Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishning asosiy yo’nalishlari va



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

3. Ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishning asosiy yo’nalishlari va 
iqtisodiy samaradorlik 
 
Mahsulot ishlab chiqarish harajatlarining o’zluksiz pasayishi bozor Iqtisodiyotida 
ishlab chiqarish usulining qonuniyatidir. U mehnat unumdorligining tuxtovsiz o’sishi, 
mehnatkashlar madaniy, texnikaviy darajasini yuksalishi, moddiy va mehnat 
resurslaridan ratsional foydalanish, xo’jalik yuritish usullarining takomillashtirishi bilan 
ta’minlanadi. 
Ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirish uchun nurashning ahamiyati yildan yilga 
oshib bormoqda, chunki uni pasaytirishning har bir foizning absolyut hajmi o’sib 
bormoqda. Umuman respublika bo’yicha sanoat mahsuloti tannarxini faqat 1% ga
pasaytirilsa 3 mlrd. sum miqdorida iqtisod qilinadi. 
Ishlab chiqarish harajatlarining pasaytirishning yo’llarini keltiramiz. Ishlab 
chiqarish harajatlarining pasaytirishda ishlab chiqarishning texnikaviy darajasini 
oshirish katta ta’sir ko’rsatadi. Yangi texnikani joriy qilish va mahsulot tayyorlash 
texnologiyasini takomillashtirish jarayonalaring kamayishiga kompleks ta’sir ko’rsatadi. 
Ular moddiy resurslardan yanada samaralirok foydalanish, buyumlarni tayyorlashga 
ketadigan mehnat sarfini kamaytirish imkonini beradi. 
Amaldagi jixozlarni zamonaviylashtirsh hamda qo’llanilayotgan texnikadan 
foydalanishni hisobga ishlab chiqarish harajatlarini anchagina kamaytirishga erishish 
mumkin. Yangi texnika va progressiv texnologiya asosida o’tgan va jonli mehnatni 
tejashga erishiladi. Moddiy resurslarda buyumlashgan o’tgan mehnatni tejash xuddi shu 
miqdordagi xom-ashyo va materiallardan ko’proq mahsulot ishlab chiqarish imkonini 
beradi; jonli mehnat sarfini tejash mahsulot unumdorligini oshirish imkonini beradi, 
ya’ni har bir ishchiga hisoblanaganda ko’proq mahsulot ishlab chiqarishga imkon 
yaratadi. Bunga fan-texnika taraqqiyoti yordam beradi. Yangi texnika va ilg’or
texnologiya ishlab chiqarishni boshqarishni takomillashtirish asosida mehnat 
unumdorligi oshib boradi bu esa ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga olib keladi. 
Moddiy va pul mablag’larini sarflashda qat’iy iqtisodiy tejashga rioya qilish 
katta ahamiyatga ega. Asbob uskunalarni asrashga dori sarflarini kamaytirish, material 
shuningdek ishlab chiqarish chikindilaridan maksimal foydalanish. Brak natijasida ruy 
beradigan nobudgarchiliklarni kamaytirish fondlarining samaradorlik darajasini 
oshirish, ish haqi fondini ratsional sarflash sex va umumzavod harajatlarini kamaytirish- 
bularning barchasi u yoki bu darajsida mahsulotning arzonlashuviga ta’sir ko’rsatadi. 
Moddiy texnika ta’minotini yaxshilash ishlab chiqarish harajatlarini kamaishiga 
olib keladi. Korxonaning xom-ashyo material, yokilgi va energiya yetkazib berishning 
o’zilib kolishi ishlab chiqarish ritmini bo’zishga bekor turtib kolishlariga oy oxirida 
xaybarakallachilikka va oqibat natijada unumsiz harajatlarga olib keladi. Korxona 
itisodiyotga xaddan tashqari normativdan ortiqcha zapaslarni bo’lishi ham salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. Zapas ko’payib ketganda oborot mablag’lari oshib ketadi, moliyaviy ahvol 
yomonlashadi, ishlab chiqarishning rentabelligi pasayib ketadi. 


149 
Ishlab 
chiqarish 
harajatlarini 
kamaytirishga 
mehnatni 
tashkil 
etishda 
takomillashtirish ta’sir ko’rsatadi. Har qanday texnikadan xatto yangisidan ham ishlab 
chiqarishni to’g’ri tashkil qilmay turib, maksimal ravishda foydalanish mumkin emas. 
Shuning uchun texnologik protsesslarni mexanizatsiya va avtomatlashtirish bilan bir 
qatorda, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishga katta e’tibor berish kerak. 
Mahsulot tannarxini pasaytirishda hisobotning ro’li kattadir. Hisob olib borish 
yokilgi va energiyadan, xom ashyo va materiallardan ratsional foydalanishga yordam 
beradi, harajatlarni kamaytirish va korxona Jamg’armasini oshirish ikonini beradi. 
Kolektivning kuchini yetishtirilladigan mahsulotning tannarxini pasaytirishga qaratish 
uchun ishlab chiqarishga qilinadigan harajatlarni to’g’ri rejalashtirish va hisobga olish 
zarur. Iqtisod qilish yo’llarni aniqlash ortiqcha harjatlarning sababini ochib tashlash 
uchun bu harjatlarni doimi analiz qilib turish kerak. Ishlab chiqarish harajatlarini 
kamaytirish rejasining bajarilishini analiz qilish ishlab chiqarish rentabelligining 
oshishi uchun korxonadagi barcha ishlarning takomillashtirshiuchun muhim ahamiyatga 
ega. Lekin analiz faqatgina tannarxning pasaytirsh rejasini bajarilishiga qo’yilgan baho 
bilan chegaralanmaydi, u ishlab chiqarish harajatlarini yanada kamaytirish uchun 
taxlikiy va texnikaviy harakatlarni ham ko’rishi kerak. 
Mahsulot ishlab chiqarishni analiz qilishning ishchilarning aktiv ishtirok etishlari 
uni pasaytirishning muhim yo’lidir. 
Harajatlar korxonaga bog’liq bo’lmagan omillarga qarab o’zgaradi. Masalan; 
resurs narxi har xil xizmat xakkining tebranishi korxona xixishidan qat’iy nazar 
harajatlarni o’zgartiradi. Korxonada ishlab chiqarish kulami kengaysa, resurslar sarfi 
qisqaradi, chunki ular kamroq isrof etiladi. Resurslarni tejovchi texnologiya joriy 
etilganda harajatlar keskin qisqaradi. O’rtacha harajatlar mehnat unumliga nisbatan 
teskari mutanosiblikda o’zgaradi. Mehnatni unumigning ortishi ham moddiy ham
mehnat sarfini qisqartiradi bozordagi narx binobarin tovar barqaror sharoit mehnat 
unumdorligi harajatlari pasaytirish orqali foydani ko’paytiradi. 
Harajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning 
asosiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy 
elementlari bu harajat va foydadir. Binobarin harajatlar qanchalik qisqarib borsa, shunga 
mos foyda oshib boradi. 
Ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirish asosiy yo’nalishlaridan biri bu fan 
texnika taraqqiyoting (FTT) yutuqlaridan oqilana foydalanishga erishishdir. FTT 
yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom-ashyo 
materiallaridan yokilgi resurslaridan yanada to’laroq foydalanishga imkon beradi. 
Shuningdek Yangi unumdorligi yuqori bo’lgan samarador mashina, dastgoxda Yangi 
texnologik jarayonlar yaratish, uni ishlab chiqarish joriy etish pirovard natijada 
korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. FTT ning 20 –
asr ikkinchi yarmidagi o’ziga xos jixati prinsipal Yangi texnologik usulga o’tilishi bilan 
harakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish ussullaridan ustunligi faqat 
nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, balki sifat nuqtai nazaridan moddiy 
ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatidir. Harajatlarni pasaytirish asosiy 
yo’nalishlardan biri bu ishlab chiqarish va mehnat tashkil etishning


150 
takomillashtirishdir. Ushbu yo’nalish ishlab chiqarishda yukotishlarni kamaytirish yo’li 
bilan harjatlarni pasaytirish bu esa o’z navbatida jonli mehnatni iqtisod qilishga ya’ni 
ishlab chiqarish unumdorligini oshishiga olib keladi. 
Samaradorlik iqtisodiy kategoriya sifatida odamlarni ayrim ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgan mahsulotlar kobiliyatlarini anglatadi. Samaradorlik miqdoriy 
o’lchov darajsiga ega bo’ladi. Iqtisodiyotda eng avvalo yuqori samaradorlik ko’pincha 
imkoniyatlari bilan birgalikda ist’emol qilishdan xosil bo’lgan samaradorlikning 
yuksalishini izohlaydi. Barcha samaradorliklar majmuasi eng yuqori maksimal 
samaradorliklardan iborat ekanini izohlash kiyin emas. Har bir ist’emol qilinayotgan 
Yangi tovar o’zining eng yuqori samaradorlik darajasiga teng samaradorlik darajasini 
kengaytiradi. 
Maksimal samaradorlikni pasaytiruvchi qonunga ko’ra navbatdagi har bir 
ist’emol qilinayotgan ne’matni yuqori samaradorlik darajsi oldingi bosqichga nisbatan 
past bo’ladi.
Demak, bir o’lchovga to’g’ri keluvchi qo’shimcha ne’matlar xosil qilish samarasi 
oldingi bosqichda olingan natijalardan pastrok bo’ladi. 
Iqtisodiy samaradorlik bir necha iqtisodiy ko’rsatgichlar orqali tavsiflanadi. 
Ishlab chiqarish samaradorligi bir qancha jo’ziy ko’rsatgichlar orqali tavsiflanadi. 
Samaradorlikning umumiy ko’rsatgichi mehnat unumdorligidir. U umummahsulot 
miqdori (MM) ning jonli mehnat (JM) sarfiga nisbatan ifodalanadi. Jonli mehnat sarfi 
kunlarda soatlarda hisoblanadi. Mehnat unumdorligi bilan birga mehnat sigimi degan 
samaradorlik ko’rsatgichi ham qo’llanadi. Mehnat sigimi jonli mehnatni mahsulot 
miqdoriga nisbatan orqali aniqlanadi. Mahsulotning material degan iqtisodiy ko’rsatgich 
ham bizning davrimizda katta ahamiyat kasb etmoqda.. 
Material sigimi moddiy ashyolar sarfini (BM) mahsulot miqdori (MM) ga 
nisbatan orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish fondlarini samaradorligi mahsulotning fond 
sigimi yoki fondlar qaytimi ko’rsatgichlari orqali o’lchanadi. Ko’rinib turibdiki jo’ziy 
ko’rsatgichlar samaradorlik umumiy ifodasini aniqlashtirilgan shaklida bu nisbatlarda 
mahsulotlar miqdori ko’rsatgichlari o’rnida jami mahsulot yalpi milliy mahsulot, jami 
ichki mahsulot, sof mahsulot, qo’shimcha mahsulot, uning pul shakllaridan biri foyda 
milliy daromad kabi kategoriyalar qo’llaniladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ayniqsa, respublikamizning hozirgi sharoitida 
samaradorlikni oshirish juda jiddiy masaladir. Gap shundaki, hozirgi davrda ko’pgina 
resurslar chegaralangan ularning aksariyat qismi xorijdan keltiriladi, zamonaviy 
texnologiya yetishmaydi, kadrlar malakasi yuqori emas. Shuning uchun resurslardan 
tejamli foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish milliy va xorijiy sarmoyalarni eng 
zarur sohalarga joylashtirish yuqori malakali kadrlar tayyorlash kabi samaradorlikni 
oshirish vositalariga yetarlicha e’tibor berish talab qilinadi. 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə