Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


 Iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy kategoriyalar



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

5. Iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy kategoriyalar. 
 
Iqtisodiyot katta bir olam, ulkan maqondir. Unda bir-biriga bog’liq munosabatlar 
bog’liqlik va aloqadorliklar mavjud. Ana shu jarayonlarning o’zi ko’p tomonlama va 
ko’p qirralidir. Bu murakkab iqtisodiy jarayonlar yoki voqealar ichida shundaylari 
borki, ular muhim bog’lanishga va sabab oqibat aloqalariga ega, ular doimo takrorlanib 
ko’zga tashlanib turadi. Ana shunday iqtisodiy voqealar, hodisalar iqtisodiy qonunlar 
ifodalanadi. 
Iqtisodiy qonunlar chuqur mohiyatli va sabab-oqibatli bog’langan iqtisodiy 
hodisa hamda voqealarning (munosabatlarining) ilmiy in’ikosidir. Demak, juda chuqur 
mohiyatga sabab oqibatli bog’liqlarga, doimo o’z borligini ko’rsatib turadigan iqtisodiy 
qonunlar deyarli jamiyatdagi barcha ishlab chiqarish va taqsimotga almashuv va 
iste’molga bog’liq bo’lgan munosabatlar iqtisodiy qonunlar orqali boshqariladi, 
yo’naltirib turadi. 
Iqtisodiy qonunlarning tabiiy qonunlari bilan ajoyib o’xshashlik tomoni bor, ya’ni 
har ikkita turdagi qonunlar ham ob’yektiv qonunlardir. Ularning vujudga kelishi, amali 
qilishi va barham topishi (amal qilmay qo’yishi) odamlarning, sinflar yoki siyosiy 
partiyalarning istaqlari, xixish irodasi, talab ehtiyojlariga aslo bog’liq emas. Masalan, 
qo’yoshning ma’lum vaqtda chiqishi va uning botishini kechiktirib yoki uni to’xtatib 
turish mumkin bo’lmaganidek, iqtisodiy qonunlarning ham amal qilishni to’xtatib 
qo’yish, bekor qilish mumkin emas. 
Iqtisodiy qonunlarning ob’yektivligi, ularni bilib oilsh mumkin emas ekan, 
ularning «siri»ni ochish odamlarning qo’lidan kelmas ekan, degan tasavvurlar uchun 
asos bo’la olmaydi. Aksincha, odamlarning kuchi, ularning aql-zakovati, tafakkur 
olamini o’rab turgan muxitni shu jumladan iqtisodiy qonunlarni ham bilib olish uchun 
yetarli. Odamlar o’z ilmiy tafakkurlari, bilimlari orqali iqtisodiy qonunlar mohiyatini, 
harakat va amal qilish mexanizmlarini bilib olish, ular oldiga qo’yadigan talablarni 
o’rganib oladilar. 
Xulosa shuki, iqtisodiy qonunlar ob’yektiv bo’lsada, ularni bilib oilsh, xo’jalik 
faoliyatda ulardan samarali foydalanish imkoniyati odamlar ixtiyoridadir. 
Shunday qilib iqtisodiy qonunlar odamlar tomonidan yaratilmaydi, balki kashf 
etiladi, ochiladi. Iqtisodiy tafakkur sardorlari bo’lgan zukko olimlar iqtisodiy qonunlarni 
kashf etdilar, ularning borligini, amal qilishini isbotladilar, mohiyatini tushuntirib 
beradilar. 
Biz iqtisodiy qonunlarni bilmay turib iqtisodiyot yuritilganda, xo’jalik 
boshqarilganda faoliyatimizning pirovard natijalari samarasiz yoki kam samarasiz 
bo’ladi, ishlab chiqarishda yuksak natijalarga, barqaror o’sish sur’atlariga erishib 
bo’lmaydi. Bunday ahvolda odamlarning o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondirib 
bo’lmaydi. Ularning turmush darajasi, iqtisodiy ahvoli yomonlashadi. Oqibatda jamiyat 
iqtisodiy inqirozga, xatto tanazzulga duchor bo’ladi. 
Iqtisodiy qonunlar butun bir tizimdan (zanjir) iborat bo’lib, bu tizimda har bir 
qonunning o’z o’rni va mavqe bor. Iqtisodiy nazariya fani iqtisodiy qonunlarning 


25 
harakati mexanizmini o’rganib, ularni umumiy, formatsion maxsus (o’ziga xos) va 
davriy oraliq qonunlariga bo’ladi. 
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy hodisalarning belgilari umumlashtirish asosida 
qonunlarda ta’riflanadi. Iqtisodiy qonunlar-iqtisodiy jarayonlarning turli muhim 
tomonlari o’rtasidagi muhim takrorlanib va yo’zaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy 
zaruratni taqazo etuvchi sabab-oqibat, aloqa bog’lanishlaridir. Qonunlar ma’lum 
iqtisodiy jarayon va ayrim hodisalarni muqarrarligini bildiradi. Masalan: mehnat 
taqsimoti qonuni muqarrar ravishda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvini bildiradi. 
1.
Umumiy iqtisodiy qonunlar – jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida 
iqtisodiyotning aniq ijtimoiy shaklidan qat’iy nazar amal qiluvchi qonunlar. Bular 
jumlasiga mehnat taqsimoti, jamgarish, mehnat unimdorligini o’sib borishi, ehtiyojlarni 
yuksalishi, mehnat turlarining o’rin almashuvi qonunlari kabilar kiradi. 
2.
Formatsion-maxsus qonunlar-maxsus iqtisodiy qonunlar faqat muhim sotsial-
iqtisodiy tizim doirasida amal qiluvchi, shu tizimning o’ziga xos xususiyatlarining ifoda 
etuvchi qonunlar yoki «izm»lar qonuni. Bular tarkibiga, masalan: feodalizm, kapitalizm 
qonunlari kiradi. 
3.
Davriy oraliq qonunlari-bu turli sotsial-iqtisodiy sistemada, ammo ma’lum 
davrda amal qiluvchi sistemalarning maxsus tizimga aloqasi bo’lmagan xolda ularni 
birlashtirib bog’lab turuvchi munosabatlarga xos qonunlar. Bu hozirchalik o’z mazmuni 
bilar bozor iqtisodiyoti qonunlaridir. 
Har qanday iqtisodiy davr sharoitida jamiyatdagi barcha iqtisodiy qonunlarga 
amal qilinadimi? Bu savolga, bizningcha, ijobiy javob xa deyishimiz mumkin. Ammo 
ustivorlik (o’ziga xos) iqtisodiy qonunlar tomonidan bo’ladi. Chunki aniq bir iqtisodiy 
davr xususiyatini shu jamiyatning o’z iqtisodiy qonunlarini to’laroq va kengrok 
ifodalaydi. Shu bilan birga mavjud iqtisodiy davr mohiyati mavjud barcha iqtisodiy 
qonunlar tizimidagina o’zining keng va batafsil ifodasini topadi. Umumiy iqtisodiy 
qonunlarning xususiyati shundaki, ular mazkur aniq sharoitda o’ziga xos xususiyati 
bilan namoyon bo’ladi. Masalan, umumiy iqtisodiy qonunlardan biri bo’lgan qiymat 
qonuni (tovar ishlab chiqarishining umumiy qonuni) endigina bozor munosabatlariga 
o’tilayotgan bizning sharoitimizda narxlarning o’ziga xos turlarida (chegaralangan, 
kafolatlangan, erkin, kelishilgan va x.k.) ularning belgilanishi va iqtisodiyotning 
shakllanishida namoyon bo’ladi. Bu narxlarda esa O’zbekistonda tovar qiymatining 
o’ziga xos tarzda shakllanishi o’z ifodasini topgan. Vaqtni tejash, umumiy nisbatlar, 
mehnat unimdorligining, ehtiyojlarning o’sishi kabi umumiy iqtisodiy qonunlarning 
amal qilish xususiyatlari haqida yuqoridagi kabi fikrlarni aytishimiz mumkin. 
Ba’zan iqtisodiy qonunlarini, xukumat parlamentlari qabul qilgan qonunlar bilan 
chalkashtiradilar. Iqtisodiyot bilan bog’liq bo’lgan, parlamentlar qabul qilgan 
qonunlarni huquqiy-iqtisodiy qonunlar deyish mumkin. Ular garchi sub’yektiv (odamlar 
xixish-irodasi bilan bog’liq) harakterda bo’lsada, aniq holatdan, iqtisodiy taraqqiyot 
zaruratidan kelib chiqib ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Huquqiy-iqtisodiy qonunlar 
iqtisodiy qonunlar talablaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan va qabul qilingan 
bo’lsagina real kuchga ega bo’ladi, qutilgan natijalarni beradi. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon o’tgan juda qisqa muddatda 
Iqtisodiyotimizning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida bir qancha huquqiy-iqtisodiy 
qonunlar qabul qilindi. Shular jumlasiga O’zbekistonda mulkchilik to’g’risidagi, yer 


26 
haqidagi, yerni ijaraga berish haqidagi, tadbirkorlik to’g’risidagi, kooperatsiya, soliq 
haqidagi va boshqa unlar qonunlar kiradi. Hayot talablaridan kelib chiqqan xolda ularga 
bir qancha o’zgartirishlar, to’ldirishlar kiritib borilmoqda. 
Iqtisodiy qonunlar bilan huquqiy-iqtisodiy qonunlar o’rtasidagi bog’liqlik 
shundaki, iqtisodiy qonunlarni bilish ularni ro’yobga chiqarishga xizmat qiluvchi 
huquqiy qonunlarni o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiy kategoriyalar tushunchasi va ularning iqtisodiy qonunlardan farqi, 
iqtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar, ular o’rtasidagi aloqa o’rnatilganda ular konkret 
sharoitda (masalan: korxona) tekshirilmaydi, balki umumnazariy, ya’ni qonun-
kategoriyalari darajasida ilmiy jixatdan izohlanib boriladi. Shu xususda P.Samuelson 
yozishicha: «Iqtisodiyot nazariyasi korxonani boshqarish to’g’risidagi fan emas u 
qanday qilib million dollarni topishdan iborat muvaffaqiyat siri yillik moliyaviy hisobot 
tuzish, yaxshi reklama strategiyasini ishlab chiqish yoxud birjadagi aksiya kursini 
oldindan bila olish sirlarini ochib bermaydi. Mazkur fan nazariy bo’lganda 
umumiqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tahlil etish va izohlash orqali o’z predmetini 
o’rganadi». 
Har bir fan o’z predmetini kategoriyalar yordamida tekshiradi. Fizikada massa, 
tezlik, tezlanish va boshqa tushunchalar bor. Iqtisodiyot nazariyasida ham tushunchalar 
ishlatiladi. 
Iqtisodiy kategoriyalar-bu iqtisodni o’rganishda qo’llaniladigan nazariy 
tushunchalar bo’lib, ular real iqtisodiy vokelikning ilmiy in’ikosi, ifoda etilishidir. 
Kategoriyalar – ilmiy fikrlash maxsulidir. Ularni kundalik hayotda uchraydigan 
tushunchalardan farqlash zarur. Masalan: kundalik hayotda bozor deganda, ko’pchilik 
yigilib savdo qilinadigan joy tushuniladi. Nazariyada esa bozor deganda joy emas pul 
yordamida ayriboshlash ya’ni kishilar o’rtasida oldi-sotdi munosabatlarini anglatadi. 
1.
Umumiy 
iqtisodiy 
kategoriyalar– 
iqtisodiy 
taraqqiyotning 
hamma 
bosqichlariga xos bo’lgan, lekin sotsial-iqtisodiy sistemaga aloqasi bo’lmagan 
umuminsoniy munosabatlarni ifodalovchi kategoiryalar. Masalan: ishlab chiqarish, 
mulk, mehnat jarayoni, mahsulot, ish vaqti. 
2.
Formatsion-maxsus qonunlar- iqtisodiy taraqqiyotning muayyan taraxiy 
bosqichiga xos bo’lgan sotsial-iqtisodiy sistemaning tabiatiga aloqador, o’tkinchi 
munosabatlarni ifodalovchi maxsus kategoriyalar. Bular jumlasiga masalan: 
ekspluatatsiya, renta, eksponsiya, ortiqcha aholi qashshoqlanish monopoliya
monopsoniya, oligopoliya kategoriyalar kabi. 
3.
Davriy oraliq qonunlari-umuminsoniy harakterdagi, lekin bir qancha iqtisodiy 
sistemalar sharoitida amal qiluvchi, uzoq taraxiy davrda saqlanivchi, ammo o’tkinchi 
mazmundagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar. Bular jumlasiga bozor 
munosabatlariga xos kategoriyalar kiradi. Masalan: tovar, pul, taklif, marketing, narx, 
inflyatsiya va x.k. 
Iqtisodiy munosabatlar rivojlanib boradi, bir munosabat o’rniga yangisi keladi, 
boshqa bir munosabat tubdan yangilanmasada, u boyib boradi, uning yangi qirralari 
paydo bo’ladi. Qo’llanilib kelayotgan kategoriyalarning mazmuni kengayadi. Masalan: 
integratsiya, diversifikatsiya, infrastruktura, konversiya va x.k. 
Yuqorida aytilgandek, iqtisodiy tafakkur, ya’ni iqtisodiy jarayonlar, mamlakatda 
kechayotgan iqtisodiy isloxotlar, tub tuzilmaviy o’zgarishlar, korxona o’rtasidashi va 


27 
boshqa shu kabi iqtisodiy munosabatlarni idrok qilishi iqtisodiy kategoriyalarni bilib 
olishdan boshlanadi. Bu haqiqat barchaga baravar taalluklidir.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə