Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari



Yüklə 40 Kb.
tarix12.07.2023
ölçüsü40 Kb.
#119511
15.1 Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


QURILISH TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH ASOSLARI
REJA:
1.Qurilish tashkilotlarining buxgalteriya hisobi subyekti sifatidagi tavsifi va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari
2.Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari
3.Qurilish tashkilotlari hisob siyosatining xususiyatlari
Qurilish ishlari tannarxiga kiradigan harajatlarning tasnifi, guruhlari va aniq moddalarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish va sotish harajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom»ga muvofiq bo‘lishi lozim. Ushbu nizomga ko‘ra qurilish ishlari tannarxiga kiradigan asosiy ishlab chiqarish harajatlari bevosita va bilvosita (ustama) harajatlarga bo‘linadi. Ushbu turdagi harajatlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra beshta guruhga ajratiladi va ularning tarkibiga quyidagi harajat moddalari kiritiladi.
Qurilish tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish harajatlarining sintetik hisobi 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida olib boriladi. Ushbu schyot doirasida har bir qurilish ob’ekti harajatlari hisobi uchun alohida analitik schyotlar ochiladi.
2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti doirasida analitik schyotlarning ochilishi, yuritilishi hamda yopilishi misol tariqasida 5.2-jadvalda keltirilgan.
Yig‘ma 10-s jurnal-order ma’lumotlari qurilish tashkilotida 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti bo‘yicha bosh kitobni yuritishga asos bo‘ladi. Chunonchi, bosh kitobning debetida korrespondensiyalanuvchi schyotlar bo‘yicha keltirilgan ma’lumotlar yig‘ma 10-s jurnal-orderda barcha qurilish ob’ektlari (analitik schyotlar) bo‘yicha keltirilgan mos ravishdagi harajat moddalari summalarining yig‘indisiga teng kelishi lozim.
Qurilish tashkilotlarida yordamchi ishlab chiqarish harajatlarining hisobi
Qurilish tashkilotlarida yordamchi ishlab chiqarish deganda qurilish ishlarining olib borilishida bevosita va bilvosita ishtirok etadigan yordamchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish bo‘linmalarining faoliyati tushuniladi. Ularga, chunonchi, quyidagilar kiradi:
(1) qurilish materiallari, detallari, konstruksiya va moslamalarini tayyorlash sexlari (yog‘och materiallar, temir-tersaklar, beton, g‘isht plitalari, granit toshlar, bitum, asfalt va shu kabi boshqa materiallarga ishlov berish sexlari yoki ustaxonalari);

(2) energiyaning turli xillari (elektr energiyasi, bug‘ va boshqalar) bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatuvchi bo‘linmalar;


(3) transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi bo‘linmalar (avtoxo‘jalik, garaj, ustaxonalar);
(4) ta’mirlash ishlarini olib boruvchi bo‘linmalar;
(5) qurilish ishlarini loyihalashtirish, tajriba konstruktorlik ishlarini olib boruvchi bo‘linmalar.
(6) qurilish ishlari bilan band xodimlarga maishiy, tibbiy, sanitariya-gigiyena, oaqatlanishni tashkil qilish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish bo‘linmalari.
Yordamchi ishlab chiqarish harajatlarining yig‘ma sintetik hisobi bosh kitobda 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotida olib boriladi. Ushbu schyotning debetida va kreditlanadigan korrespondensiyalanuvchi schyotlarda (1000, 6710, 6520, 0200, 6000, 6990 va boshqalar) mos ravishda yordamchi ishlab chiqarishga ketgan material, ish haqi, ijtimoiy sug‘urta, amortizatsiya, turli xizmatlar va boshqa sarf-harajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlanadi. 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotining kreditida yordamchi ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, qurilish materiallari, konstruksiyalar, moslama va buyular, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlarga ketgan jami sarf-harajatlarning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Maxsus qurilish konstruksiyalari va moslamalarini yasash sexlari bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish mavjud bo‘lishi mumkin. Bu hollarda 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti qoldiqqa ega bo‘ladi. Qolgan hollarda ushbu schyotning debetida to‘plangan summa mos ravishdagi boshqa schyotlarga o‘tqaziladi va shu yo‘l bilan u yopiladi.
2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotining yopilishi quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladi:
(1) yordamchi ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotlar olinganda:
Debet 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar»
Kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
(2) yordamchi ishlab chiqarishdan yarim tayyor mahsulotlar olinganda:
Debet 2110 «Yarim tayyor mahsulotlar»
Qurilish tashkilotlarida umumishlab chiqarish harajatlarining hisobi va ularning taqsimoti
Qurilish tashkilotlari o‘zlarining hisob siyosatida belgilangan tartibga muvofiq umumishlab chiqarish harakteriga ega bo‘lgan harajatlar hisobini 2500 «Umumishlab chiqarish harajatlarini hisobga oluvchi schyotlar» tizimida alohida olib borishlari mumkin. Ushbu schyotlar tizimida ochiladigan maxsus schyotlarda, chunonchi, quyidagi harajatlar aks ettiriladi:
a) qurilish mashinalari va uskunalarini saqlash hamda ularni ekspluatatsiya qilish harajatlari;
b) ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari;
b) ishlab chiqariga doir asosiy vositalarni ta’mirlash harajatlari;
v) ishlab chiqarishdagi mol-mulkni sug‘urtalash harajatlari;
g) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash harajatlari;
d) ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga olish harajatlari;
e) ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan mehnat haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
j) umumishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa harajatlar.
Hisobot oyi moboynida 2510 «Umumishlab chiqarish harajatlari» schyotining debetida va mos ravishdagi boshqa schyotlarning kreditida nomlari yuqorida zikr etilgan harajat moddalari bo‘yicha ma’lumotlar jamlanadi. Oy oxirida ushbu schyotning debetida to‘plangan harajatlar qurilish tashkiloti hisob siyosatida keltirilgan tartibga muvofiq asosiy ishlab chiqarish (2010 schyot) va yordamchi ishlab chiqarish (2310 schyot) harajatlariga olib boriladi. Umumishlab chiqarish harajatlarini taqsimlash tartibini ularning alohida moddalari misolida 2-mavzuda ko‘rib chiqqan edik. Xuddi shunga o‘xshash yoki qabul qilingan boshqa tartiblarga ko‘ra umumishlab chiqarish harajatlarining qolgan moddalari ham mos ravishdagi qurilish ob’ektlari o‘rtasida taqsimlanishi lozim.
Umumishlab chiqarish harajatlari va ular taqsimotining analitik hisobi umumishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s jurnal-orderda alohida moddalari bo‘yicha yuritiladi.
Qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish
usullari
Qurilish tashkilotlarida qurilish ishlarining reja tannarxi, normativ tannarxi va haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi. Reja yoki normativ tannarx, odatda, qurilish ishlari boshlanishidan oldin hisob-kitob qilinadi. Haqiqiy tannarx qurilish ishlari yakunlanganda va buyurtmachilarga topshirilayotganda aniqlanadi.
Qurilish ishlarining reja, normativ va haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish bir qancha maqsadlarda, chunonchi: (1) qurilish ishlariga ketishi kerak bo‘lgan va haqiqatda ketgangan sarf-harajatlar summasini; (2) tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxi)ni; (3) qurilish ishlari sotish tannarxini; (4) sotishdan kutilayotgan va haqiqatda olingan yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) summasini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
Qurilish ishlarining haqiqiy tannarxi turli usullarda kalkulyatsiya qilinishi mumkin. Amaliyotda eng keng tarqalgan usullar bo‘lib buyurtmali, jarayonli va hissali (tugallanish foizi) usullari hisoblanadi.
Buyurtmali usulda bajarilgan har bir qurilish ishi harajat ob’ekti sifatida qaraladi. Uning haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish qurilish ob’ektiga (buyurtmaga) ochilgan 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida to‘plangan hisob ma’lumotlari asosida ob’ekt (ish) buyurtmachiga topshirishgandan keyin amalga oshiriladi. Ushbu schyotning debetida alohida korrespondensiyalanuvchi schyotlar bo‘yicha ko‘rsatilgan yig‘ma ma’lumotlar buyurtmaga ochilgan kalkulyatsiya kartochkasining tegishli harajat moddalarini to‘ldirishga asos bo‘ladi
Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə