98
(hay’ati) bilan bu hukmni chiqarganlar. Ogahiygacha ko‘z-u qosh-
ni mazkur harflarga tashbih qilish, chashm (ko‘z)ni
jallod de yish
an’anaviy tasvir edi. Lekin harflardan so‘z yasab va uni mazmun
-
ga, tasvirga tatbiq etish – bu yangilik edi. Shoirning ko‘p g‘azallari-
da mana shunday yuksak badiiyatga yo‘g‘rilgan baytlar uchraydi.
E’tiborli jihati shundaki, asosan ishqiy mavzudagi bunday g‘azallar
bag‘riga
falsafiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy mazmun ham ustalik bilan
singdirib yuboriladi. Ba’zan g‘azallarda yor timsoli orqali, xususan,
lirik qahramonning unga murojaatida shohga xos xususiyatlar aks
etadi. Masalan:
“Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yamon-u
yaxshini Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina»
yoki
“Aylansun” radifli g‘azalidagi
Chu bergung non ila osh,
ey saxiy, sidq ahlig‘a bergil,
Riyo-vu kizb ahli noning-u oshingdin aylansun
kabi baytlarda buni kuzatish mumkin.
Shuningdek, shoirning ijtimoiy-siyosiy qarashlari devondagi
muxammas, musaddas, ruboiy, tarji’band va qasidalarida ham u yoki
bu darajada o‘z aksini topgan. Xususan, “Dahr uyi bunyodikim, suv
uzradur, mahkam emas” tarji’bandi tasavvufiy mazmunga yo‘g‘rilgan
ijtimoiy-falsafiy ruhdagi asardir. Tarji’bandda dunyo omonat binoga,
bo‘yi, vafosi yo‘q gulshanga, jafokor tuban ayyoraga o‘xshatiladi va
insonni unga ko‘ngil berib, aldanib qolmaslikka chaqiradi.
“Qasidayi nasihat” esa Ogahiyning siyosat va davlatga muno-
sa bati, hukmdor fazilatlari va burch-vazifalari borasidagi mulohazalari
bayon etilgan pandnomadir. Odatda qasidalarda biron-bir voqea yoki
shaxs ulug‘lanadi, har tomonlama vasf qilinib, benuqson, ideal qiyofa-
da tasvirlanadi. Ogahiyning qasidasi esa odatdagi maqtovlar tizmasi-
dan iborat bo‘lib qolmadi. Shunga ko‘ra adib qasida vositasida ko‘pni
ko‘rgan donishmand, umr mazmunini anglagan faylasuf sifatida yosh
xonga nasihatlar qiladi, davlatni boshqarish san’atidan saboq beradi.
“Qasidayi nasihat” adabiyotimiz tarixidagi siyosiy-didaktik lirikaning
yorqin namunasi bo‘lib qoldi.
Ogahiyning kichik she’riy janrlar: ruboiy, tuyuq, ta’rix,
fard kabi
shakllarda ham benazir ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Ayniqsa, musovi-
99
yattarafayn (ikki tomonlama teng, bir xil) shaklida yozilgan she’ri ada-
biyotimiz tarixida juda kam uchraydigan hodisalardan deyish mumkin.
She’rni ikki xil – odatdagi yon tarafga hamda
yuqoridan pastga tomon
o‘qisangiz, bir xil matn hosil bo‘laveradi. Bu she’r bilan tanishing.
Ul sho‘xki
ochildi
xat-u
ruxsori
Ochildi
rayohinda
yuzi
gulnori
Xat-u
yuzi
besabr-u qarori
man man
Ruxsori
gulnori
man man
zori
Ogahiy salaflari Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy hamda Munis kabi
mumtoz adabiyotimizning yorqin siymolari an’analarini davom ettirdi,
rivoj lantirdi, yangi badiiy kashfiyotlar bilan boyitdi. Uning ijodi shoir lari-
mizning bir necha avlodi uchun mahorat maktabi bo‘lib xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: