91
Mavzu bo’yicha tayanch iboralar
1. Pul bilan ta’minlangan ehtiyoj talabga aylanadi va haridorlarning u yoki bu
tovarni sotib olishga tayyorligini bildiradi.
2. Talab-bu, zarur tovarlar va xizmatlar miqdori bo’lib, to’lovga qobil ehtiyojdir.
3. Talab qonuni tubandagi uch sharoitda amal qilmaydi.
Chunonchi,
avvalo
,
tovarlar baholarining o’sishi qutilishi munosabati bilan talabning o’ta kuchayishi
sharoitida;
ikkinchidan,
pulni joylashtirish maqsadida qimmmatbaho oltin, antikvariat kabi
kamyob tovarlarga munosabatda;
uchinchidan,
talabning bir tovardan ikkinchi sifatli tovarga kuchayishi sharoitida,
talabning avvalgi muyan bir turdagi, ma’lum sifatli va baholi tovardan yanada
sifatliroq
va qimmatroq tovarga kuchayishidir.
4.
Talab qonuni birinchi marotaba fransuz olimi Kurno tomonidan ifodalangan.
Olim baho va talab munosabatlarini matematik usulda yechishga harakat qilib, talab
qonuni baho vazifasining
qisman ifodalanishini, talabning kamayishi jarayonini, ya’ni
baho ko’tarilishi bilan talab pasayishini ko’rsatib bergan edi.
5.
Talab qonuni ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi manfaatini,
foyda
topish
bilan bozorni to’ydirib, farovonlikni ta’minlashni uyg’unlashtiradi.
6. Narxning o’zgarishiga nisbatan talabning o’zgarish darajasi talabning
elastikligi
deyiladi.
7.
Tovarning nafliligi
uni iste’mol qilishda haridor oladigan qoniqishdir.
8. Talab qonuni ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi manfaatini,
foyda olish va
bozorni tuyintirish orqali aholi farovonligi ta’minlanishini uyg’unlashtiradi.
9.
Taklif qonuni
taklifning miqdori narxga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda
o’zgarishini ifodalaydi.
10. Narx o’zgarishiga nisbatan taklifning o’zgarish darajasi
taklif elastikligi
deyiladi.
11. Taklif ishlab chiqarilgan va muayyan vaqtda bozorga ma’lum bahoda sotish
uchun haridorlarga tavsiya etilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir.
12. Talab va taklif qonunlarining namoyon bo’lishi bilan bozor yo’zaga keladi va
uning asosiy amal qilish mexanizmiga aylanadi.
13. Talab va taklif muvofiq bo’lgandagi baho
muvozanat baho deyiladi.
14. Bozordagi to’qnashuv, munosabat tufayli talab va taklifning miqdoriy
jihatdan baho bo’yicha
bir-biriga tengligi, moslashuvi yo’z berib, bozor muvozanatini
ta’minlaydi. Muvozanatsiz bozor me’yorsiz holatda bo’ladi.
15. Bozor bahosi-muvozanatli bahoga teng bo’lmasa, sotuvchilar va haridorlar
muayyan sharoitdagi bahoni muvozanat bahosi tomon yo’naltiradilar.
Haridor o’z
talablariga muvofiq tovar yoki xizmatlar hajmini bozor bahosi muvozanat bahosiga
muvofiq bo’lgan sharoitda sotib oladi. Sotuvchilar esa o’zlari belgilagan tovarni yoki
xizmatni aynan shu vaziyatda pullaydilar.