Qozon qurilmalari


Bug'-mexanik forsunkalar va rotasion forsunkalar



Yüklə 16 Mb.
səhifə53/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   121
kurs ishi

Bug'-mexanik forsunkalar va rotasion forsunkalar.
Bug' qozonida yuklama kichik bo'lganda mexanik forsunka bug'-mexanik rejimida ishlatiladi. Buning natijasida yoqilg'i purkash sifatini pasaytirmasdan rostlash diapazonini 100-20% oraliqda bo'lishi amalga oshiriladi.
Bug'-mexanik forsunkalar (4.8-rasm) ikkita kanalni o'z ichiga oladi, mazut va bug' ikki kanal orqali forsunka bosh qismiga tushadi (0,4-0,9 MPa bosimida). Bu erda markazdan qochirma uyurmalangan kamera o'rniga konus-sochgich aksial apparat ishlatiladi. Bug' oqimi katta tezlikda purkalgan mazut oqimi o'zining energiyasi hisobiga mazut tomchilarini parchalashda qo'llaniladi. Bug' sarflari mazut sarflari purkalishining 10% dan oshmasligi kerak. Bundan tashqari uncha ko'p miqdorda bo'lmagan bug'lar, alangalanish yadrosiga kelib tushib, faol markaz reaksiyasi hisobiga yonish reaksiyasini faollashtiriladi. Bug'-mexanik forsunkalar unumdorligi mazut bo'yicha 5-7 m/soatni tashkil etadi. Ular katta quvvatli bug' qozonlarida chuqur diapazonda rostlash uchun ishlatiladi.
Bug' forsunkalarda yuqori samaradorligi katta tezlikka ega bo'lgan (1000m/s gacha) bug' oqimi mazutni o'zi bilan birga oqizib ketishi hisobiga erishiladi.
Bug'li forsunkaning afzalligi bu forsunkalarning oddiyligi hamda mazutni qizitish harorati (800 C – gacha) uncha yuqori bo'lmagan haroratga yuqori sifatda purkalishidan iboratdir. Lekin, bug' forsunkalar kam ishlatilib, ular asosan yoqilg'idan oldin qattiq yoqilg'i yoqadigan elektr stansiyalarda qo'llaniladi. Uzoq muddat ishlaganda katta bug' sarflari bo'lgani uchun ular tejamli emas (mazut sarfidan 40-60%).
Rotasion forsunkalar.
KVGM turkumli suv isitgich qozonlarida mazutni yoqish uchun rotasion forsunkalar ishlatiladi. Forsunkalar o'rtacha quvvatli elektrodvigatel bilan ta'minlangan bo'lib, purkalish konusini juda katta chastota bilan aylantirib beradi. Mazut ortiqcha purkash uchiga bosim bilan uzatiladi va tez aylanuvchi konus sirtini ichki tomoniga kiritiladi. Bu erdan markazdan qochirma kuch hisobiga mazut konus sirti bo'ylab yupqa qatlam va mayda zarrachalar ko'rinishida o'txonaga uzatiladi. Alanga yadrosidan tarqalgan issiqlik hisobiga konus sirti bo'ylab harakatlanuvchi mazut qatlami qisqa vaqt ichida intensiv qizdirishi mumkin.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə