Qimmatli qog‘ozlar


Korporativ obligatsiyalarning majburiy rekvizitlari



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə17/82
tarix31.12.2021
ölçüsü209,85 Kb.
#82212
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82
qimmatli qogozlar

Korporativ obligatsiyalarning majburiy rekvizitlari:


  1. Emitentning nomi va uning manzili.

  2. Qimmatli qog‘ozning nomi.

  3. Seriyasi, tartib raqami va chiqarilgan sanasi.

  4. Turi (davlat ichki zayomi, mahalliy zayom obligatsiyasi, korxona obligatsiyasi).

  5. Nashrning umumiy summasi.

  6. Nominal qiymati.

  7. Egasining nomi (egasining nomi yoziladigan obligatsiyalar uchun).

  8. Foiz stavkasi.

  9. Foizlarni to‘lash shartlari va tartibi.

  10. So‘ndirish shartlari va tartibi.

  11. Emitentning rahbari va bosh buxgalterining imzosi.

  12. Ro‘yxatga oluvchi idora tomonidon berilgan obligatsiya kodi va sana.

Korporativ obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror korxona ma’muriyati tomonidan, aksiyadorlik jamiyati obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror esa, ijroiya organ (boshqaruv) tomonidan qabul qilinadi. Qaror tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak. Korxonalar tomonidan ustav fondini shakllantirish hamda to‘ldirish, zararlarni qoplash va hokazolar uchun obligatsiyalar chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Aksiyadorlik jamiyatlari obligatsiyalarni ustav sarmoyasi hajmining 20 foizidan ortiq bo‘lmagan summada va faqat barcha chiqarilgan aksiyalar to‘liq to‘langanidan keyin chiqarishi mumkin. Mulkchilikning boshqa shakllaridagi korxonalar bo‘yicha obligatsiyalar chiqarish summasining miqdori respublika fond bozorini tartibga soluvchi organ tomonidan belgilanadi.


Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə