Qozon qurilmalari


Yoqilg'i yonishidan hosil bo'lgan mahsulotlarining tasnifi



Yüklə 16 Mb.
səhifə102/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121
kurs ishi

Yoqilg'i yonishidan hosil bo'lgan mahsulotlarining tasnifi
8.1-jadval

Nomi

Yoqilg'i yonishidan hosil bo'lgan mahsulot

Chala

to'liq

Yoqilg'i uglerodi S
Yoqilg'i azoti N
Yoqilg'i oltingugurti S
Yoqilg'i vodorodi N
Metan SN4

СО
NO
H2S
OH
CO, C20H12

СО2
NO2
SO2, SO3
H2O
CO2, H2O

Elektr stansiyalarning oqava suvlarida erigan anorganik zaharli moddalar (kislota, ishqorlar), molekulali – erigan organik moddalar (moy qoldiqlari, suv bilan mazutning aralashishidan qolgan polimer- uglevodorod birikmalari), kolloid tizimlari, erigan gazlar, erimagan qattiq qo'shimchalar va boshqalar bo'lishi mumkin. Oqava suvlarning ko'p ifloslari suv havzalaridagi o'simlik va hayvonot dunyosi uchun zaharlidir, boshqalari esa parchalanishdan keyin suvdagi kislorodni faol yutib yuboradi, oqibatda biosferani nobud bo'lishiga asta-sekin olib kelishi mumkin. Shuning uchun IESlarning hamma oqava suvlari tozalanadi, tabiiy suv havzalariga tashlanishdan avval ularning ifloslanish darajasi nazorat qilib turiladi.
IES tashlamalari, ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalariga ko'ra atrofdagi aholi ko'ziga uncha tashlanmaydi, ammo zararli ta'siri katta.
Elektr stansiya va boshqa korxonalarni qurishda issiqlik tashlamalarining qabul qilingan me'yori chegaralanmagan, faqat yoz mavsumida suv havzasidagi tabiiy haroratga nisbatan 300C dan, qishda 500C dan oshmaslik talab qilinadi. Shunday qilib, IESning issiqlik tashlamalarining ziyon keltirishini oldini olish masalasi tashlamalarni uzluksiz ko'payib borishini kamaytirish, bir tarafdan ESning tejamliligini oshirish yo'li bilan bajarilsa, ikkinchi tarafdan ko'zga tashlanmaydigan issiq suvni bir qismini bug'lanishga, sarflangan issiqlik tarqalishini oqilona tashkil qilish bilan hal qilinadi. Bu usul baland mo'rilardan tashlanayotgan gazlar bilan birga atmosferaga ko'p miqdorda ifloslantiruvchi zararli moddalarni va ularni er yuzasiga tushishdan avval havo bilan aralashish yo'li bilan oldini olishga o'xshab ketadi. Bunda yangi qurilgan korxonaning ifloslantiruvchi moddalari miqdori ma'lum chegaralangan qiymatdan oshmasligi lozim.
Ammo atrof–muhitga tashlanayotgan ifloslantiruvchi zararli moddalarni mutloq miqdori ortishi munosabati bilan o'z-o'zidan tozalanishi, shu jumladan tarqatish usullarining samaradorligi past.
Hozirgi vaqtda ESlar va sanoat korxonalarini loyihalashtirishda havo atmosferasini eng yuqori darajasida ifloslantirishga asoslangan. Bu albatta noto'g'ri, chunki ushbu hududda keyinchalik, xuddi shunday ifloslantiruvchi zararli moddalarni tashlaydigan, yangi qurilayotgan va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va transportni rivojlantirishga yo'l bermaydi.
Undan tashqari loyihalashtirilayotgan ob'ektlarda, ba'zi bir hollarda, kelajakda tozalash inshootlarini qurish rejalashtirilmagan, bu esa korxonani keyinchalik rivojlanishida, havoni haddan tashqari ifloslanib ketishidan saqlashga sharoit qoldirmaydi.
IESlarni va sanoat korxonalarini loyihalashtirishda, albatta, tashlanayotgan ifloslantiruvchi zararli moddalarni tozalash uchun har-xil qurilma vositalari ko'zda tutilishi lozim. Atmosfera va suv havzalarini mutloq tashlamalarini kamaytirish maqsadida turli usul va qurilmalardan foydalanish avvaldan belgilab qo'yilishi lozim, chunki energetika (shu jumladan IES) va sanoatning boshqa sohalarini rivojlanishi atrof–muhitni ifloslanishi tufayli turli to'siqlarga uchrashi mumkin.

Yüklə 16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə