Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

bo’lmagan
tashqi
sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-harajatlari korxonaning ishlab chiqarish 
va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini 
tashkil
qilish samaradorligi darajasiga bog’liq. 
Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf harajatlar talab 
etiladi. 
Ishlab chiqarish sarf-harajatlari degan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va 
iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. 
Ishlab chiqarish sarf –harajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi 
materillar, yonilgi va energiya uchun qilingan harajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, 
ish haqi va ijtimoiy sugo’rtaga ajratmalar, foiz to’lovlari va boshqa harajatlar kiradi. 
Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot 
tannarxini tashkil qiladi. 
Ishlab chiqarish harajatlarini ikkiga bo’lib o’rganish mumkin: bevosita ishlab 
chiqarish harajatlari va muomala harajatlari. Ishlab chiqarish harajatlari deganda 
mahsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi, xom 
ashyo va mineral sarflari, amortizatsiya va x.k) tushuniladi. Tovar birligining qiymatida 
ishlab chiqarish harajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish 
harajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam. Muomala harajatlari tushunchasi 
tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, 
iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo’linadi: 
qo’shimcha muomala harajatlari va sof muomala harajatlari. Tovarlarni urash, 
qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash harajatlari qo’shimcha 
muomala harajatlari hisoblanadi.Muomala harajatlarining bu turlari ishlab chiqarish 
harajatlariga yaqin turib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Harajatlar 
tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushum summasidan qoplanadi. 


143 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə