Qozon qurilmalari


-rasm. O'txona gazlarini oltingugurt oksidlaridan tozalash chizmasi



Yüklə 16 Mb.
səhifə105/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121
kurs ishi

8.2-rasm. O'txona gazlarini oltingugurt oksidlaridan tozalash chizmasi (ohakli usul): 1- skrubber; 2- filtr; 3- tindirgich; 4- aerator; 5- shlamli nasos; 6- havo puflagichi; 7- tozalaydigan gazni kiritish; 8- oltingugurt oksidlaridan tozalangan va sovutilgan gazning chiqishi; 9- ariq suvi; 10- ohakli suv; 11- marganes sulfatni qo'shish; 12- shlamni tashlab yuborish; 13- tozalangan suvni oqizib tashlash.
Oltingugurt oksidlaridan tozalashning qator usullari ishlab chiqilgan, ulardan hosil bo'lgan mahsulotlar sotuvga tayyor sulfat kislotani ishlab chiqarishda foydalaniladi, reagentlardan esa qayta foydalaniladi. Bu kabi usullarga sulfitli, ammiak-siklli, magnezitli usullar kiradi. Oltingugurt oksidlaridan tozalash usulini asosan texnik-iqtisodiy hisoblari nuqtai nazarda tanlanadi. Bir narsani inobatga olish lozimki, oltingugurtni tozalashning hamma taklif qilingan usullarini qo'llanishi, IESlarni qurishdagi kapital sarflarni va ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning narxini keskin oshirib yuboradi.
Agarda oltingugurt oksidlarining hosil qilinishi dastlabki yoqilg'ida oltingugurt miqdori bilan belgilansa, azot oksidlarining hosil qilinishi esa har qanday yoqilg'ini yoqishda o'txonaga berilayotgan havo tarkibidagi azotning oksidlanishi hisobiga amalga oshiriladi. O'txona gazlarida azot oksidlarining ko'p miqdorda hosil bo'lishi yuqori quvvatli bug' qozonlarining yonish yadrosidagi yuqori haroratlarda sodir bo'ladi. Azot oksidlarining hosil qilinishiga o'txonaga berilayotgan ortiqcha havodagi kislorodning miqdori ham
katta ta'sir etadi.
Azot oksidlarining qisman hosil qilinishini kamaytirish bu, yonish zonasida eng past haroratda va ortiqcha havoning kamligida yoqish jarayonini tashkil qilinishi bilan erishish mumkin bo'ladi. Qozon o'txonalarida azot oksidlarining hosil qilinishini kamaytirishni asosiy usullari quyidagilardan iborat:
1.O'txonada ortiqcha havoning eng kam miqdorigacha yoqilg'ining to'liq yonish sharoitiga ko'ra kamaytirilishi.
2.O'txonaga berilayotgan havoning haroratini va uni samarali yoqish sharoitiga ko'ra, eng past chegarasigacha tushirish.
3.O'txonada tutun gazlarini qayta aylanishini ta'minlashda (8.3a-rasm) harorat darajasi va yonish zonasida kislorodning miqdori kamayadi. Yondirish qurilmalariga bevosita tutun gazlarini kiritishda azot oksidlarini eng samarali pasayishi kuzatiladi.
4.Ikki bosqichli yonishni qo'llanishi (8.3b-rasm), pastki yondirgichlarga havo etarli miqdorda bo'lmaganida yoqilg'i beriladi, yuqori yondirgichlarga esa yoqilg'ini oxirigacha yoqish uchun boyitilmagan aralashma yoki sof havo beriladi, bunda o'txonada gazlarning eng yuqori harorati va azot oksidlarining miqdori kamayadi.
5.O'txona kamerasida issiqlik kuchlanishini pasayishi.
6.Ikki nurli ekranlarni qo'llab o'txonaning ekranlash darajasini oshirish.
7.Tuzilishiga ko'ra maxsus yondirgich qurilmalarni o'rnatish, ular azot oksidlarini kam chiqishini ta'minlashiga imkon beradi.
8.Past haroratda darajali granulalab shlakni xalos etadigan o'txonalarni (suyuq shlakni xalos etadigan va siklonli o'txonalarning o'rniga) qo'llash.
9.Mash'ala hosil qilishning boshlang'ich bosqichida (gazlashtirish zonasida) suvni oz miqdorda puflab kiritish.


Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə