Qozon qurilmalari



Yüklə 16 Mb.
səhifə54/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   121
kurs ishi

Nazorat savollari
1.Forsunkalar nima uchun ishlatiladi?
2.Rotasion forsunkaning ishlash prinsipini so'zlab bering.
3.Mexanik forsunkaning ishlash prinsipini so'zlab bering
4.Bug'-mexanik forsunkalar qanday ishlaydi?
5.Rotasion forsunkalar qanday ishlaydi?

4.5. Qozon qurilmasining yordamchi uskunalari. Tortish – puflash qurilmalari


Tayanch iboralar: tortish , puflash, shlak, mo‘ri
Qozon agregatini bir me’yorda ishlashini ta’minlash maqsadida yoqilg‘i yonishi uchun zarur bo‘lgan havoni uzluksiz uzatib turish va yonish mahsulotlarini muttasil chiqarib turish kerak. O‘txonaga, chang tayyorlash tizimiga va qozon agregatining boshqa qismlariga havo va gaz berish uchun ishlatiladigan ventilyatorlarning barcha turlari puflash qurilmalari jumlasiga kiradi. Qozon agregatlarining rostlash surma klapanlari bor gaz yo‘llari, tutun mo‘risi va sun’iy ravishda tortadigan tutun tortgichlar tortish qurilmalari hisoblanadi. Tabiiy tortish mo‘ridagi qizigan tutun gazlarining zichligi sovuq atmosfera havosining zichligidan farq qilinishiga asoslangan. Qozon qurilmasini bir tomoni qizigan gaz, ikkinchi tomoni esa sovuq havo bilan to‘lgan tutash idish sifatida qarash mumkin (4.9-rasm). Mo‘ri hosil qilayotgan maksimal tortish, bosim yo‘qotishlaridan 20 % katta bo‘lishi kerak.

4.9-rasm. Tabiiy toritish mo‘risining ishlash
sxemasi
Ma’lumki, gazlarning gaz yo‘llari bo‘ylab harakatida ishqalanish va mahalliy qarshiliklar natijasida bosim yo‘qotishlari sodir bo‘ladi. Qozon agregatining bosim yo‘qotishlari aerodinamik qoidalar bo‘yicha aniqlanadi. Tutun mo‘rilari g‘ishtli, temir-betonli va po‘latli bo‘ladi. 80 metr balandlikkacha, asosan g‘ishtli mo‘rilar keng qo‘llaniladi, chunki ular arzon va betonli mo‘rilarga nisbatan temperatura o‘zgarishlariga chidamliroq va po‘latli mo‘rilarga qaraganda oltingugurt gazlari zararli ta’sir etmaydi. Mo‘ri balandligi sanitariya texnikasi talablariga javob berishi kerak ya’ni tutun gazlari atmosferada ma’lum bir radiusda tarqalishi lozim. Tabiiy tortishni vujudga keltirish uchun mo‘ri balandligini uzaytirish yoki chiqib ketayotgan gazlar temperaturasini ko‘tarish lozim.
Lekin mo‘ri balandligi uning narxi va mustaxkamligi bilan, gazlarning temperaturasi esa qozon qurilmasining eng maqbul F.I.K. bilan chegaralangan. Shuning uchun hozirgi zamonaviy qozon qurilmalarida sun’iy tortish vujudga keltirilgan. Tutun mo‘risi oldiga tutun tortgich (tortish ventilyatori) o‘rnatiladi, u qozon agregatlari qizigan gazlarini so‘rib olib, mo‘ri orqali atmosferaga chiqarib yuboradi.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə