Qozon qurilmalari


Yoqilg'ilarni yonish mahsulotlarining zararli qo'shimchalarini kelib chiqishiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin



Yüklə 16 Mb.
səhifə109/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   121
kurs ishi

Yoqilg'ilarni yonish mahsulotlarining zararli qo'shimchalarini kelib chiqishiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:
Birinchi guruh. Yoqilg'i tarkibi asosida etarlicha aniqlik bilan aniqlanadigan va uning yoqish texnologiyasiga kam bog'langan, yoqilg'ilarning yonish mahsulotlari zararli qo'shimchalardan iborat. Bu guruhga oltingugurt (IV) oksidi, uchuvchan kul, vannadiy birikmalari hamda yoqilg'i yonishida kul tarkibiga o'tib ketgan boshqa qo'shimchalarni kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh. Faqat yoqilg'i tarkibi asosida emas, balki ko'pincha keng miqyosda texnologiyaga va yoqilg'ini yoqish tarkibiga ko'ra, ya'ni quyidagi omillarga: bug' generatorining quvvatiga, yoqilg'ini yoqishga tayyorlash usuliga, o'txona qurilmasining konstruksiyasiga, ortiqcha havo va boshqalar bilan yonish mahsulotlarida hosil bo'lgan zararli qushimchalarga bog'liq bo'ladi. Bu guruhga azot oksidlari, uglerod (II) oksidi СО va yoqilg'ilarning chala yonishidan hosil bo'lgan boshqa mahsulotlari: vodorod sulfid Н2S va konserogen moddalarni kiritish mumkin. Bu moddalarni atmosferaga tashlanishi yuqorida keltirilgan omillarga qarab keng oraliqda o'zgarishi mumkin va shuning uchun tajriba ma'lumotlarini jalb qilmasdan turib hisoblash yo'li bilan aniqlash mumkin emas.
Uchinchi guruh. Yoqilg'i yonishidan emas, balki boshqa sabablarga ko'ra, masalan: ko'mir omborxonalarining va kul tashlash joylari to'zg'ishidan; temir yo'l sisternalaridan mazutni oqizish tizimlaridan uglevodorod bug'larini ajralib chiqishidan; chang tayyorlash tizimlarida ko'mir kukunining mayin fraksiyalaridan ko'mir changlarining ajralib chiqishidan va boshqalardan zararli moddalarni miqdoridan ancha kam, ularni hisoblash qiyin va shuning uchun keyinchalik bularni inobatga ham olmasa bo'ladi.
Tutun gazlarida uchraydigan turli xil qo'shimchalarni ziyonlilik ta'sirini yig'ish va solishtirishga imkon beradigan alohida ko'rsatkichlarni aniqlashda quyidagi fikrlardan foydalanish mumkin: ziyonlilik yig'indisini tavsiflaydigan ko'rsatkichni hisoblashda miqdoriy nisbatda shartli yoqilg'ilarga keltirish lozim, ularni zaharliligini esa ushbu qo'shimchani eng yuqori ruxsat etilgan konsentrasiyasini REMni kulning eng yuqori ruxsat etilgan konsentrasiyasiga REMga nisbatan ifodalanadi.
Shunday qilib, ziyonlilik yig'indisini tavsiflaydigan ko'rsatkich qancha yuqori bo'lsa, atrof–muhitni himoyalashga solishtirma sarflar shuncha yuqori bo'ladi. Bularning hammasini issiqlik elektr stansiyalarini loyihalashda, ishga tushirishda, uning quvvatini oshirishda hamda kengaytirishda inobatga olish zarur bo'ladi.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə