Qozon qurilmalari



Yüklə 16 Mb.
səhifə104/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   121
kurs ishi

РЭМSO2 РЭМNO2
Qattiq zarrachali tashlamalar uchun qo'shish ifodasi quyidagicha bo'ladi:
ki= CКЛ CV2O5  1, (8.6)
РЭМКл РЭМл РЭМV2O5
bunda kl., vak., kul va qorakuyali zarrachalarni tashlamalarda aniqlaydi. Bu esa mumkin bo'ladigan zararli moddalarni yalpi tashlamalariga talabini kuchaytiradi.
Quyoshning ultra binafsha nurlanishining ta'sirida NO2 parchalanadi. Atmosferali yog'ingarchiliklar doimo erga yaqin qatlamdan hosil bo'layotgan NO2, SO2, kislota bug'larini va havoda qolgan mayda kul zarrachalarni xalos etadi, shuning uchun erkin atmosferada ularni sezilarli to'planishi kuzatilmaydi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.IES tashlamalari tarkibini so'zlab bering.
2.IES tashlamalari atrof-muhitga qanday ta'sir etadi?
3.Oltingugurt oksidini kamaytirish usullari qanday?
4.Azot oksidlarini hosil qilinishini kamaytirish usullari nimalardan iborat?
5.IESlarda oqava suvlarning qanday turlari mavjud?
8.3. Atmosferaga zararli tashlamalarni tashlanishini kamaytirilishi va
ularni tarqalishi
Tayanch iboralar: oltingugurt oksidi , azot oksidi, oqova suv, konsentrat, suv baki
Organik yoqilg'ilarning tarkibidagi eng zaharli elementlardan biri va atrof– muhitga etarlicha zararli ta'sir etadigan element – bu oltingugurtdir. Oltingugurtning yoqilg'ilardagi miqdori turlicha bo'ladi. Bu yoqilg'ilarning turiga, olish usuliga, qayta ishlanishiga va boshqa omillarga bog'liq bo'ladi.
Atmosferaga tashlanayotgan oltingugurt birikmalar miqdorini kamaytirishning asosiy usullariga kam oltingugurtli mazutni olish maqsadida, neftni qayta ishlash korxonalarida, neftli yoqilg'ining oltingugurtdan tozalash, IESning o'zida suyuq va qattiq yoqilg'ilarning chuqur ishlanishida gaz yoqilg'ilarni olish va keyin ularni oltingugurt birikmalaridan tozalash, bug' qozonlaridan tutun gazlarini oltingugurt birikmalaridan tozalash kiradi.
Neftni qayta ishlash korxonalarida neftni haydashda engil fraksiyalarga oltingugurtning uncha asosiy bo'lmagan miqdori o'tadi, uning ko'p qismi esa (oltingugurt birikmalarining 70-90%) yuqori qaynaydigan fraksiyalarda va mazutning tarkibiga kiruvchi qoldiq mahsulotlarda to'planadi.
Neftli yoqilg'ilardan oltingugurtning xalos etilishi neftni qayta ishlash korxonalarida gidro tozalash usuli yordamida amalga oshirish mumkin. Bu jarayonda vodorod organik birikmalardagi oltingugurt bilan birikib vodorod sulfid Н2S ni hosil qiladi va ushlab qolinadi, oltingugurt va uning birikmalarini olishda undan foydalanish mumkin bo'ladi. Bu jarayon 300-4000S haroratda, 10 MPa gacha bosimda, molibden, kobalt va nikel oksidlari katalizator sifatida amalga oshiriladi. Hozirgi paytda distillyatli fraksiyalarni gidro tozalash usuli etarlicha o'rganilgan va iqtisoiy jihatdan samaralidir. Yoqilayotgan yoqilg'ida oltingugurt miqdorini kamaytirishni IESni o'zida amalga oshirish mumkin, buning uchun u bug' qozonga yuborilishidan avval yuqori haroratda oksidlanuvchi ishtirokida (gazlashtirish) yoki usiz (piroliz) ishlov beriladi.
Gazlashtirish jarayoni yuqori harorat sharoitida (900-13000C) kislorod chegaralanganda amalga oshiriladi. Yonish natijasida gaz hosil bo'ladi, uning yonuvchi elementlariga metan va uning birikmalari, uglerod oksid va vodorod kiradi. Bunda yoqilg'ining oltingugurtidan vodorod sulfid Н2S hosil bo'ladi, u SO2 ga ko'ra ancha faol modda bo'lib, bug' qozonining o'txonasiga yonuvchi gazning kirishidan avval xalos etilishi mumkin. Bug' havo puflanishida 4,5 MJ/m3 atrofida kichik yonish issiqligiga ega bo'lgan gaz olinadi, nisbatan qimmat bug' kislorodli puflanishda esa yonish issiqligini 12 MJ/m3 gacha oshirish mumkin bo'ladi.
Yoqilg'ini energotexnologik kompleksida ishlatilishida yoqilg'idan kimyoviy xom ashyo va sof energetik yoqilg'i olish maqsadida mazutning termik parchalanishi uchun yuqori haroratli pirolizdan, keyinchalik esa qattiq yoqilg'ini (neftli koksni) gazsizlantirishdan foydalaniladi. Mazutning pirolizi 700-10000C gacha oksidlanuvchi ishtirokisiz qizdirilishida amalga oshiriladi. Bunda hosil bo'lgan yonuvchi gaz oltingugurt birikmalaridan va boshqa zararli
qo'shimchalardan tozalanadi va sof energetik yoqilg'i sifatida ishlatiladi. Suyuq kondensatlangan smola mahsulotlari kimyoviy xom ashyo sifatida ishlatiladi. Hosil bo'lgan koks suv bug'lari suv gazlarini olinishi bilan gazlashtiriladi.
Oltingugurtli yoqilg'ilarni yoqish jarayonida hosil bo'lgan tutun gazlarida uncha ko'p bo'lmagan miqdorda (0,3% dan kam) oltingugurt oksidlari bor. Oz miqdorlarda SO2 dan xalos etilishi ancha qimmat turadigan tozalash qurilmalar qurish zarurligi bilan bog'liq bo'ladi: bunda belgilangan quvvatning narxi 30-40% ga, ishlab chiqarilayotgan energiyaning tannarxi esa 15-20% ga ortishi mumkin.
Oltingugurtni tozalash qurilmalari uchun eng oddiy va eng arzon material bu ohak СаО va ohaktosh СаСО3 дан фойдаланиш ҳисобланади (8.2-rasm).
Tozalanayotgan gaz skrubberda suvga qo'shilgan ohakli suv bilan yuviladi. Bu usul bilan tozalashda foydalanishga kerakli mahsulotlarni olish ko'zda tutilmaydi va olingan moddalar to'g'ridan to'g'ri tashlash joylariga yuboriladi.


Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə