Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Savol va topshiriqlar:
1. Sobitjonning ota jasadini shu yеrning o‘ziga ko‘mib qo‘yaqolishga
urinishi sababini izohlang. Uning marhum vasiyatiga bеparvoligi 
nimadan dеb o‘ylaysiz?
2. Edigеyning jasadni Ona Bayit mozoriga qo‘yishga astoydil urinishi
zamirida qanday ma’naviy-axloqiy asos bor dеb o‘ylaysiz?


336
3. Sobitjon bilan ko‘rishib yig‘lagan Edigеyning kеyinroq o‘zini 
ahmoq dеb yozg‘irishi sababini izohlang.
4. Edigеyning: “Modomiki, ularga o‘lim ahamiyatsiz ekan, dеmak,
ular hayotning ham qadr-qimmatiga yеtishmaydi. Unday bo‘lsa, 
yashashdan maqsad nima, ular nima uchun yashayaptilar?” — 
dеgan o‘ylari xususida mulohaza yuriting.
5. Edilboy bilan Sobitjon suhbatini qayta o‘qib, izohlang.
Suhbatdoshlar ma’naviyatini baholang.
6. Ko‘mish marosimida ayoli va bolalarining qatnashmayotganidan
Sobitjon nеga xijolat bo‘lmayapti, dеb o‘ylaysiz?
7. Odatda tili achchiq Edigеyning Sobitjonga qattiq gapirib yubor- 
magani sababi haqida o‘ylab ko‘ring. 
Bu voqеa jungjanglar Sario‘zak dashtlarini egallab olish 
va aholini qullikka solish maqsadida tub xalqlar bilan tinim-
siz urush olib borgan zamonlarda yuz bеrgan edi. O‘z yеrlari-
dan ayrilishni istamagan mahalliy qabilalar tinimsiz kurash olib 
bori shar, katta-kichik janglar orasida tinch damlar ham bo‘lar-
di. Nayman ona fojiasi ayni shunday tinch kunlarning birida 
bo‘lgandi...
Ona Bayit qabristonining o‘z tarixi bor. Rivoyatga ko‘ra o‘tgan 
zamonlarda Sario‘zakni bosib olgan jungjanglar asirga tushgan jang-
chilarga nisbatan behad shafqatsizlik qilishar ekanlar. Ular kezi kelib 
bunday tutqunlarni qo‘shni o‘lkalarga qul qilib sotib yuborishar ekan. 
Bu tutqunning omadi kelgan hisoblanar ekan. Chunki sotib yubo
-
rilgan qul ertami-kechmi, bir kuni o‘z vataniga qochib ketishi mum-
kin ekan-da. Jungjanglarning qo‘l ostida tutqun bo‘lib qolganlarning 
esa sho‘ri qurir ekan. Ular mahkumning boshiga teri qalpoq tortish 
yo‘li bilan dahshatli bir tarzda qiynab, uning xotirasini yo‘qotar ekan-
lar. Odatda bunday jazoga jangda asir tushgan yosh yigitlar giriftor 
bo‘lishardi. Avvaliga jungjanglar tutqinning sochini dastlab o‘ngidan, 
so‘ngra teskarisidan taqir qirib tashlashadi. Sartaroshlik marosimi 
tugagach, jungjanglarning chapdast qassoblari kattakon bir tuyani 
so‘yib, terisini shila boshlaydilar. Ularni birinchi navbatda, eng qalin 


337
va eng og‘ir bo‘lgan bo‘yin terisini ajratib bo‘laklarga bo‘lishar, ho vuri 
chiqib turgan yopishqoq terisini shu zahotiyoq hozirda suzuvchilar ki-
yadigan qalpoqcha singari tutqinning yangi qirilgan taqir boshiga kiy-
gizib qo‘yishardi. Mana shu teri qoplash deyiladi. Bunday qiynoqqa 
duchor etilgan qul yo dahshatli azoblarga bardosh berolmay o‘lib 
ketar, yo xotirasidan umrbod mahkum etilib, o‘tmishini eslay olmay-
digan qulga – manqurtga aylanib qolar edi. Bitta tuyaning bo‘yin terisi 
besh-oltita qalpoqqa yetadi. Qalpoq qoplangandan so‘ng halokatga 
mahkum etilgan har bir qul qiynalganda boshini yerga tegiza olmasin 
uchun bo‘yniga yog‘och bo‘yinturuq bog‘lashardi. Shu alfozda ular-
ning yurakni ezuvchi, quloqni qomatga keltiruvchi dod-faryodlari eshi-
tilib qolmasin, deb odamlardan yiroqqa, suvsiz, yemishsiz, kimsasiz 
yaydoq dalaga oyoq-qo‘llarini bog‘liq holda jazirama oftob tig‘iga eltib 
tashlar edilar. Bu qiynoqlar bir necha kun davom etardi. Kerakli joy-
larga soqchilar qalin qo‘yilib, asirlarning qabiladoshlari ularni qutqa-
rishga kelib qolishsa, o‘tkazmaslik uchun chora-tadbir ko‘rib qo‘yilgan 
edi. Biroq qutqarishga urinishlar juda kam bo‘lardi, chunki ochiq da-
lada qilt etgan sharpa darhol sezilib qolardi. Buning ustiga jungjang-
lar falonchini manqurt qilishibdi degan xabar tarqalgan taqdirda 
tutqunning eng yaqin birodarlari ham uni qutqazishga yoki pul eva-
ziga qayta rib olishga urinmayoq qo‘yardilar, chunki bu o‘sha odam-
ning quruq jasadinigina qaytarish degan so‘z edi. Faqat ri voyatlarda 
Nayman ona nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan ayolgina o‘z o‘g‘lining 
bu taxlit achchiq qismati bilan murosa qila olmadi. Sario‘zak afsonasi 
shu haqda. Ona Bayit – Onayizor makoni qabristonining nomi shun-
dan kelib chiqqan.
Dalaga tashlangan asirlarning ko‘pi Sario‘zak quyoshi tig‘ida 
dahshatli qiynoqlarga bardosh berolmay halok bo‘lgan. Besh-oltita 
manqurtdan bitta yoki ikkitasigina tirik qolgan. Boshqalari ochlikdan 
emas, hatto tashnalikdan ham emas, kallaga qoplangan terining qu-
yosh issig‘ida qovjirab, qoq miyani chidab bo‘lmas darajada siqishi 
natijasida jon taslim qilar edilar. Olov purkab turgan quyosh ostida 
teri qalpoq shafqatsiz ravishda torayib, qulning qirilgan boshini temir 
chambarak singari jingirtob qilib qisardi. Oradan bir kun o‘tishi bilan 
jabrdiydalarning taqir boshida soch nish ura boshlaydi. Osiyoliklarga 


338
xos tikanday tik dag‘al sochlar ba’zida xom terini teshib chiqardi, ko‘p 
hollarda esa chiqishga yo‘l topolmay yana qaytadan qayrilib, bosh 
terisiga qarab o‘sardi va avvalgidan ham battar azob berardi. So‘nggi 
sinov davomida tutqunlar es-hushlarini butunlay yo‘qotardilar. Oradan 
besh kun o‘tgachgina jungjanglar kelib tutqunlardan qay biri tirik qol-
ganini ko‘zdan kechirardi. Aqalli bitta tutqun tirik qolgan bo‘lsa ham, 
maqsadga erishilgan hisoblanardi.
Bunday qulni qiynoqdan bo‘shatib, suv berib, asta-sekin kuch-
ga kiritib, oyoqqa turg‘izishardi. Biroq u endi baribir odam sanog‘idan 
chiqardi, zo‘rlab es-hushidan judo etilgan qul – manqurtga aylanar-
di, xuddi shuning uchun ham bunday qul o‘nta sog‘lom tutqun quldan 
ko‘ra qimmatroq turardi. Hatto shunday qonun-qoida ham bor edi-
ki, o‘zaro to‘qnashuvda o‘ldirilgan bitta manqurt uchun boshqa erkin 
tutqunga nisbatan uch baravar ortiq haq undirib olinardi.
Manqurt o‘zining kim ekanini, qaysi urug‘-aymoqdan ekani-
ni, ismini, bolalik kezlarini, ota-onasining kimligini butunlay yoddan 
chiqargan bo‘lib, o‘zining odamligini ham unutib yuboradi. O‘zining in-
soniy qadr-qimmatini idrok etolmagan manqurt xo‘jalik ishlari nuqtayi 
nazaridan bir qancha fazilatlarga ega edi. U notavon va zabonsiz bir 
maxluq bo‘lgani uchun ham mutlaqo itoatkor va beozor. Qochaman-
qo‘yaman degan xayol uning tushiga ham kirmaydi. Quldor uchun 
eng dahshatli narsa – qulning isyoni. Har bir qul siymosida isyonkor 
ruh yashiringan. Yolg‘iz manqurtgina bundan mustasno, isyon ko‘ta-
rish, bo‘yin tovlash unga butunlay yot. Bunday tushunchalar unga be-
gona! Unga soqchi qo‘yishga, ayniqsa, buzuq niyatli kishi sifatida un-
dan gumonsirashga hojat yo‘q, manqurt xuddi it kabi faqat o‘z egasini 
taniydi. Boshqalar bilan ishi yo‘q. Uning fikri-zikri qorin to‘yg‘azish
-
da, shundan boshqa tashvishi yo‘q. Ammo o‘ziga topshirilgan ish-
ni o‘ylamay-netmay, o‘lar-tirilariga qaramay muqarrar bajo keltiradi. 
Manqurtlar odatda eng past, eng og‘ir ishlarni bajarishga majbur eti-
ladilar yoki bo‘lmasa, ularga eng zerikarli, eng mashaqqatli, ovsarlar-
cha sabr-toqat talab etiladigan mashg‘ulotlar topshirilar edi. Kimsasiz 
Sario‘zak yaylovlaridagi tuyalar podasidan bir qadam ham nariga jil-
masdan yakka-yu yolg‘iz yashashga mahkum etiladigan manqurtgina 
azob-uqubatlarga chiday olishi mumkin edi! Birgina manqurtning o‘zi 


339
bunday olis joylarda bir qancha tuyachining o‘rnini bosa olardi. Bor-
yo‘g‘i niyati — qorni to‘ysa. Shunda u qishin-yozin demay, yolg‘izlik 
azobiga ham, boshqa har qanday mahrumliklarga ham parvo qilmay, 
tinimsiz ishlayveradi. Xo‘jayinning amri manqurt uchun farz ham qarz. 
Uning o‘ziga esa xo‘rak-u dashti biyobonda muzlab qotib qolmaslik 
uchun kifoya qiladigan ust-bosh bo‘lsa bas. Bo‘lak hech narsani talab 
qilmaydi.
Insonning insonlik fazilati, yaratilganda birga yaratilib, o‘lganda 
yana bir o‘zi bilan birga ketadigan va boshqa mavjudotlardan ajratib 
turadigan birdan-bir noyob fazilati — xotirasi, aql-idroki bo‘lsa-yu, uni 
tag-tomiri bilan yulib olsalar, axir bu qanday bedodlik!? Undan ko‘ra 
tutqunning qalbini poralab, istagancha ziyon-zahmat yetkazib, o‘lim-
ga mahkum etishlari yoki bo‘lmasa, biryo‘la boshidan judo etsa, yuz 
chandon yaxshi emasmi? O‘zlarining mudhish tarixida xiyonatkor si-
fatida shuhrat qozongan ko‘chmanchi jungjanglar eng muqaddas 
narsa – insonning muqaddas insoniylik mohiyatiga ham chang sol-
dilar. Ular qullarni jonli xotiradan mahrum etish yo‘lini o‘ylab topdilar, 
shu bilan bani odam zotiga aql bovar qiladigan va bovar qilmaydigan 
yovuzliklar orasida eng qabih jinoyatga qo‘l urdilar.
Balki, shu boisdandir, manqurtga aylantirilgan o‘g‘lining 
g‘am-g‘ussasi olovida qovurilgan Nayman ona shunday zikr qildi: 
“Bo‘talog‘im, seni xotirangdan judo etayotganlarida boshingga ko‘rin-
mas teriqalpoq o‘rnatib es-hushingdan ajratayotganlarida, yong‘oq 
chaqadigan qisqichdek boshingga kiydirilgan tuyateri asta-sekin qu-
rib qovjirab, bosh chanogingni jingirtob qilib siqayotganida, dahshatli 
qo‘rquvdan ko‘zlaring kosasidan irg‘ib chiqqanida, Sario‘zak dashtin-
ing dudsiz otashi o‘lim talvasasi bilan olishib, labingni ho‘llashga ham 
yer-u ko‘kdan bir tomchi suv topolmay tashnalik azobida qovrilayot-
ganingda, hatto borliqqa hayot baxsh etuvchi xurshidi olam senga 
so‘qir, balo-qazo bo‘lib, dunyodagi jamiki yulduzlar qaro zulmat bo‘lib 
ko‘ringandir?...
Tulporim, qiynoqlardan mayib-majruh bo‘lgan aql-idrokingga 
mangu tun choyshabi yopilayotganda, xotirang rishtalari zo‘rlik bilan 
yulib-sitib olinib, o‘tgan umring bilan seni bog‘lab turuvchi halqalar-
dan, jon talvasasida o‘zingni har yon urib ona nigohini, yoz kunlari 


340
qirg‘og‘ida sen o‘ynab yurgan tog‘ jilg‘asining shovullashini unutayot-
ganingda, shuuringni parchalab, xotirangdan o‘z nomingni, otang ning 
nomini o‘chirib tashlayotganlarida, atrofingdagi sen bilan unib-o‘sgan 
odamlarning chehralari so‘nayotganida va senga uyalib, iymanib ta-
bassum qilayotgan mahbubaning jamoli qorong‘ulashayotganida 
xotirasizlik jariga qular ekansan, o‘z vujudida homila paydo etishga 
jur’at etib va shu mudhish kun uchun seni yorug‘ dunyoga tavallud 
toptirgan onayizoringga la’natlar yog‘dirgandirsan?..”

Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə