Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


-jadval. Fermer xo‘jaligi uchun biogaz qurilmasi BGQ – 25, BGQ – 50 va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/83
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#157605
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

 
8.3-jadval. Fermer xo‘jaligi uchun biogaz qurilmasi BGQ – 25, BGQ – 50 va 
BGQ-100 
Ko‘rsatgichlar nomi 
BGQ – 25 
BGQ – 
50 
BGQ-100 
Go‘ng ishlab chiqarish unumdorligi, 
m
3
/sut 
2 gacha 


Reaktor hajmi, m
3
25 
50 
100 
Elektr qizitgich turi 

EPZ – 25 
Biogaz chiqish unumdorligi, m
3
/sut 
20 
40 
80 
Biogaz ishlab chiqarish keng miqyosda rivojlantirilmoqda. XXRda BioGEQ 
soni 7 mln.dan ortib 30 mln.ga yaqin qishloq aholini energetik talabini 
ta’minlamoqda. Hindistonda bir necha yuz BioGEQ mavjud. Shveytsariya
Germaniya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, AQSH va boshqalarda hajmi 100-300 m
3
bo‘lgan qurilmalar hayvonlar fermalarida chiqindilarni qayta ishlab biogaz olishga 
moslashilgan. 


167 
9. QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI ASOSIDAGI 
QURILMALARNING TEXNIK-IQTISODIY KO‘RSATKICHLARINI 
HISOBLASH 
 
Mamlakat yoqilg‘i-energetika majmuasiga mikrogidroelektrostansiyalarni 
maqsadli kiritilishi, ularni qurilishdagi iqtisodiy samaradorligi hisob-kitoblarini 
iqtisodiy tahlillar yordamida aniqlanadi. Mikrogidroelektrostansiyalarni qurilishi va 
boshqa turdagi gidroenergetik qurilmalarini iqtisodiy samaradorligini hisoblashdagi 
asosiy usullaridan biri bo‘lib, taqqoslama samaradorligi usuli hisoblanadi. Bu usul 
orqali qurilish hamda keyingi ekspluatatsiya xarajatlari boshqa turdagi gidroenergetik 
qurilmalari bilan taqqoslash hisob-kitob qilinadi va aniq iqtisodiy xulosa chiqariladi. 
Eng kichik xarajatlarga ega bo‘lgan variant iqtisodiy tomondan maqbul variant 
hisoblanadi.
Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxi hamda qurilmaga 
kiritilayotgan kapital xarajat miqdori elektr stansiyaning ratsional joylashuviga 
bog‘liq.
Mikrogidroelektrostansiyani o‘rnatish uchun joyini tanlash va uni hududga 
bog‘lab o‘rnatilishi davomida ko‘p omilli quyidagi masalani yechishga to‘g‘ri keladi: 

suv oqimidan olinadigan energiyani dastlabki miqdorini aniqlash; 

suv tushishining bosimi hamda uning balandligini hisobga olish; 

suv energiyasini generatsiyalash uchun ketadigan suv hajmini aniqlash;

suv quvurlarining parametrlarini belgilash;

gidrogeneratordan iste’molchilarga boradigan elektr liniyasining 
uzunligi hamda uning quvvatini aniqlash lozim.
Yuqorida keltirilgan omillar bir-biriga bog‘liq bo‘lib, ular o‘z navbatida 
qurilmaning iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etadi. Mikrogidroelektrostansiyalar 
respublika iqtisodiyotini rivojlanishiga yoki energetik tizimiga katta ta’sir qilmaydi. 
Bu qurilmalarning o‘rnatilishidan asosiy maqsad mamlakat energetika balansini jalb 
qilish va shu orqali qayta tiklanuvchan energiya resurslaridan samarali foydalanish 
hisoblanadi. Albatta, bu mikrogidroelektrostansiyalar katta va o‘rta GESlar beradigan 
va ishlab chiqaradigan elektr energiyasini ishlab chiqarishga quvvati yetmaydi. Lekin


168 
elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lgan paytida yoki avtonom elektr 
energiyasi ta’minotida mikrogidroelektrostansiyalar tomonidan ishlab chiqarilgan 
elektr energiyasi aholi va kichik ob’ektlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash 
imkonini beradi. 
Markazlashtirilgan 
elektr 
energiyasi 
tizimi 
bilan 
mikrogidroelektro-
stansiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda, mikrogidroelektrostansiya 
tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi ta’rif qiymati (TMGES) va 
markazlashgan energiya ta’minoti tizimdagi elektr energiyasi ta’rifi (TEET) bilan 
solishtirish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Bunda mikrogidroelektrostansiya quyidagi 
talab bajarilgandagina samarali hisoblanadi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə