97
Bu baytda tashxis san’atini mohirona qo‘llagan shoir tog‘lardan
mayin oqib kelayotgan suvni noz bilan suzilib borayotgan go‘zalga
o‘xshatadi. Bahor ana shu suzuk suvi bilan sahroga o‘zgacha tarovat
bag‘ishlagan. Keyingi misralarda bahoriy yel rayhonlarga Masihdek
“toza jon” ato qilgani, gul yuzi ochilib, qumri-yu bulbullarning unga
vola-yu shaydo bo‘lganlari, lola soqiysi qo‘lidan ishrat ahliga qadah
tutilgani kabi tasvirlar orqali bahor ko‘tarinki zavq, hayajonli shavq
bilan vasf qilinadi. Bu go‘zalliklarni madh etgan shoir uni g‘animat
bilib, qadrlashga chorlaydi:
“Gulshan ichra bazm etib jomi tarab
no‘sh aylali Kim, g‘animatdur necha kun, ey qadi ra’no, bahor».
Shuningdek, “Baland aylab quyoshg‘a poya navro‘z”, “Bahor ay yomi
bo‘lmish o‘ylakim bog‘i Eram sahro” g‘azallarida ham bu ko‘rkam
faslning beqiyos nazokatlari kuylanadi. “Ilohi, har kuning navro‘z
bo‘lsin” g‘azalida bu she’r yaratilgandan
buyon barchaning diliga jo
bo‘lgan ohorli yangi yil tilaklari izhor etilgan:
Ilohi, har kuning navro‘z bo‘lsun,
Hamisha tole’ying feruz bo‘lsun.
Bo‘lub ayyomi navro‘zing muborak,
Zamiring inbisot anduz bo‘lsun.
“Ta’viz ul-oshiqin”dagi ishqiy g‘azallar nafaqat Ogahiy ijodining,
balki butun o‘zbek mumtoz adabiyotining sara namunalari hisoblana-
di. “Yuzung ochkim, quyosh sadqang bo‘lub boshingdin aylansun”,
“Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina”, “Ey sho‘x, ko‘zi
qoshinga olam gado, man ham gado” g‘azallari Ogahiyning yuksak
badiiy mahoratini, chinakam san’atkor shoir ekanligini tasdiqlaydi.
Ayniqsa, “Ustuna” radifli g‘azali o‘zining jozibasi, badiiy kashfiyotlarga
boyligi bilan ajralib turadi:
Dostları ilə paylaş: