Qishloq xo’jaligida yer resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi



Yüklə 329,5 Kb.
səhifə6/8
tarix28.02.2023
ölçüsü329,5 Kb.
#101658
1   2   3   4   5   6   7   8
boysot

Yaylovlarning turlari

Ozuqa birliklarida
hosildorligi, kg/ga

Bug’doyning ekvivalent
hosildorligi, sentner/ga

Yaxshi yaylovlar




Bug’doyiqli yaylov

230

1,92

Yirik o’tli-shashirli yaylov

300

2,50

Archalar orasidagi har xil bug’doyiq yaylov

260

2,17

O’rtacha yaylovlar




Har xil o’tli-betagali yaylov

320

2,67

Qamishzor

200

1,67

Qashshoqlashgan yaylovlar




Har xil o’tli-adirdagi shuvoqli yaylov

170

1,42

Har xil o’tli, butazorlar orasidagi yaylov

180

1,50

Ko’ng’irbosh-toifalashgan yaylov

140

1,17

Oq saksovulzor

100

0,83

Yantoqzor

180

1,50

Yaylovlarning turlari

Ozuqa birliklarida
hosildorligi, kg/ga

Bug’doyning ekvivalent
hosildorligi, sentner/ga

Sho’rali-toifalashgan yaylov

130

1,08

Qashshoq yaylovlar




Bir yillik sho’razor yaylov

130

1,08

Pastak har xil o’tli-boshoqdoshli o’simliklar o’sadigan yaylov

120

1,00

Har xil o’tli to’qayzor

90

0,75

Qizilmiya o’sadigan yaylov

100

0,83

Manba: qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlash tartibi to’g’risidagi Nizom.
1 gektar ozuqa ekin maydonlarining me’yoriy qiymati haydov yerga o’xshash tarzda aniqlanadi, bunda ozuqa ekin maydonlarining unumdorligi ular bilan bog’liq bo’lgan balandlik mintaqalarida joylashganligiga qarab foydaning hisoblab chiqilgan miqdori quyidagi miqdorlarda qabul qilinadi: cho’l mintaqasida – 3,2 foiz; tog’oldi mintaqasida – 4,1 foiz; tog’ mintaqasida – 7,0 foiz.
Baliqchilik hovuzlari, imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band bo’lgan yerlarning me’yoriy qiymati faqat belgilangan mezonlarga muvofiq yer solig’ining to’lovchilari hisoblangan qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bo’yicha aniqlanadi. Bunda imoratlar, inshootlar va xonadonlar deganda ularning faoliyat ko’rsatishi va xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan imoratlar, inshootlar, omborlar, dala shiyponlari, bostirmalar, xonadonlar va maydonlar tushuniladi.
Baliqchilik hovuzlari bilan band bo’lgan yerlarning me’yoriy qiymati tuman bo’yicha sug’oriladigan haydov yerlarning o’rtacha me’yoriy qiymati bo’yicha aniqlanadi.
Imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band bo’lgan yerlarning me’yoriy qiymati joylashgan mintaqasi va ixtisoslashuviga qarab asosiy qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymati bo’yicha 2 koeffitsiyentini qo’llagan holda aniqlanadi.
Tuman bo’yicha hisobotlar yer-kadastr axboroti sifatida har bir qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo’yicha elektron shaklda me’yoriy qiymat taqdim etilgan holda tuman yer resurslari va davlat kadastrining tegishli bo’limlariga topshiriladi. Har bir qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo’yicha qishloq xo’jaligi ekin maydonlari va boshqa baholangan yerlarning me’yoriy qiymati to’g’risida ma’lumotnoma tuziladi. Ma’lumotnoma qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga topshirish uchun tuman yer resurslari va davlat kadastri bo’limlariga taqdim etiladi.
Tumanlar bo’yicha dehqon bozorlarida sotiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy turlariga o’rtacha yillik narxlar va sotish hajmlari, shuningdek paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlariga o’rtacha xarid narxlar davlat statistika kuzatishlari ma’lumotlari asosida O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan aniqlanadi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirish natijalari bo’yicha olingan foydaning miqdori O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan oldingi yil yakunlariga binoan tumanlar bo’yicha yalpi daromadga nisbatan foizlarda aniqlanadi.
Qishloq xo’jaligi ekinlari hosilini yig’ishtirib olish davomida foyda miqdori o’rtacha yillik narxlar va qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirishga me’yoriy xarajatlar hisobga olingan holda belgilanadi. Tumanlar bo’yicha qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirishga me’yoriy xarajatlar bonitet baliga bog’liq ravishda o’simliklarni o’stirishning agrotexnologik xaritalari asosida hisoblab chiqiladi, bunda issiqxonalarda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlari hisobga olinmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi, Moliya vazirligi har yili 1-aprelgacha qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirish natijalari bo’yicha olinadigan foyda miqdorlari to’g’risidagi ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligiga yuboradi.
Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlashning texnologik sxemasi quyidagicha:

  1. Tayyorgarlik ishlari.

    1. Ishlar mazmuni va dasturini ishlab chiqish.

    2. Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining hamda me’yoriy qiymatni aniqlash obyektlarining ro’yxatini va joylashish chizmasini tuzish.

    3. Me’yoriy qiymati aniqlanadigan obyektlar bo’yicha dastlabki yer-hisobga olish va statistik hamda natijali yer-baholash axborotlarini to’plash, tahlil qilish va tayyorlash.

    4. Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlashda dastlabki va qiymat ko’rsatkichlarining avtomatlashtirilgan hisob-kitobi dasturini o’rganish va o’zlashtirish.

  2. Tuproq unumdorligi, tabiiy ozuqa ekin maydonlarining unumdorligi, sug’orish uchun suv berish usuli bo’yicha birlamchi ma’lumotlar bazasini tayyorlash va me’yoriy qiymatini aniqlash obyektlarining ko’rsatkichlarini hisob-kitobi.

    1. Me’yoriy qiymatni aniqlash obyekti tuproq unumdorligining o’rtacha ko’rsatkichini aniqlash.

    2. Asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari bo’yicha mahsulot yetishtirishdan foizlarda hisoblab chiqilgan foydani aniqlash.

    3. Me’yoriy qiymatni aniqlash obyekti yaylovlarining ozuqa qimmatliligi ko’rsatkichlarini aniqlash.

    4. Sug’orishning ichki tizimida sug’orish uchun suv berish usuli ko’rsatkichini aniqlash.

    5. Zaharli kimyoviy dorilarni qo’llash cheklangan maydonlarni aniqlash.

  3. Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatining avtomatlashtirilgan hisob-kitobi.

    1. Birlamchi ko’rsatkichlarni kompyuter dasturiga kiritish.

    2. Qishloq xo’jaligi ekinlarining me’yoriy qiymati: me’yoriy unumdorlik, hisoblangan foyda va me’yoriy qiymat ko’rsatkichlari hisob-kitobi.

  4. Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlash materiallarini rasmiylashtirish.

    1. Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo’jaligi ekin maydonlari me’yoriy qiymatini aniqlashning hisob-kitob

(jadval) va matnli qismini rasmiylashtirish hamda ma’muriy tumanlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va respublika bo’yicha qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlash materiallarini umumlashtirish.

    1. Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini aniqlash materiallarining jadvalli qismini rasmiylashtirish.

    2. Ma’lumotnomalarni tayyorlash va qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga taqdim etish.

2020-yil 24-avgustda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali bo’lgan regulation.gov.uz saytiga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ID raqami 21157 bo’lgan
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq хoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriloyihasimuhokama etish uchun e’lon qilingan edi. Loyiha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5953-sonli farmoniga muvofiq tayyorlangan. Ushbu loyihaga ko’ra, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga 2020-yil 1oktabrgacha Nizom talablariga muvofiq qishloq хoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash vazifasi topshirilgan edi.
Barcha xorijiy mamlakatlarda davlat mulkdorlarning yerdan maqsadli foydalanishi va huquqiy rejimga mos kelishini qattiq nazorat qiladi. Masalan, Fransiyaning fuqarolik kodeksi yerga ishlov bermaydigan, tuproq unumdorligi pasayishiga yo’l qo’ygan yoki jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi mulkdorlardan yerni olib qo’yilishi mumkin bo’lgan holatlarni ko’zda tutgan. Germaniyada barcha qishloq xo’jalik yerlari mulkdorlari ulardan yerni tortib olinishi xavfi borligi tufayli yerga ishlov berishga majburdirlar.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan degradatsiyaga uchragan qishloq xo’jalik yerlarini konservatsiya qilishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Degradatsiyaga uchragan yerlar deganda tabiiy va antropogen omillar, xo’jalik va boshqa faoliyatning salbiy ta’sirlari natijasida tuproq sifati yomonlashgan qishloq xo’jaligi yerlari nazarda tutiladi. Yerlarni konservatsiya qilish esa degradatsiyaga (sho’rlanishga, cho’llanishga, botqoqlashishga uchrashi hamda yaylov va pichanzorlarda tuproq-o’simlik qoplami jiddiy tanazzulga) uchragan, kam mahsuldor, hosildorligi juda pasaygan va tabiiy xususiyatlari bo’yicha salbiy tavsiflarga ega tuproqlar, yuqori darajada zaharli sanoat chiqindilari, radioaktiv moddalar, og’ir metallar va boshqa kimyoviy elementlar bilan ifloslangan qishloq xo’jalik yerlarining unumdorlik va tabiiy xususiyatlarini tiklash, buzilgan yerlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini va degradatsiya sur’atlarini pasaytirish hamda oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun besh yildan kam bo’lmagan muddatga maqsadli foydalanishdan chiqarishdir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 791-sonli qarori bilan “Qishloq xo’jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi to’g’risidagi Nizom” tasdiqlandi. Ushbu Nizom degradatsiyaga uchragan, kam mahsuldor hamda zaharli sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan qishloq xo’jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomga ko’ra, qishloq xo’jaligi yerlarini xatlovdan o’tkazish va konservatsiya qilinadigan qishloq xo’jaligi yerlarini aniqlash Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yer resurslarini xatlovdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq har besh yilda umumiy ko’rikdan o’tkazish, agrokimyoviy va geobotanik tadqiqotlar asosida amalga oshiriladi.
Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) va tumanlar hokimliklari (qishloq xo’jaligi yerlariga nisbatan foydalanish yoki egalik huquqi rasmiylashtirilmagan yerlar uchun) qishloq xo’jaligi yerlarini konservatsiya qilish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo’jaligi boshqarmalariga konservatsiya qilish zarurati va sabablarini asoslantirgan holda tegishli ariza bilan murojaat qiladi hamda ular besh ish kuni ichida yerlarni joyiga chiqqan holda ko’rikdan o’tkazish va ularni konservatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi to’g’risida xulosa tayyorlash uchun komissiya tuzish haqida qaror chiqaradi.
Komissiya tarkibiga yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi), Qishloq xo’jaligi vazirligi, Suv xo’jaligi vazirligi, O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi (o’rmon xo’jaligi yerlarida), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo’linmalari hamda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutidan mas’ul xodimlar kiritiladi. Komissiya o’n besh ish kunida joyiga chiqqan holda ko’rikdan o’tkazib, Qoraqalpog’iston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo’jaligi boshqarmalari tomonidan yerlarni konservatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi va konservatsiya qilishga sabab bo’lgan omillar to’g’risida hisobot va xulosa tayyorlaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo’jaligi boshqarmalari o’n ish kuni ichida taqdim etilgan materiallar va xulosalarni ko’rib chiqib, konservatsiya qilish to’g’risida qaror qabul qiladi. Qabul qilingan qarorga muvofiq ishchi yer tuzish loyihasi ishlab chiqiladi va unda yerlarni konservatsiya qilish usullari, konservatsiya qilish muddati, yerlardan foydalanish yo’nalishi belgilanadi.
Qishloq xo’jaligi yerlarini konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish muddati yerlarni konservatsiya qilish loyihasida belgilanadi va ushbu muddat besh yildan yigirma besh yilgacha belgilanadi. Konservatsiya davrida yer uchastkasidan foydalanuvchining (egalik qiluvchining) yerga nisbatan ijara (egalik) huquqlari saqlab qolinadi va Yer uchastkalari qishloq xo’jaligi foydalanishidan chiqariladi. Yer uchastkasidan foydalanuvchining (egalik qiluvchining) xohishiga ko’ra konservatsiya qilinayotgan yerlar zahira yerlar tarkibiga o’tkazilishi mumkin.
Ushbu Nizomning 4-bobiga ko’ra, qishloq xo’jaligi yerlarini konservatsiya qilish tadbirlari O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari, yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) mablag’lari hamda qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Yer uchastkasi jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishida yoki egaligida bo’lsa, qishloq xo’jaligi yerlarini konservatsiya qilish yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) tashabbusiga ko’ra amalga oshiriladi. Bunda, qishloq xo’jaligi yerlarini konservatsiya qilishgacha bo’lgan hujjatlarni tayyorlash xarajatlari yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) hisobidan moliyalashtiriladi. Ammo, yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi)ning aybi bilan yer uchastkalari degradatsiyaga uchraganda, yerlarni konservatsiya qilish bo’yicha barcha tadbirlar yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) hisobidan moliyalashtiriladi. Agar qishloq xo’jaligi yerlariga nisbatan foydalanish yoki egalik huquqi rasmiylashtirilmagan bo’lsa, yerlarni konservatsiya qilish tumanlar hokimliklari tashabbusiga ko’ra amalga oshiriladi.
Bu jarayonda davlat budjeti hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi:

  • tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo’yicha davlat dasturlarida nazarda tutilgan yerlarni konservatsiya qilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;

  • alohida qimmatga ega bo’lgan unumdor sug’oriladigan yerlarni konservatsiya qilish loyihalarini ishlab chiqish;

  • qishloq xo’jaligi yerlarini konservatsiya qilish doirasidagi ilmiytadqiqot ishlarini amalga oshirish;

  • konservatsiya qilingan qishloq xo’jaligi yerlari monioringini olib borish.

Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablag’lari hisobidan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish bo’yicha hududiy dasturlarida nazarda tutilgan yerlarni konservatsiya qilish tadbirlari moliyalashtiriladi.
Fermerlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan holatlardan biri – tuman hokimliklari va fermer xo’jaliklari o’rtasida qishloq xo’jaligi yerlarini ijaraga berish yuzasidan tuzilgan shartnoma shartlarining buzilishidir. Bu natijasida fermer xo’jaliklarida o’z faoliyatini rivojlantirish, yerlarning holatini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uzoq muddatli investitsiyalar sarflashga bo’lgan motivatsiya yo’qolmoqda.
Fuqarolik Kodeksining 382-moddasiga muvofiq shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o’zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin. Yer Kodeksining 24-moddasi, hamda “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunning 13-moddasiga ko’ra yer uchastkalarini ijaraga olish shartnmasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, “Ma’muriy tartibtaomillar to’g’risida”gi qonunning 9-moddasida ma’muriy organ manfaatdor shaxsga ma’muriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega bo’lgan barcha holatlar yuzasidan o’z fikrini bildirish imkoniyatini berishi shart. Lekin, fermer xo’jaliklariga shartnoma asosida uzoq muddatli ijaraga berilgan yerlar tuman hokimliklari tomonidan asossiz ravishda olib qo’yilish hollari kuzatilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi ma’muriy sudlari tomonidan mahalliy hokimliklarning qarorlarini haqiqiy emas deb topishga doir 2019-yilda jami 3 mingga yaqin ishlar ko’rilgan bo’lib, ularning 42 foizi qanoatlantirilgan.
Bu kabi holatlarni inobatga olgan holda, mamlakatimiz hukumati tomonidan yerga nisbatan mulkchilik munosabatlarini
takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, 2021-yil 8iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo’lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi pf-6243-sonli farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlariga oid quyidagi vakolatlari, ular yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi 2021-yil 1-avgustdan bekor qilindi:

  • yer uchastkalarini to’g’ridan-to’g’ri ajratish, foydalanishga berish, kelgusida ajratish uchun zahiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yo’l bilan tasarruf qilish. Bundan mazkur Farmonga muvofiq yer uchastkalarini davlat tashkilotlariga doimiy foydalanishga ajratish, ochiq tanlov yakunlarini tasdiqlash, ijara shartnomasini imzolash, yer uchastkalarini xususiylashtirish natijalarini rasmiylashtirish bo’yicha vakolatlar mustasno;

  • tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni belgilash, e’tirof etish, o’zgartirish, bekor qilish;

  • sug’oriladigan yerlarni sug’orilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer toifasiga, sug’orilmaydigan qishloq xo’jaligi yerlarini boshqa yer toifasiga o’tkazish;

  • jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi hamda yordamchi qishloq xo’jaligini yuritish uchun yer berish;

  • xususiylashtiriladigan yer uchastkalariga nisbatan investitsiya majburiyatlari yoki xususiy mulkni erkin tasarruf etishni cheklaydigan boshqa majburiyatlarni belgilash.

Bundan ko’rishimiz mumkinki, hokimlarning yerni to’g’ridanto’g’ri ajratish vakolati bekor qilindi.
Ushbu farmonga muvofiq, 2021-yil 1-avgustdan boshlab:

  • yer uchastkalari xususiy sektorga – mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga – doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;

  • meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinadi, bunda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga bo’lgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qoladi;

  • ijaraga olingan yer uchastkasida qonunchilikda belgilangan tartibda qurilgan ko’chmas mulk obyektiga mulk huquqi boshqa shaxsga o’tgan taqdirda, ushbu obyektga mulk huquqi bilan birgalikda u joylashgan yer uchastkasiga bo’lgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga o’tadi;

  • qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar barcha turdagi qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ishtirok eta oladigan, natijalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlanadigan ochiq elektron tanlov yakunlariga ko’ra, faqat ijara huquqi asosida ajratiladi;

  • qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi;

  • davlat tashkilotlariga yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;

  • barcha hollarda yer uchastkalari faqat bo’sh turgan va zahiraga olingan yerlardan ajratiladi, ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtning o’zida yer uchastkasini olib qo’yish, zahiraga olish, boshqa shaxsga ajratish yer berish tartibini buzish hisoblanadi va qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos bo’ladi.

Mazkur farmonga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 1-avgustdan boshlab, istisno tariqasida, faqat quyidagi hollarda yer uchastkalarini to’g’ridan-to’g’ri ijaraga berishga haqli:

  • qishloq xo’jaligi sohasida ilmiy tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oshirish uchun davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga – Qishloq xo’jaligi vazirligining taklifiga asosan;

  • agrosanoat klasterlariga – yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablag’i depozitga qo’yilganda, Qishloq xo’jaligi vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimlarining taklifiga asosan;

  • eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga ko’ra ortib boradi) bo’lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun – loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng mablag’ avvaldan maxsus hisobraqamga joylashtirilganda;

  • chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga – ijaraga olish huquqini olganlik uchun bozor qiymatida haq to’lagan holda.




Yüklə 329,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə