Qozon qurilmalari


-masala: Bug‘ qozonidagi bug‘ning harorati 700 F ga teng. Bu haroratni 0C da ifodalang. Javob: t = 1020



Yüklə 16 Mb.
səhifə101/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   121
kurs ishi

5-masala: Bug‘ qozonidagi bug‘ning harorati 700 F ga teng. Bu haroratni 0C da ifodalang. Javob: t = 1020 0C.
VIII-BOB.QOZONNI ISHLATISH VAQTIDA ATROF-MUHITGA CHIQAYOTGAN ZARARLI QUSHIMCHALARDAN HIMOYA QILISH
8.1.Issiqlik elektr stansiyalar tashlamalari va ularni atrof – muhitga ta'siri
Tayanch iboralar: kul, qora kuya , koks, mo’ri quvuri
So'nggi paytda energetika jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda, bu rivojlanishning yaqin vaqtda ham saqlanishi kuzatiladi. Elektr energiyani dunyo miqyosida ishlab chiqarilishi hozirgi rivojlanish bosqichida o'n yil davomida ikki baravar ortdi. Demak, yoqilayotgan organik yoqilg'ining miqdori ham ikki baravar ko'p sarflanmoqda.
Issiqlik elektr stansiyalar dunyodagi qazilma yoqilg'ining 40% ga yaqinini sarflayotganligi atrof–muhitga katta ta'sir ko'rsatmoqda (8.1-rasm).

8.1-rasm. Sanoat sohalarining atmosferani ifloslantirish ulushi:
1-issiqlik elektr stansiyalari; 2-qora metallurgiya;
3-rangli metallurgiya; 4- neft kimyosi;
5-avtomobil transporti; 6-qurilish materiallari sanoati.
Elektr stansiyalardan tashlanayotgan turli moddalar biosferaga zararli ta'sir qilmoqda. Shu munosabat bilan IESlarning atrof–muhitga ta'sirini kamaytirish dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda.
IESning ta'siri atmosferaga yonish mahsulotlaridagi zararli gazlar va kulni mayda qattiq zarrachalari, kul va shlakni xalos qilinishi va ifloslangan oqava suvlar hamda atmosferaga tutun gazlar va suv havzalariga gidrokul tashlanishi tizimlaridan, turbinalarning kondensatorlaridan aylanma suv bilan suv havzalariga ifloslarni tashlanishi kuzatilmoqda. Oxirgi jarayon ko'pincha «issiqlik ifloslanishi» deb aytiladi.
Bizning davlatimizda atrof–muhitni himoyalash bo'yicha qator choratadbirlar ko'rilmoqda. Ularda, hozir yashab kelayotgan va kelajak avlodlar uchun himoyalash maqsadida va ilmga asoslangan holda, erdan va uning boyliklaridan, suv resurslaridan va hayvonot olamidan oqilona foydalanish, hamda havo va suvlarni toza saqlash, tabiiy boyliklarni qayta tiklanishini ta'minlash va inson atrofidagi muhitni yaxshilash uchun qator qarorlar qabul qilinmoqda va bu ishlar amalga oshirilmoqda.
Elektr stansiyalardan tashlanayotgan turli moddalar «biosfera» deb ataladigan tirik tabiatning butun majmuasiga zararli ta'sir qilmoqda. Biosfera er yuzasiga yaqin joylashgan atmosfera qatlamidan, erning ustki yuzasi va suv akvatoriyasidan iborat.
Masalan, IESlarning gazsimon tashlamalarida zararli moddalarga azot oksidlari NOX=NO+NO2 va oltingugurt oksidlari SOX=SO2 +SO3 hamda chang va qattiq kul zarrachalari, vannadiy (V) oksidi V2O5 kiradi. Undan tashqari, yoqilg'ining chala yonishida tutun gazlarida uglerod (II) oksid, SH4 kabi uglevodorodlar, S2H4, benz(a)piren S20H12 va qorakuya (saja) bo'lishi mumkin (8.1-jadval).

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə