Qimmatli qog‘ozlar



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə11/82
tarix31.12.2021
ölçüsü209,85 Kb.
#82212
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
qimmatli qogozlar

Aksiyalarning turlari

O‘zbekiston hududida chiqariladigan aksiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi:



  1. Ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari, ular ochiqchasiga muomalaga chiqariladi va keyinchalik boshqa aksiyadorlarning roziligisiz qo‘ldan qo‘lga o‘tishi mumkin hamdayopiq aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari, bo‘lar birlamchi joylashtirilishda oldindan ajratib olingan sarmoyadorlar o‘rtasida taqsimlanadi va faqat kompaniya umumiy yig‘ilishining roziligi bilan qo‘ldan qo‘lga o‘tishi mumkin.

  2. Egasining nomi yozilgan va ko‘rsatuvchi egalik qiladigan aksiyalar. Egasining nomi yozilgan aksiyalarda ular egasining familiyasi majburiy tarzda ko‘rsatilishi shart, agar ularning egasi yuridik shaxs bo‘lsa, tashkilotning nomi ko‘rsatiladi. Ko‘rsatuvchi egalik qiladigan aksiyalarda ular egasining nomi ko‘rsatilmaydi. Bu ushbu aksiyalarning fond bozorida muomalada bo‘lishi xususiyati bilan izohlanadi. Aksiyadorlik jamiyati bir yilning o‘zida ham egasining nomi yozilgan, ham ko‘rsatuvchi egalik qiladigan aksiyalarni chiqarishi mumkin. O‘zbekistonda ko‘pchilik aksiyalar egasining nomi yozilgan shaklda chiqariladi.

  3. Oddiy va imtiyozli aksiyalar. Oddiy aksiya aksiyadorlar yig‘ilishida ovoz berish huquqini beradi, u bo‘yicha olinadigan dividend miqdori esa, aksiyadorlik jamiyatining yil davomidagi ishining natijalariga bog‘liq va boshqa hech narsa bilan kafolatlanmagan. Bunday aksiyalarning egalari boshqa qimmatli qog‘ozlarning egalariga qaraganda katta tavakkalchilik qilajakligi bois, ular bo‘yicha ko‘zda tutiladigan dividendlar juda yuqori darajada bo‘ladi.

Imtiyozli aksiya aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqini va bu bilan korxonani boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi. Ularning imtiyozliligi, bir tomondan, jamiyat xo‘jalik faoliyati natijalaridan qat’i nazar, kafolatlangan daromadni olish imkoniyatidan, ikkinchi tomondan esa, aksiyadorlikjamiyati tugatilgan yilda aksiyalar qiymatini birinchi navbatda olish huquqidan iborat.

Imtiyozli aksiyalarning umumiy nominal qiymati kompaniya ustav sarmoyasining 20 foizidan oshmasligi kerak.



Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə