Qoraxoniylar davlat boshqaruv tartibi



Yüklə 50,84 Kb.
səhifə6/8
tarix08.06.2023
ölçüsü50,84 Kb.
#116003
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI AYNIDIN AKA QoraXoniylar davlat boshqaruv tartibi

III. Xulosa
O’zbek xalqi davlatchiligi tarixini o’rganishning o’ta muhimligini
I. Karimovning quyidagi so’zlaridan bilish mumkin: «O’zbekiston –kelajagi buyuk davlatdir. Bu mustaqil, demokratik huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir»11.
Ushbu masalani yoritishdan oldin davlatchilik tushunchasiga, jahon tarixidagi eng kadimgi davlatlar yuzaga kelishi tajribasiga qisqa bo’lsa ham e’tibor qilish o’ta o’rinlidir.
Davlat – insoniyat sivilizasiyasi rivojlanishining mahsuli, elatlar, xalqlar va millatlar hayotining ma’lum huquq va qonunga asoslanib tashkil etishning siyosiy shaklidir. U o’z mohiyatiga ko’ra kishilarning talablari va ehtiyojlarini amalga oshirish huquqlarini himoya qilish, amaliyotda barqarorlikni o’rnatish va saqlashga mo’ljallangan, muayyan aholi jamoalari tomonidan tashkil etilgan maxsus vakolatli va qonun-qoida asosida faoliyat ko’rsatadigan vakillar guruhlari majmuasidir.
Davlat siyosiy va ma’muriy tashkilot sifatida xalqni uyg’unlashtiradi. Davlat tufayli jamiyatning butun tuzilishi (iqtisodiy, huquqiy normalari, turmushi, urf-odati, texnikasi va bilim darajasi, etikasi, dini, falsafasi, ijtimoiy qarashlari va boshqalar) to’la kuch bilan namoyon bo’ladi. Boshqacharoq, aytilganda, davlat boshqaruvida quyidagi ikkita muhim jihatlar hal etilganligini sezish mumkin.
Birinchidan, davlat paydo bo’lishi bilan amaliyot hayotini tashkil etish va uni boshqarishning tarixan dolzarb bo’lgan yangi shakllari qaror topdi. Hokimiyatning vakolatli shakli yuzaga kelib, katta-katta ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun keng xalq ommasini safarbar etishning tashkiliy usullari va vositalari ishlab chiqilib, doimo takomillashtirilib borildi. Davlat doirasida aholining ijtimoiy jihatdan farqlanadigan tarkibiy tuzilishi yuz berdiki, natijada urug’, qabilachilik aloqalaridan etnik va sinfiy umumiylikka o’tish ta’minlandi.
Shuningdek, davlat mavjudligi tufayli ijtimoiy manfaatni shaxsiy manfaatdan ajratib, uning ahamiyatliligi ta’minlandi. Ijtimoiy intizom qaror topib, insonning shaxs sifatida ijtimoiy qiyofasi birinchi o’ringa chiqdi. Demak, davlatning kelib chiqishi nafaqat tarixiy zaruriyat, balki ijtimoiy taraqqiyot omili ham bo’ldi;
Ikkinchidan, davlat ibtidoiy jamiyatda mavjud bo’lgan boshqaruvdagi tamoyillarga barham berdi. Oqibatda, butun jamoaning jamiyat hayotida bevosita ishtiroki, boshqaruvda jismoniy zo’ravonligi emas, balki jamoa fikri va obro’si kuchining tan olinishi, iqtisodiy majburlashning yo’qligi va boshqa ko’pgina tomoyillar yo’qolib ketdi.
Jahonda eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri 3-ming yillik boshida Mesopotamiya va Misrda, birmuncha keyinroq Gang daryosi vodiysida va Old Osiyoda, Egey dengizi havzasida va Xuanxe daryo vohasida vujudga kelgan va rivoj topgan.
Qadimgi Sharqda davlatlarning yuzaga kelishi jarayoni juda murakkab kechdi va bir necha yuz yilliklarni o’z ichiga olgan uzoq davrga cho’zildi. Chunki, bu yerda urug’chilik tuzumi qoldiqlari va uning organlari tezda o’z o’rnini yangi jamiyatga bo’shatib bermadi.
O’rta Yer dengizi havzasidagi qadimgi Gretsiya va Rimda shahar davlatlaripolislarning yuzaga kelishi va rivojlanishlari uchun butunlay boshqacha qulay sharoit bo’lgan. Bu yerda polislar demokratik (qadimgi Afinada) yoki aristokratik (qadimgi Rimda) xarakterga ega bo’lishganlar va o’zlarida mulkning shaklini aks ettirganlar. Lekin, antik dunyodagi xo’jalikni rivojlantirish ehtiyoji, iqtisodiy aloqalar takomillashuvi asta-sekinlik bilan davlatlarning yiriklashuvini taqozo etgan. Bu hududda Etoliy, Axey va boshqa shahar – davlatlari ittifoqi bilan birga yirik Ptolemeylar Misri va Salavkiy davlatlarining yuzaga kelishi, nihoyat O’rta Yer dengizi havzasida yagona Rim imperiyasining paydo bo’lishi yuqoridagi fikrimizning isbotidir. Ellin davlatlarida sharqiy harbiy-ma’muriy despotik imperiyalar belgilari o’z-o’zini boshqaruvchi shahar-davlatlari sistemasi bilan qo’shilib ketgan deyish mumkin.
Davlatchilik munosabatlari rivojlanishi va shakllarining ortishi natijasida davlat apparati ham murakkablashib bordi. Soliq tizimi yuzaga keldi, kemasozlik barpo bo’ldi, doimiy armiya tashkil etildi va b. Endi ilgarigi shahar-davlatlari apparatiga xos senat, magistratura, komisiya va boshqalar o’rnida Rim respublikadan imperiya tartibotiga o’tdi.
Oliy hukmdor monarx bo’lib qoldi va uning atrofiga asta-sekinlik bilan yirik yer egalari, shaharning boy kishilari to’plana bordi. Demak, jamiyat takomilllashmoqda edi. Davlatning yiriklashib, hayotda muammolar ko’payib borishi bilan boshqaruvni takomillashtirish ehtiyoji kelib chiqqan. Mukammal, doimo harakatda bo’lgan hujjatlar ishlab chiqish davr talabi bo’lib qolgan. Bu hujjatlar davlat qonunlari darajasiga ko’tarilgan. qonun esa huquq ma’nosida davlat hokimiyati oliy organining tartibga solingan qarorlari bo’lib, bularni barcha fuqarolar, tashkilotlar, uyushmalar va idoralar bajarishga majbur bo’lganlar.
Bobilda miloddan avvalgi 1760 yilda podshoh Xammurapi qonunlar majmuasini qabul qilgan edi. U tarixda Xammurapi qonunlari deb ataladi. Qadimgi Rimda XP qonunlar kodeksi, Arab xalifaligida islom dini shariat qonunlari qabul qilingan. Hattoki, Chingizxon tomonidan tuzilgan deyarlik ko’chmanchilar davlatida ham «Yaso» nomi bilan qonunlar majmuasi bo’lgan. «Temur tuzuklari» dagi «qonun hukmron bo’lgan joyda erkinlik bo’ladi», «Kuch adolatdadir» degan qoidalarni alohida eslashimiz zarur.
Shimoliy Amerika mustaqilikka erishgach 1776 yilda «Mustaqillik deklarasiyasini»ni, Fransiya esa 1789 yilda «Inson va fuqoro huquqlari Deklarasiyasi»ni qabul qilgan edi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning 1990 yil 20 iyunida bo’lgan ikkinchi sessiyasida qabul qilingan «Mustaqillik Deklarasiyasi», 1991 yil 28-31 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari» to’g’risidagi qonun, 1992 yil 8 dekabrdan hayotimizga joriy etilgan O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi (Asosiy qonuni) davlatimizning asosiy poydevori bo’lib qoldi.
Ishonchli tadqiqotlarda bizning qadimgi davlatlarimizning Xitoy, Hindiston, Eron davlatlari bilan tengdosh bo’lganligi e’tirof etilmoqda. Bu fikrimizni olimlarimizning o’sha davr ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini, ya’ni yirik sug’orish inshootlari qurilishini, o’troq joylashuvi o’lkalari bo’lgan viloyatlarning yuzaga kelishini, Markaziy Osiyoning janubida mustahkam devorlar bilan o’ralgan, ichida hokimlarning qarorgohlari, mudofaa burjalari mavjud bo’lgan qal’alar, ko’hna shaharlar va uy-qo’rg’onlar barpo etilishini, chorvachilik va hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidan iborat bo’lgan mehnatning dastlabki taqsimotlarini, pul muomalasining yuzaga kela boshlanganligini tahlil qilishliklari, rimlik, yunonlik, xitoylik, eronlik va boshqa mualliflar qoldirgan ma’naviy ma’lumotlar, mahalliy yozma manbalar («Avesto» kitobi, Beruniyning «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari va b.) to’laligicha tasdiqlaydi.
Qoraxoniylar davlatini El-yurt va viloyatlarga bo’lib idora qilar edilar. El-yurt hokimlari “ilokxon”, viloyat noiblari esa “takin” dеb yuritilardi. Ilokxonlar o’z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va viloyatlar mustaqilligi uchun intilar edilar. Movarounnahr ilokxoni Qoraxoniy ilokxonlari orasida katta obro’ga ega edilar. U odatda Saqarg’anda taxtda o’tirardi. Viloyat boshqaruv ma'muriyatida Somoniylar davridagidеk vazirlar, soxibbaridlar, mustavfiylar xizmat qilardilar. Shaharlar esa shahar hokimi, raisi va muxtasiblari tomonidan boshqarilardi. Qoraxoniylar mamlakatda o’z hukmronligini mustahkamlab olishda musulmon ruxoniylari bilan yaqin va do’stona munosabatlar o’rnatadilar. Bu davrda imomlar sayidlar shayxlar va sadrlarga e'tibor kuchaydi.
Ma'muriy idoralar ikkiga bo’lingan dargoh va dеvonga Biroq boshqaruv usuli somoniylar davlati boshqaruvidan ancha Farg’ qilgan Qoraxoniylar markaziy boshqaruv tizimidan ko’ra ko’proq hududiy boshqaruv tizimini afzal ko’rganlar. Buning asosiy sababi xonlikning hududi nixoyatda katta edi. Mahalliy yirik еr egalari qoraxoniylarning bunday boshqaruv uslubidan foydalanib o’z еrlarining xaqiqiy hukumdori bo’lib olmokchi edilar. Biroq yaqmo chigillarning boshlig’lari maxalliy zodagonlarni quvqin qila boshladi. Buning oqibatida kеksa boy qatlam vakillari o’z ekinzorlari uy joylari mulklari va boyliklaridan mahrum bo’ldi.

Yüklə 50,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə