Qozon qurilmalari


Javob: o' 1,2 11-masala



Yüklə 16 Mb.
səhifə49/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121
kurs ishi

Javob: o' 1,2
11-masala. Ishchi massasining tarkibi: Сi = 48,5%; Нi= 3,6%;
Si = 6,1% Ni=0,8%; Оi=4,0% ва АС=33,0%; Wi=6,0% bo'lgan yoqilg'ining yonuvchi massasi tarkibi aniqlansin.
Javob: Сyo=77%; Нyo = 55,7% va hakozo
12-masala. Yonuvchi massasining tarkibi: Сo'=78%; Нo' = 5,6%; Сo'=0,4%; No'=2,5%; Оo'=13,0%; АС=15,0% Wi= 12,0%, bo'lgan ko'mirning ishchi massalari bo'yicha tarkibi aniqlansin.
Javob: Аi=13,2%; Сi=58,7% va hokazo
IV- BOB. QOZONLARDA YOQILG'INI YONDIRISH UCHUN MOSLAMALAR

4.1. Yondirgichlar (gorelkalar). Changli yondirgichlar


Tayanch iboralar: o’txona, uyurma , aerochang, sochgich, kurak,
chig’anoqli yondirgich, turbulizatsiya
Yoqilg'i changining kerak bo'lgan yonish jadalligi uchun yoqilg'i aralashmasini tayyorlash yondirgich qurilmasida erishiladi va u yondirgich deb ataladi. 70-1300 C haroratda maydalash jarayonidan va quritishdan so'ng olingan yoqilg'i changi birlamchi havo oqimi orqali yoqilg'i kamerasiga puflanadi;
250-4200C haroratda bu erga yondirgich orqali ikkilamchi havo kelib tushadi. Demak, yondirgichlar o'txonaga 2 xil oqimni uzatadi – changhavoli aralashma va ikkilamchi havo. Yoqilg'i aralashmasining hosil bo'lishi, o'txona kamerasida tugatiladi.
Yondirgichlar yonish qurilmasining asosiy elementi hisoblanadi, aralashmaning hosil bo'lishi uning o'txonada joylashuviga bog'liqdir, o't olish jadalligini aerodinamik yonish kamerasi aniqlaydi, tezlik va to'liq yonish, issiqlik quvvatini va o'txonaga o'z samarasini beradi.
Changli yondirgichlar
Changli yondirgichlar uyurmalangan va to'g'ri oqimli bo'ladi. Chang holatidagi yoqilg'ini va tabiiy gazni yondirishda chang-gazli aralashma yondirgichlar qo'llaniladi. Aralashma yondirgichlar uch xil yoqilg'ini yondirishda ishlatiladi (qattiq, gaz, mazut). Uyurmalangan yondirgichlar orqali chang havo aralashmasi va ikkilamchi havo uyurmaviy oqim ko'rinishida beriladi va o'txona hajmida konussimon yoyilgan alanga hosil bo'ladi (4.1-rasmga qarang). Bu xildagi yondirgichlar aylana kesimida bajariladi.

  • To'g'ri oqimli yondirgichlar ko'pincha o'txona parallel oqim aerochangini va ikkilamchi havoni uzatadi. Birinchi navbatda aralashgan oqimning o'txona devorida yondirgichlarning o'zaro joylashishi va zarur bo'lgan o'txona hajmida aerodinamik oqimni hosil qiladi. Bu yondirgichlar kesimda ikki xil bo'lishi mumkin: aylana va to'g'riburchakli.

  • Uyurmalangan yondirgichlar quyidagi turlarga bo'linadi:

  • ikkichig'anoqli uyurmaviy aerochanglar va chig'anoqli apparatda ikkilamchi havo aylantiriladi (4.1.a-rasm);

  • to'g'ri oqimli – chig'anoqli, to'g'ri oqimli kanalga aerochang tushib, sochgich tomonga uzatiladi, chig'anoqli apparatda esa ikkilamchi havo aylanadi (4.1.b-rasm);

  • chig'anoq-kurakli-aerochang oqimini chig'anoq aylantiradi, ikkilamchi havoni esa aksial aylantirgich yordamida (4.1.c-rasm).

  • ikki kurakli – ikkilamchi havo va aerochang aksial va tangensial kuraklar yordamida aylantiradi (4.1.d-rasm).



Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə