Qozog’iston


Qozogʻiston davlatining iqtisodiyoti



Yüklə 32,56 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü32,56 Kb.
#133398
1   2   3   4   5   6
Qozog\'iston Karimova Sayyora

Qozogʻiston davlatining iqtisodiyoti mutlaq va aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaIM koʻrsatkichlari boʻyicha Markaziy Osiyoda eng yirik mamlakat hisoblanadi. Qozogʻiston Sobiq Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin, mustaqil respublika boʻlganidan beri 2021-yilda 370 milliard AQSh dollaridan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qildi[20].

  • Qozogʻiston davlatining iqtisodiyoti mutlaq va aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaIM koʻrsatkichlari boʻyicha Markaziy Osiyoda eng yirik mamlakat hisoblanadi. Qozogʻiston Sobiq Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin, mustaqil respublika boʻlganidan beri 2021-yilda 370 milliard AQSh dollaridan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qildi[20].
  • U neft zahiralariga, shuningdek, minerallar va metallarga boy boʻlgan davlat. Chorvachilik va gʻalla yetishtirishga ixtisoslashtirilgan, keng dasht yerlari bilan ham qishloq xoʻjaligida katta salohiyatiga ega. Qozogʻiston janubidagi togʻlar olma va yongʻoq mahsulotlari uchun muhim ahamiyatga ega; u yerda ikkala tur mahsulot yovvoyi holda oʻsadi. Qozogʻistonning sanoat sektori ushbu tabiiy resurslarni qazib olish va qayta ishlashga tayanadi. 
  • Sovet Ittifoqining parchalanib ketishi va Qozogʻistonning anʼanaviy ogʻir sanoat mahsulotlariga boʻlgan talabning tushib ketishi 1991-yildan beri iqtisodiyotning keskin pasayishiga olib keldi, eng keskin yillik pasayish 1994-yilda sodir boʻlgan. 1995-1997 yillarda iqtisodiy islohot va xususiylashtirish boʻyicha davlat dasturining oʻsish sur'ati tezlashdi, buning natijasida davlat aktivlari xususiy sektorga sezilarli darajada oʻtdi. Qozogʻistonga 2000-yil va 2002-yillarda Yevropa Ittifoqi va AQSh davlatlari tomonidan „bozor iqtisodiyoti mamlakati“ maqomi berilgan[21].

Iqtisodiy oʻsish tendensiyalari

  • Qozogʻistonning yalpi ichki mahsulotining real oʻsishi 2014-yilda 4,3 foizni tashkil etishi pragnoz qilingan, 2014-yilda Qozogʻiston iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi iste’mol sektori hisoblanadi. Hozirda Qozogʻistonda isteʼmol asosan chakana kreditlash hisobiga koʻpaymoqda[37].
  • Qozogʻiston Respublikasi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2014-yilning birinchi choragida mamlakat yalpi ichki mahsulotining oʻsish hajmi 3,8 foizni tashkil etdi[38].
  • 2014-yil fevral oyida mamlakat oʻz valyutasini 19 foizga devalvatsiya qildi[39]. Mamlakatda 2014-yildan beri iqtisodiy oʻsish sekinlashdi, bu neft narxining tushishi va 2014-yilgi Rossiya-Ukraina urushining oqibatlari tufayli yuzaga keldi[24].
  • Qozogʻiston hukumati 2014-yil 1-mayda XTTB, XMK, MIGA lar bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi doiraviy bitimni imzoladi; ushbu bitimga koʻra, Jahon banki Qozogʻistonga iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va barqaror rivojlanishga erishish uchun 2,5 trillion AQSH dollari ajratadi[40].
  • Jahon banki hisoboti shuni koʻrsatadiki, Qozogʻiston 2015-yil holatiga koʻra, yalpi ichki mahsuloti 170 trillion AQSh dollari boʻlgan, oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori daromadli mamlakat darajasiga yetgan[41].
  • Yana 22% devalvatsiya 2015-yilning avgustida roʻy bergan[42].
  • 2015-yilda Qozogʻistonning qishloq xoʻjaligi sanoatida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 30 foizga, neft mahsulotlari sektorida esa 80 foizga oshdi[43].

Yüklə 32,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə