Quduqga tuz kislotali ishlov berish



Yüklə 20,92 Kb.
səhifə2/3
tarix19.05.2023
ölçüsü20,92 Kb.
#111468
1   2   3
Xudoyorov Mirzahamdam quduq tubiga kislotali ishlov berish (2)

2. Jadallashtirgichlar – Sirt faol moddalar neft va neytral kislota tutash chegarasida sirt tortishish kuchlarini 3-5 marta kamaytirib, quduq tubidagi reaktsiyadan hosil bo’lgan mahsulotlarni va kislotalardan g’ovakliklardan tozalaydi.
SFM – larni qo’shimchasi kislotali ishlanmani samaraligini oshiradi. Bir kator ingibitorlar katapin – A, katamin-A, mervelan K(0) bir vaqtda jadallashtirish vazifasini ikkinchi tomondan SFM vazifasini bajaruvchi hisoblanadi.
SFM-lar va jadallashtiruvchilar sifatida OP-10, OP-7, 44-11, 44-22 va boshqa bir qator reagentlar qo’llaniladi.
3. Barqarorlashtirgichlar – HCℓ-бilan aralashmadagi temir bilan reaktsiyasini, aralashma va muvozanat holatida turishini ta‘minlaydi.

H2 SO4 + Ba Cℓ2 = Ba SO4 + 2HCℓ

Bunday holatlarda HCℓ - kislota haydash oldidan bariy xlorid (BaCℓ2) qayta ishlanadi. Hosil bo’lgan bariy sulfat kislotasi (BaSO4) aralashmani yengil ushlab turadi va qatlam g’ovakliklarida reaktsiyada hosil bo’lgan boshqa moddalarni suyuqlik holatida chiqib ketishini ta‘minlaydi.


Tuzli kislota cho’kmaga tutgan loylar bilan o’zaro reaktsiyaga kirib, alyuminiy tuzini hosil qiladi tsement va qumoqtoshlar bilan – gelli kremniy kislotasini hosil qiladi.
Bularni bartaraf etish uchun barqarorlashtiruvchi uksus (CH3COOH) va suzuvchi (HF) (vodorod ftor) kislotalar hamda boshqa kislotalar qo’llaniladi.
(NF)-suzuvchi kislotasini 1-2% - miqdorda qo’shilishi gel kremniy kislotasini shakllanishini oldini oladi. Bu kislota g’ovakliklarini bekitadi va tsement qobig’ini erishini yaxshilaydi. Uksus kislotasi (CH3COOH) temir tuzini va alyuminiy eritmasini suyuq holda ushlab turadi. HCℓ eritmasini reaktsiyaga kirishini sekinlatadi. Shuning uchun HCℓ - ni kontsentratsiyasi aralashmasini qatlamning eng chuqur uchastkasiga haydashga yordam beradi.
Ishchi eritmani tayyorlashda kerakli miqdordagi suvga ingibitor va stablizator, undan keyin tuzli kislota qo’shiladi.
Aralashtirib bo’lingandan so’ng (BaCℓ2) bariy xlor qo’shiladi. Bariy xlor ko’piklari yo’qolguncha aralashtiriladi va kiyin namuna nazorat qilinadi, yana aralashtiriladi, eritma to’liq tinguncha imkoniyat beriladi va bariy oltingugurt kislotasini cho’kishi kutiladi.
Karbonat kollektorlarini ochishda quduqlar har xil turdagi tuzli kislotalar bilan ishlanadi:
Kislotali vanna, oddiy kislotali ishlov, bosim ostida QTZ-ga ishlov, issiq kislotali ishlov, gidromanitor nasadkasi orqali kislotali ishlov, oraliqlararo kislotali ishlov.

Yüklə 20,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə