146
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o’zgarishi
taqozo qilingan qisqa va o’zoq muddatli davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona
xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmog’ida kiyim
kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir necha qo’shimcha tikuv mashina
o’rnatish bilan o’zining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda)
oshirish mumkin. Og’ir sanoat tarmoqlarida Yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir
necha yil talab qilinadi. Oqibat natijasida bircha harajat turlari o’zgaradi va o’zgaruvchi
miqdorlar bo’lib qoladi.
2. Ishlab chiqarish harajatlariga ta’sir etuvchi omillar
Ishlab chiqarish harajatlarini kaymatirish chuqur tanglikka yuklikni cheklab
o’tishga intilishga, fan va texnikaning ilg’or texnologiyaning eng Yangi yutuqlarini
izlash va joriy etishga undaydi.
Bularning barchasi pirovard natijada keskin Raqobatchilik sharoitida ishlab
chiqarishning barqarorligiga erishishga inqirozning oldini olishga yo’naltirilgan. Bu
holat kengroq ko’rilganda, bozorda talab bilan taklif o’rtasida qulay muvozanatning
ta’minlanishiga olib keladi. Bizga kapitalistik ishlab chiqarish usulining eng katta
nuqsoni sifatida targ’ib qilib iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishning qudratli
omiliga aylanmoqda.
Bugungi kunda ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirib borish va unga ta’sir
etuvchi omillarni tahlil qilib berish juda muhim hisoblanmoqda. Chunki ishlab
chiqarishning rivojlanib borishi va yuksalishi harajatlarni qisqartirib borish, unga ta’sir
etuvchi omillari tahlil qilish, aniqlash kabi xususiyatlarga ega hisoblanadi. Bu sohada
dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlari o’zlarining taraqqiyot darajasiga
erishgandir. Ma’lumki, Sobiq totalitar tuzim davrida barcha ishlab chiqarish
markazlashgan, rejalashtirilgan tartibda edi. Shuning uchun ham isrofgarchilik juda
ko’p miqdorda edi. Ishlab chiqarish harajatlarining ortib ketishi mahsulot sifatining
bo’zilishiga, shuningdek uning “Utmay” kolishiga sabab bo’ldi. Natijada o’sha davrda
mamlakat ishlab chiqarishi inqirozga uchradi. Bu mamlakat uchun fojiali xol edi.
Chunki egasiz mulkning qadri bo’lmaydi, tekin narsani esa samarasi bo’lmaydi. Bu
barchamizga ma’lumdir.
Shuning uchun ham mustaqillikga erishganimizdan keyin, prezidentimizning
oqilana fikrlari, ularning tashabbuslari bilan eng asosiy e’tibor shu sohaga qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: