Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Ishlab chiqarish harajatlarini quyidagicha omillar ta’sir ko’rsatadi



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Ishlab chiqarish harajatlarini quyidagicha omillar ta’sir ko’rsatadi: 
1.
 
Mehnat unumdorligini oshib borishi. 
2.
 
Mehnatni ilmiy tashkil qilish. 
3.
 
Ishchi kuchlarini to’g’ri joylashtirish va ishlab chiqarishga to’g’ri jalb etish. 
4.
 
Fan-texnika taraqqiyotini yuksaltirib borish, tadbiq qilish. 


147 
5.
 
Kadrlar malakasini oshirib borish. 
6.
 
Xom-ashyo resurslaridan samarali va unumli foydalanish. 
7.
 
Ishlab chiqarish boshqaruvini to’g’ri tashkil etish. 
Umuman olganda esa bu omillarni quyidagicha birlashtirish mumkin: Yangi fan-
texnikani qo’llash mehnat unumdorligini oshirib borish, xom ashyo sarflarini qisqartirib 
borish. Har qanday jamiyatning muhim bo’g’inlaridan asosiysi ishlab chiqarish 
harajatlarini kamaytirib borishdir. Har bir faoliyat ko’rsataetgan korxona ham o’z 
oldiga ana shuni vazifa qilib qo’yadi, ya’ni korxonaning asosiy maqsadi, ishlab 
chiqarish harajatlarini minimallashtirib maksimal foyda olishdir, ko’proq mahsulot 
ishlab chiqarishga qaratilgan. 
Ishlab chiqarish harajatlariga yuqorida sanab o’tilgan muhim omillar ta’sir etar 
ekan, bularning barchasini birgalikda amalga oshirish juda kiyin. Masalan: xom ashyo 
zaxiralarining eng arzon kanallarini kidirib topish va samarali ishlatishni ta’minlash, 
ishchilarni ijtimoiy muxofazashni kuchaytirish, fan-texnika taraqqiyotini yuksaltirib
uni ishlab chiqarishga tadbiq qilish, umuman bularni birvarakaiga amalga oshirish 
murakkab jarayonidir. Lekin, shu omillarni barchasini birgalikda olib borilishi iqtisodiy 
samaradorlikka erishishning asosiy sharti hisoblanadi. 
Respublikamizda bunday ishlarni rivojlantirish maqsadida ilgari davlat 
markazlashgan korxonalar tizimi o’zgartirilib, xususiylashtirish ishlari yo’lga qo’yiladi. 
Bugungi kunda umumiy ishlab chiqarishning 84% asosan xususiy va qo’shma 
korxonalarga to’g’ri kelmokda. Bu degan so’z har bir korxona o’zining ishlab chiqarish 
jarayonlariga va harajatlarni kamaytirib borish omillariga jiddiy ta’sir qilmoqda 
degenidir. 
Albatta bunday munosabatlar ishlab chiqarishni pasayishini oldini olish 
ishsizlikka yo’l qo’ymaslikni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish va tadbirkorlikni rivojlantirib 
borish esa unga tanal toshi bo’lib xizmat qiladi. 
Shunday qilib, ishlab chiqarish harajatlariga asosan fan-texnika yutuqlari, yuqori 
ishchi kuchi, xom-ashyo resurslari asisiy ta’sir ko’rsatadi. Mehnatni ilmiy tashkil qilgan 
xolda ishlab chiqarishni yuksaltirib borish ham muhimdir. Har bir ishchi o’zining 
kasbini kilayotgan ishini sevishi kerak. Bu esa kadralar malakasizligiga barham beradi, 
natijada ishlab chiqarish yuksaladi. Ilmiy tadqiqotlardan ma’lumki, ishchilarning u 
ishdan bu ishga kuchib yurishlari natijasida ish samaradorligi 30-40% foizgacha 
kamayar ekan. Bu degan so’z ishlab chiqarishning asosiy qismi yo’qoldi degandir. Shu 
sababli eng asosiy e’tibor ishchi o’rinlarini to’g’ri tashkil etishga qaratilishi zarur. 
Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan ko’plab korxonalar ishlab chiqarish 
harajatlariga ta’sir qiluvchi omillarini har tomonlama o’rganib, shu asosda ish 
yuritmokdalar. 
Yangi bozor tizimi isloxatlarni amal qilishi iqtisodiyotida juda muhim 
sanalmoqda va ahamiyati ortib bormoqda. Har bir korxona o’z oldiga harajatlarni 
pasaytirish, unga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilishni ustivor vazifa qilib qo’yish 
kerak, Ana shundagina iqtisodiyot yuksaladi, ishlab chiqarish taraqqiy etadi. 


148 

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə