Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

muvozanat baho
bajaradi.


90 
Talab va taklif turlicha bo’lishi bilan birga baho, sotib olish qobiliyati 
kabilarning o’zgarishi, raqobat yo’li bilan to’xtovsiz o’zgarib borishi, tabiiy hodisadir. 
Lekin 
bozordagi to’qnashuv, munosabat tufayli talab va taklifning miqdoriy jihatdan 
baho bo’yicha bir-biriga tengligi, moslashuvi yo’z berib, bozor muvozanatini 
ta’minlaydi. Muvozanatsiz bozor me’yorsiz holatda bo’ladi. 
Demak, bozor muvozanati talab va taklifini miqdor va tarkib jihati bo’yicha 
moslashuvidan iborat bo’lib, muvozanat uchun bo’lgan harakat doimiylikga egadir. 
Agar bu muvozanat o’zoq vaqt bo’zilib tursa, bozor o’z xususiyatini yo’qotib boradi, 
zaiflashadi, shu bilan umumiy iqtisodiy holatni yomonlashtiradi.
Talab va taklif tajribada ko’p hollarda, bir-birlariga mos kelmaydi. Bu 
vaziyatlarda bozor kuchlariga ta’sir kuchayadi, natijada ular taklif etilayotgan tovarlar 
va xizmatlar bahosini o’zgartiradilar. Bu o’z navbatida, talab va taklif hajmining 
o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Agarda talab hajmi taklif hajmidan yuqori bo’lsa, sotuvchilar vaziyatdan 
foydalanib, tovar bahosini ko’tarishga harakat qiladilar. Natijada talab asta-sekin pasaya 
boradi. 
Shunday qilib, bozor bahosi-muvozanatli bahoga teng bo’lmasa, sotuvchilar va 
haridorlar muayyan sharoitdagi bahoni muvozanat bahosi tomon yo’naltiradilar. 
Haridor o’z talablariga muvofiq tovar yoki xizmatlar hajmini bozor bahosi muvozanat 
bahosiga muvofiq bo’lgan sharoitda sotib oladi. Sotuvchilar esa o’zlari belgilagan
tovarni yoki xizmatni aynan shu vaziyatda pullaydilar. 
Talab va taklif qonunlarining muvofiqligi muammolari. 
Erkin raqobat 
sharoitida qiymat qonuni asosida talab va taklif muvofiqligi vujudga kelib, bozor bahosi 
(muvozanat bahosi) amalga oshadi. Bozor monopoliyalarining shakllanishi va 
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi natijasida bozor monopoliyalari yoki davlat 
tomonidan baholarning belgilanishi sodir bo’ladi. Belgilangan baho muvozanat bahosi 
miqdoridan past yoki baland bo’lishi mumkin. 
Talab va taklif qonunining o’zaro harakati va muvozanat bahosining vujudga 
kelishi bir qator hulosalarni ilgari suradi. 
1. 
Bozor 
iqtisodiyotida 
sotuvchilar 
va 
haridorlar 
manfaatlarini 
muvofiqlashtiruvchi mexanizm mavjud bo’lib, bu bozor bahosida namoyon bo’ladi. 
Bunga asosan ishlab chiqaruvchilar o’zlarining ishlab chiqarish faoliyatlarida erkin 
hamda talabga muvofiq tovar ishlab chiqarish hajmini ko’paytirishlari yoki 
qisqartirishlari mumkin. 
2. Baho talab va taklif qonuni asosida o’zgaradi. 
3. Raqobat mavjud bo’lib, uningsiz bozordagi talab va taklif mexanizmi amal 
qilmaydi. 
4. Agar talab va taklif muvofiqligi amalga oshmasa, ishlab chiqaruvchi va 
haridorlar Yangi sharoitga moslashish uchun harakat qiladilar. Natijada Yangi 
muvozanat bahosi va bozor muvozanati shakllanib, muayyan sharoitga muvofiq Yangi 
ishlab chiqarish hajmi yo’zaga keladi. 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə