Qozon qurilmalari



Yüklə 16 Mb.
səhifə50/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121
kurs ishi

4.1-rasm. Uyurmali yondirgichlar turlari:
a – ikki chig'anoqli uyurmali yondirgich; b – to'g'ri oqimli chig'anoqli yondirgich; s – chig'anoqli kurakli yondirgich; d – ikki kurakli yondirgich; 1 – chang-havo aralashma chig'anog'i; 1’ – chang-havo aralashma kirish patrubkasi; 2 – ikkilamchi havo chig'anog'i; 2’ – ikkilamchi havoning kirish qutisi; 3 – changhavo aralashmani o'txonaga uzatish kanali; 4 – shu ham ikkilamchi havo uchun; 5 – asosiy mazut forsunkasi; 5’ – mazut forsunkasi; 6 – chang-havo aralashmani chiqishida kesib tarqatuvchi; 7 – ikkilamchi havo kurakli aylantiruvchi; 8 – markaziy havo uchlamchi uzatish kanali; 9 – kesib tarqatuvchi holini rostlash; 10 – havo oqimini aylantiruvchi; 11 – o'txona qoplamasi; P – o'txonadagi gazlarni alanga tomiriga so'rish.
Uyurmalangan yondirgichlar ishlab chiqarish samaradorligi 1 dan 3,8 kg gacha shartli yoqilg'ilari, 25 dan 1000 MVt gacha bo'lgan issiqlik quvvatini aniqlaydi. Ko'p tarqalgan bu ikki chig'anoqli va chig'anoqli-kurakchali yondirgichlar, katta issiqlik quvvati uchun ishlatiladi (75-1000 MVt).
Uyurmalangan yondirgichlar o'zining kuchli ejeksiyasi issiq o'txona gazining changhavo aralashmasiga kelib tushishi bilan ajralib turadi, buning natijasida tez qizib, alangalanish haroratigacha olib keladi (4.2-rasm)

4.2-rasm. Uyurmali yondirgichdan chiqishda aralashma hosil bo'lishi: I-chang-havo aralashmasi; II-ikkilamchi havo
Chang-havoli aralashma va ikkilamchi havo yondirgichdan chiqishda ikkita tarqalgan kesilgan konusni hosil qilib, ikki qismida qo'shimcha ravishda so'rilish zonasida yuqori haroratli gazning yonish yadrosida hosil bo'ladi. Bu jarayonga o'txonadagi qancha ko'p issiq gazlar kiritilsa, shuncha gaz o't olib, yoqilg'i yonadi.
To'g'ri oqimli yondirgichlar. Oqimni ancha past turbulizasiya bo'lishi munosabati bilan to'g'ri oqimli yondirgichlar, kichik kengayish burchakli birlamchi va ikkilamchi oqimlarni bo'sh aralashtiruvchi uzoq masofali yo'naltirilgan oqimni hosil qiladi. Shuning uchun yoqilg'ini muvaffaqiyatli yoqishda, o'zaro harakatlanishning oqishi har xil yondirgichlarning o'txona kamerasida erishiladi. Ular qo'zg'almas yoki ishlashi burama bo'lib kamerada o'rnatilishi mumkin va o'txonaning rejimini sozlash ishlarini osonlashtiradi (4.3.a-rasm).

4.3-rasm. To'g'ri oqimli chang-ko'mir yondirgichlari:
a – chang chiqishida aylanadigan o'rnatma; b – issiq havoning markaziy kanali bilan; 1 – chang-havo aralashmani keltirish; 2 – issiq havo keltirish; 3 – changhavo aralashma chiqishi; 4 – issiq havo chiqishi; 5 – o'txonadagi gazlar oqimga
so'rilishi.
To'g'ri burchakli yondirgich turi, balandligi bo'yicha tepaga cho'zilgan. U o'zining yuqori ejeksiyasi yordamida atrof gaz muhitning yon tomonlama oqish xususiyatiga ega. Shuning uchun bu turdagi yondirgichlar tashqi aerochangni uzatishda (14.b-rasm) ichki changni uzatishda yondirgichdan oldin alanga olishni hosil qiladi. To'g'ri oqimli yondirgichlar nisbiy unumdorligi katta bo'lmagani uchun, katta quvvatli bug' qozonlarda bloklar sifatida ishlatiladi (4.4-rasm).

4.4-rasm. Ikkita to'g'ri oqimli yondirgichdan iborat blok: 1-chang-havo aralashmasi; 2-ikkilamchi havo
To'g'ri oqimli yondirgichlarda yondirish uchun asosan yuqori reaksion yoqilg'ilar ishlatiladi: qo'ng'ir ko'mirlar, torf, slanes va yuqori (reaksion) uchuvchan moddali tosh ko'mirlardir. Yondirgichdan chiqishda chang-havo aralashmasining tezligi quyidagicha: 1=2028 m/s, ikkilamchi havoning optimal tezligi 2=(1.51.7)1.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə