanqid etiladi. Haqikatdan ham, qiymatning yagona aniqlash 
mezoni bo’lgan “ijtimoiy, zaruriy mehnat” va “so’ngi mahsulotni” o’zaro bir nazariyaga 
birlashtirish mushkuldir.
Ayni paytda bu kitobda noiqtisodiy oliy o’quv yurtlari talabalari uchun 
“Ekonomikm” fanini Iqtisodiyot nazariyasi fani sifatida qabul etishni ta’kidlaydi. 
Moskva Davlat Universiteti iqtisodchilari tomonidan nashr etilgan “Iqtisodiyot 
nazariyasi kursi” darsligida: “Iqtisodiyot nazariyasi predmeti-jamiyatdagi iqtisodiy 
munosabatlardir” deb umumiy ta’riflandi hamda “Iqtisodiyot nazariyasi-bu jamiyatdagi 
iqtisodiy munosabatlar to’g’risidagi fan” deb talqin etiladi.
Hozirgi vaqtda juda ko’p mamlakatlarda iqtisodiyot nazariyasi qabul qilinmoqda 
va oliy o’quv yurtlari darsliklarida ham shu nom ishlatilmokda.
Amerikaning 
mashxur 
iqtisodchisi, 
olim 
P.Samuelson 
o’zining 
“Iqtisodiyot”(Ekonomika) kitobida bu fan predmeti haqida quyidagicha ikki fikrni 
keltiradi:
Birinchidan, Iqtisodiyot nazariyasi, ayriboshlash, turli bitimlar bilan bog’liq 
iqtisodiy faoliyat turlari haqidagi fandir.
Ikkinchidan, Iqtisodiyot nazariyasi kishilarning kundalik ishbilarmonlik faoliyati, 
tirikchilik mablag’ini topishi, undan foydalanishi to’g’risidagi fandir. Yuqoridagi 
fikrlarni o’rganar ekanmiz, fan predmetini va uning yaratish ob’yektini aniqlashda
ilmiy qoidaning mazmunini nazarda tutish e’tiborga molikdir: “har qanday harakatning 
o’rganilishi uni nima maqsadda amalga oshirilishiga bog’liqdir”. Bu o’z navbatida fan 
predmeti va uning ob’yekt chegaralarini aniqlashda muhimdir.


21 
Ayrim xollarda predmetning shakillanishi uni harakterlanishida shubxa 
tug’diradi. Ba’zida fanning o’rganish vaziyatlari uning tashkil topgan tuzilishini va 
murakkabligini isbotlaydi. Shu bois predmet mazmuni- bu mavjud ob’yekt va sub’yekt 
munosabati mushoxadasining zarur provard dialektikasidir.
Yuqorida 
qayd etilganidek, Aristotel “Iqtisodiyot” va “xrematistika” 
tushunchalarini farqladi. “Iqtisodiyot” tushunchasida foydali buyumlar yig’indisini 
boylik ma’nosida talqin etsa, “xramatistika” so’zida pul jamgarilishini boylik ma’nosida 
hisobladi. A.Smit siyosiy iqtisodni boylik to’g’risidagi fan deb talqin etdi.
Siyosiy iqtisod-deb takidlaydi A.Smit -davlat arbobiga yoki qonunchiga zarur 
bilim tarmogi sifatida o’z oldiga xalqning va davlat boshligining boyishini maqsad qilib 
qo’ydi.
K.Marks esa, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish sharoitida insonlararo mavjud 
bo’ladiga ishlab chiqarish, taqsimot, ayriboshlar va iste’mol munosabatlari sifatida 
bildi. 
Aynan merkantelizm nazariyasi asosida Iqtisodiyot nazariyasi predmeti 
mahsulotning “foydalilik” va “cheklangan foydalilik” ni farqlanishi hisobiga qiymat 
buyumning cheklangan foydaliligi bo’yicha aniqlana boshladi.
A.Marshallning 1890 yili chop etilgan “Iqtisodiyot fani tamoillari” kitobida 
keltirilgan ta’rif ko’pchilik iqtisodchi olimlarni jalb etdi. Chunki, “Iqtisodiyot 
nazariyasi-bu bir tomondan boylik to’g’risidagi fan, ikkinchi jixatdan esa jamiyatdagi 
insonlari faoliyati haqidagi ijtimoiy fanning bir bo’lagi bo’lib, insonlar ehtiyojlarini 
ta’minlash bo’yicha o’rinishlarni belgilangan chegaralarda, boylikning birligi yoki 
uning umumiy vakili pul bilan hisoblashdir”. 
D.M.Keynsning “Balandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” asarning kashf 
etilishi iqtisodiyot nazariyasida makroiqtisodiyot bulimini, ya’ni, iqtisodiy tizmni bir 
butun yaxlit o’rganish uchun yo’nalish bo’ldi. Makroiqtisodiyot barkaro’lrligiga 
erishish borasida M.Fridmen, A.Laffer kabi olimlar “Monetarizm” maktabi davlat 
iqtisodiy nisbati samaradorligi kabi munosabatlar o’rganilishini ilgari surdi. Ayniqsa, 
K.Ayres, Dj.K.Gelbreyt, U.Mitchell tomonidan asos solingan isntitutitsionalizm 
yo’nalishi va undagi iktisoliyot nazariyasi va tashkil etish nazariyasi, iqtisodiyot 
nazariyasi va tarix yoyinki huquq, iqtisodiyot nazariyasi va psixologiya kabi oraliq 
shaklidagi fikrlar iqtisodiyot fanini shakllanishida o’z ta’siriga ega bo’ldi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə