«qutadg‘u bilig». «qutadg‘u bilig» dostoni haqida.



Yüklə 110,18 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü110,18 Kb.
#135406



«QUTADG‘U BILIG». «QUTADG‘U BILIG» DOSTONI HAQIDA.
(Darslikda 70–99-betlar)

1. «Qutadg‘u bilig» dostonida Yusuf Xos Hojib o‘zi tug‘ilgan joyni nima deb ko‘rsatgan?


A) Yettisuv B) Bolosog‘un
C) Quz O‘rdu D) Toqmoq

2. Yusuf Xos Hojib qachon: «...(qora) quzg‘un tusiteg boshim (sochlarim) qug‘u (oqqush) bo‘ldi», – deb yozadi?


A) «Qutadg‘u bilig» dostonini yoza boshlaganida
B) «Qutadg‘u bilig» dostonini yozib tugallaganida
C) Qashqardan Bolosog‘unga ko‘chganida
D) Qashqardan Yorkentga ko‘chganida

3. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari uchun mukofotlangani haqidagi ma’lumotlar asarning qaysi qismida keltiriladi?


A) nasriy muqaddimasida B) she’riy muqaddimasida
C) nasriy xotimasida D) she’riy xotimasida

4. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi parcha kim tomonidan kimga qarata aytilgan?


To‘p (koptok) (bir barqaror) o‘rinsiz dumalab yurgani kabi, Men ham uning kabi (o‘rinsiz) kezaman.
Iltifot bilan boqqaningda ko‘zimni yumganim (sababi), Senga o‘zimning qandayligimni ko‘rsatmoqchi edim. Bu kunlarda men ham bir ko‘r kishi kabiman,
Kim menga ilashib qolsa, unga qattiq yopishib olaman.
A) elig tomonidan O‘gdulmishga qarata
B) Oyto‘ldi tomonidan eligga qarata
C) elig tomonidan Oyto‘ldiga qarata
D) Oyto‘ldi tomonidan O‘gdulmishga qarata

5. «Qutadg‘u bilig» asarida eligga qaysi qahramon: «Mening barcha qilmishlarim jafo, menga ishonma... Oqar suv, ravon til, baxt-davlat bir yerda turmaydi», – deydi?


A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
6. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini aytadi» qismida Oyto‘ldi eligdan nega bunday kursida o‘tirganligini so‘rasa, elig qanday javob beradi?
A) «Barcha to‘rt oyoqli narsa siljimas bo‘ladi».
B) «Barcha uch oyoqli narsa siljimas bo‘ladi».
C) «Agar uch (poyali) bo‘lsa, ko‘rgin, biri egri bo‘ladi».
D) «Agar ikki (poyali) bo‘lsa, ko‘rgin, biri egri bo‘ladi».
7. «Qutadg‘u bilig» asarida O‘zg‘urmish eligdan nechta hojatini ravo qilishini so‘raydi va ular qaysilar?
A) 3 ta: dard-u kasalsiz hayot, nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik
B) 4 ta: kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik, nihoyasiz ilm, qariliksiz yigitlik, dard-u kasalsiz hayot
C) 3 ta: nihoyasiz ilm, nuqsonsiz tiriklik, kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik
D) 4 ta: nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik, dard-u kasalsiz hayot, kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik
8. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi donishmand yigit eligning ovozalarini eshitib, elig huzuriga xizmat uchun keladi va ular birgalikda mamlakatni boshqarib, budun – xalqni idora qila boshlashadi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
9. «Qutadg‘u bilig» asari qahramoni O‘gdulmish kim va nimaning ramzi?
A) elig – adolat ramzi
B) elig – davlat ramzi
C) vazirning o‘g‘li – aql ramzi
D) vazirning uzoq qarindoshi – qanoat (ofiyat) ramzi
10. «Qutadg‘u bilig» asarida ramziylik uchun asos vazifasini bajargan detallarni toping.
1) to‘p; 2) kiyik; 3) Mirrix;
4) zahar solingan idish; 5) shakar; 6) Oy;
7) Quyosh; 8) qilich; 9) asal.
A) 2, 5, 6, 8, 9
C) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8 B) 1, 3, 4, 5, 7, 8
D) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 9

11. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon dunyoviy ishlarning barchasi hayotiy zarurat ekanligini tinmay uqtiradi va shu maqsadda dehqon, savdogar, chorvador, hunarmand, kambag‘allar, oila, bola-chaqa, ularning tarbiyasi haqida ham gapiradi, tushuntiradi?


A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
12. «Qutadg‘u bilig» asarida O‘zg‘urmish kimning oqilona tushuntirishlaridan so‘ng, ziyorat maqsadidagina elig huzuriga boradi?
A) O‘gdulmishning B) Kuntug‘dining
C) Oyto‘ldining D) Kulteginning

13. Mumtoz adabiyotimizda (adabiy an’analar natijasi sifatida) qiyinchilikka duch kelgan qahramon, ma’shuqa ishqida o‘rtanayotgan oshiq qaddi ko‘pincha arab alifbosidagi qaysi harflarga qiyoslanadi?


A) «mim» yoxud «yo» harflariga B) «dol» yoxud «alif» harflariga
C) «lom» yoxud «yo» harflariga D) «yo» yoxud «dol» harflariga

14. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga aylanib ketgan bo‘lib, adib zolim amaldorlarni nimaga o‘xshatgan?


A) arslonga B) sherga
C) bo‘riga D) burgutga

15. Yusuf Xos Hojibning quyidagi misralarida nuqtalar o‘rniga adibning nimani qafasda yotgan arslonga o‘xshatganini topib, qo‘ying.


«... hovlida (ya’ni qafasda) yotgan arslon kabidir, Ey, qafasdagi (makkor) vahshiy boshingni yeydi».
A) nodonlik B) qalb
C) aql D) til
16. Yusuf Xos Hojib ijodidagi qaysi obrazning bo‘riga qiyoslanishida ularning ochofat va johilligi ta’kidlangan?
A) o‘limning B) dushmanning
C) saroy amaldorining D) lashkarboshining

17. «Qutadg‘u bilig»da yuzga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz kishi tashqi ko‘rinishining yoqimliligiga ishora?


A) arg‘uvon B) oy
C) osh D) gul

18. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshiga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz lashkarboshining doimiy hushyorligiga ishora?


A) arslon B) zag‘izg‘on
C) lochin D) quyon

19. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi misrada ipak gazmol, tikan nimaning ramzi hisoblanadi?


Ko‘ni so‘z irig ul kim aymish, temish, Angar to‘rqu idtim, tikan cho‘g‘lamish.
Mazmuni: Kim aytsa, desa (ham) to‘g‘ri so‘z dag‘aldir, (ya’ni keskin bo‘ladi). Unga ipak gazmol yubordim, u esa tikan tugib yuboribdi.
A) ipak gazmol – taklif, tikan – rad etish
B) ipak gazmol – sovg‘a, tikan – dushmanlik
C) ipak gazmal – do‘stlik, tikan – dushmanlik
D) ipak gazmol – boylik, tikan – nafrat

20. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi bayt qaysi qahramonga tegishli?


Juda aziz axir tiriklik kuni
Bekor ishga sarflab bo‘lmaydi uni.
A) Kuntug‘diga B) O‘zg‘urmishga
C) Oyto‘ldiga D) O‘gdulmishga

21. «Qutadg‘u bilig» badiiyatning yuksak namunasi bo‘lib, bunda shoir nimalardan foydalanadi?


1) go‘zal obrazlar; 2) hayotiy o‘xshatishlar;
3) behad orttirilgan mubolag‘alar; 4) ta’sirchan tamsillar;
5) mo‘jaz ramzlar; 6) lo‘nda istioralar.
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 2, 3, 6 D) 1, 3, 4, 5, 6

22. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan qaysi o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga aylangan?


1) yuzni oyga; 2) tiriklik (hayot)ni rabotga;
3) eligni arslonga; 4) yigitlikni arg‘umoqqa;
5) so‘zni zahar yo shakarga; 6) ko‘ngilni dengizga;
7) ko‘ngilni shishaga; 8) kitobni quyoshga.
A) 1, 2, 4, 5, 6, 7 B) 1, 3, 4, 5, 7, 8
C) 2, 3, 4, 6, 7 D) 1, 2, 5, 6, 8

23. Yusuf Xos Hojib zulmni nimaga o‘xshatadi?


A) yonib turgan o‘tga
B) hayotni so‘ndiruvchi zaharga
C) hamma narsani vayron qiluvchi toshqinga
D) hamma narsani vayron qiluvchi bo‘ronga

24. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo‘riga o‘xshatilishida uning dushmanga ayovsiz va katta kuch bilan dahshat solishi nazarda tutilgan?


A) o‘limning B) dushmanning
C) saroy amaldorining D) lashkarboshining
25. «Qutadg‘u bilig»da yuzga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz qo‘rqib ketgan yoxud noqulay ahvolda qolgan odam yuzining belgisi sifatida keladi?
A) arg‘uvon B) bo‘z
C) osh D) gul
26. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining jang taktikasidagi mohirligi, hiyla va tadbirkorligi nimaga o‘xshatiladi?
A) qoplonga B) arslonga
C) bo‘riga D) tulkiga

27. «Qutadg‘u bilig»da quyosh qanday istioralar bilan ifodalangan?


1) rumiy qizi; 2) sata (marjon); 3) sata qalqoni (marjon shodasi);
4) tong qizi; 5) sara qiz yuzi; 6) yorug‘ yuz.
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 4, 6
C) 1, 2, 3, 5, 6 D) 2, 3, 4, 5, 6
28. Yozma adabiyotimiz tarixidagi ilk yirik asar namunasi hisoblanib, turkiy o‘gitnoma – didaktik yo‘nalishni nihoyatda yuqori darajaga olib chiqqan Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari nechanchi asrda bitilgan?
A) IX asr B) X asr
C) XI asr D) XII asr

29. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» dostonini yozib tugallaganda necha yoshdan oshganligini aytadi?


A) ellik yoshdan B) oltmish yoshdan
C) yetmish yoshdan D) sakson yoshdan

30. «Qutadg‘u bilig» asarining tabdilidan olingan quyidagi ta’rif qaysi qahramonga tegishli?


Eligga yarasin bu san’at-hunarlarim,
(Elig) xursand bo‘lsin, mening tashvishlarim ketsin. Zakovatli, bilimli, yumshoq fe’lli bek emish,
San’at-hunarli va odobli (kishi)larni orzu qilayotgan emish.
A) O‘gdulmishga B) Kuntug‘diga
C) Oyto‘ldiga D) O‘zg‘urmishga

31. «Qutadg‘u bilig» asarida eligning oldida to‘pda o‘tirgan kim?


A) O‘gdulmish B) Oyto‘ldi
C) vazirning qarindoshi D) vazirning o‘g‘li
32. «Qutadg‘u bilig» asarida elig qanday kursi ustida o‘tiradi?
A) oyog‘i uch ayrilik kumush kursi ustida
B) oyog‘i uch ayrilik oltin kursi ustida
C) oyog‘i to‘rt ayrilik kumush kursi ustida
D) oyog‘i to‘rt ayrilik kumush kursi ustida

33. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini aytadi» qismida eligning qo‘lida nima bor edi?


A) urog‘un (dori) B) shakar (sharbat)
C) pichoq D) kursi
34. «Qutadg‘u bilig» qanday ma’noni anglatadi?
A) qut (baraka, ilm) keltiruvchi hunar
B) qut (saodat, baxt) keltiruvchi boylik
C) qut (baraka, ehson) keltiruvchi mehnat
D) qut (saodat, baxt) keltiruvchi bilim
35. Ijtimoiy-siyosiy maydonda arablar hukmronligining yemirilishi va mahalliy mustaqil davlatlarning qaror topishi uning ma’naviy asoslarining ham yangilanishi va mustahkamligini taqozo etar edi. Shunday paytda «Qutadg‘u bilig» asari qaysi davlatning falsafiy-axloqiy yo‘riqnomasi sifatida paydo bo‘lgan?
A) Somoniylar davlatining B) Qoraxoniylar davlatining
C) Temuriylar davlatining D) Chingiziylar davlatining

36. «Qutadg‘u bilig» asari qahramoni Oyto‘ldi kim va nimaning ramzi?


A) elig – adolat ramzi B) vazir – davlat ramzi
C) vazir – aql ramzi D) elig – aql ramzi

37. «Qutadg‘u bilig» asaridagi Kuntug‘di ismiga berilgan to‘g‘ri izohni toping.


A) Kun – Quyosh hammaga bir xil yorug‘lik beradi. Hammani birdek isitadi. Uning uchun katta-kichik, boy-kambag‘alning farqi yo‘q.
B) Kun – Oy hammaga bir xil yorug‘lik beradi. O‘zi ham shu (oy) sifatlidir, goho paydo bo‘ladi, goho mahv bo‘ladi.
C) Kun – Yer hammaga bir xil joy beradi. Hammani birdek ko‘radi. Uning uchun katta-kichik, boy-kambag‘alning farqi yo‘q.
D) Kun – Ezgulik hammaga bir xil oqibat ko‘rsatadi. Hammani birdek ko‘radi. Uning uchun katta-kichik, boy-kambag‘alning farqi yo‘q.
38. «Qutadg‘u bilig»da qaysi ramziy qahramon vafot etadi va bu nimaga ishora qiladi?
A) Oyto‘ldi, ochko‘zlikning oxiri voyligiga
B) Kuntug‘di, adolatsizlikning oxiri voyligiga
C) Oyto‘ldi, davlatning bebaqoligiga
D) O‘zg‘urmish, davlat bebaqoligiga
39. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon dunyoda faqat davlat yoki aql bilan bitirib bo‘lmaydigan ishlar ham borligidan, inson ko‘nglida nozik tuyg‘ular mavjlanib turishidan xabar beradi, shu tuyg‘ularga beparvo bo‘lmaslikka undaydi, umrni behuda o‘tkazmaslik uchun hushyorlikka chaqiradi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
40. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon mushohadali, qat’iy fikrli inson bo‘lib, eligning shaharga kelish haqidagi taklifini rad etadi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

41. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga aylanib ketgan bo‘lib, adib nimani mash’alga va kimyoga o‘xshatgan?


A) kitobni B) bilimni
C) orzuni D) ezgulikni

42. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga aylanib ketgan bo‘lib, adib xalqni nimaga o‘xshatgan?


A) qo‘yga B) qo‘ychivonga
C) oqimga D) dengizga
43. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo‘riga o‘xshatilishidan maqsad uning tajovuzkorligiga, bosqinchiligiga diqqatni tortishdir?
A) o‘limning B) dushmanning
C) saroy amaldorining D) lashkarboshining

44. Yusuf Xos Hojib ijodida qaysi obrazning bo‘riga o‘xshatilishi har ikkisining ham yaxshi-yomonning farqiga bormasligi asosida vujudga kelgan?


A) o‘limning B) dushmanning
C) saroy amaldorining D) lashkarboshining

45. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining hujumkorligi va dushmanga hamlasi nimaga o‘xshatiladi?


A) qoplonga B) arslonga
C) to‘ng‘izga D) filga

46. Yusuf Xos Hojib tun so‘zi o‘rnida qanday istioralardan foydalangan?


1) qora yuz bog‘i; 2) zangi yuzi; 3) hindu qirtishi (qiyofasi);
4) qora soch bo‘dug‘i; 5) qora ko‘ylak; 6) zog‘ rangi;
7) habash qirtishi; 8) tul to‘ni; 9) qunduz terisi; 10) sevuglar qoshi.
A) 2, 3, 4, 6, 7, 9, 10 B) 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9
C) 1, 3, 4, 5, 6, 8, 10 D) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10

47. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon behuda ishlar bilan band bo‘lish, har xil mayda-chuyda orzu-havaslarga ovunib umrni behuda o‘tkazib yuborishdan ogohlantiradi, mudrab borayotgan tuyg‘ularni sergaklantiradi?


A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

48. Yusuf Xos Hojibning quyidagi jumlasida qo‘llanilgan nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying va uning turkcha so‘zlarni nimaga qiyoslaganini toping.


«Men turkcha so‘zlarni singari deb bildim, shunga qaramay, ularni
avaylab-asrab qo‘lga o‘rgatdim».
A) ko‘ldagi oppoq oqqush B) yovvoyi tog‘ kiyigi
C) yirtqich bo‘z bo‘ri D) yovvoyi o‘rmon arsloni
49. «Qutadg‘u bilig» asari haqidagi to‘g‘ri fikrlarni toping.
1) Adib asarda: «Davlat Adolat va Aql bilan boshqarilmog‘i kerak», – degan fikrni ramziy shaklda ifodalagan;
2) Asar so‘ngida ilova qilingan qit’alardan birida adib o‘z ismini ham keltirib o‘tadi: «E Yusuf, kerak so‘zni so‘zla ko‘ni», ya’ni «Ey Yusuf, kerak so‘zni ro‘yi rost so‘zla».
3) Adib asarda turkiy xalqning badiiy-estetik tafakkurining kuchi va qudratini ko‘rsatib bera olgan;
4) Asar qahramonlari ramziylik kasb etadi;
5) Masnaviylar tarkibida to‘rtliklar ham uchraydi;
6) Asar qahramonlarning o‘zaro suhbati asosiga qurilgan;
7) «Qutadg‘u bilig» badiiyatning yuksak namunasi hisoblanib, unda shoir fikri go‘zal obrazlar, hayotiy o‘xshatish va lo‘nda istioralar, ta’sirchan tamsillar hamda mo‘jaz ramzlar bilan ziynatlangan;
8) Adib haqidagi ma’lumotlar, asosan, dostonning o‘zidagina saqlangan.
A) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 B) 1, 2, 4, 6, 8
C) 1, 2, 3, 5, 7 D) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8

50. «Qutadg‘u bilig» asarida adl sifatlari kim tomonidan kimga qarata aytilgan?


A) elig tomonidan O‘gdulmishga qarata
B) Oyto‘ldi tomonidan eligga qarata
C) elig tomonidan Oyto‘ldiga qarata
D) Oyto‘ldi tomonidan O‘gdulmishga qarata

51. Hozirgi Qirg‘izistonning To‘qmoq shahri yaqinida qaysi shaharning xarobalari saqlanib qolgan?


A) O‘tror B) Qashqar
C) Yettisuv D) Quz O‘rdu
52. «Qutadg‘u bilig» asarining tabdilidan olingan quyidagi ta’rif qaysi qahramonga tegishli?
Tili chin, yetuk hamda ko‘zi va ko‘ngli boy edi. Bilimli, zakovatli, hushyor edi.
A) O‘gdulmishga B) Kuntug‘diga
C) Oyto‘ldiga D) O‘zg‘urmishga
53. «Qutadg‘u bilig» asarida nima: «...ishonchsiz, bevafo, qo‘nimsiz narsa... Yurib ketayotib to‘satdan uchadi, uning oyog‘i tayg‘anchiqdir», – deya ta’riflanadi?
A) baxt-davlat B) visol
C) toj-u taxt D) hayot

54. «Qutadg‘u bilig»da mamlakat boshlig‘i nima deb ataladi?


A) «hukmdor» yoki «amir» B) «amir» yoki «bek»
C) «elig» yoki «bek» D) «xon» yoki «elig»

55. «Qutadg‘u bilig» asarida vazir vafot etgach, uning o‘rniga kim vazir bo‘ladi?


A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
56. «Qutadg‘u bilig» asarida elig bilan savol-javoblarda qaysi obraz turli- tuman kasb-hunar, amal-martaba egalari (bek, vazir, elchi, kotib, xazinachi)ning fazilatlari haqida gapiradi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

57. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon taqvodor kishi bo‘lib, u din va diyonatni hamma narsadan ustun ko‘radi? Uning uchun yaxshi kiyim, tansiq taom, har xil o‘yin-kulgilar ketidan borish umrni shamolga berish bilan barobardir. Uning fikricha, inson o‘z qalbini boyitishi, vujudini har xil illatlardan forig‘ qilishi kerak. Buning yo‘li esa ma’rifatdir.


A) Kuntug‘di B) O‘zg‘urmish
C) Oyto‘ldi D) O‘gdulmish

58. Yusuf Xos Hojibning quyidagi misralarida nuqtalar o‘rniga adibning bekni qaysi vahshiy va yovuz obrazga o‘xshatganligini topib, qo‘ying.


«Beklar – bu jur’atli ... ga o‘xshaydi.
G‘azabga kirsa bosh kesadi, ey ravshan fikrli».
A) arslon B) lochin
C) jallod D) bo‘ri
59. «Qutadg‘u bilig»da or-nomussiz kishining yuzi nimaga o‘xshatiladiki, bu bilan shoir uning hech kimga keraksizligi, tashlandiq narsa barobaridagi shaxs ekanini uqtiradi?
A) bo‘zga B) arg‘uvonga
C) suyakka D) oshga

60. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshiga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz lashkarboshining baquvvatligiga ishora?


A) qoplon B) arslon
C) lochin D) fil
61. «Qutadg‘u bilig»ning matn namunalari kimning nashridan olingan?
A) Q. Karimovning B) K. Usmonovaning
C) B. To‘xliyevning D) H. Norimovning

62. Yusuf Xos Hojib ijodida bo‘ri o‘xshatishi qanday obrazlarni yoritishga xizmat qilgan?


1) lashkarboshi; 2) ochko‘z odam; 3) mard; 4) er; 5) o‘lim; 6) dushman.
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 2, 3, 4, 6
C) 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4, 5, 6
63. «Qutadg‘u bilig»da yuzga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz qizil yuz timsoli bo‘lib, qizil yuz go‘zallikning o‘ziga xos «o‘lchov birligi»dir?
A) arg‘uvon B) oy
C) osh D) gul

64. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi bayt haqidagi to‘g‘ri izohlarni toping.


Bo‘dum erdi o‘qteg, ko‘ngul erdi ya, Ko‘ngul qilg‘u o‘qteg, bo‘dum bo‘ldi ya.
Mazmuni:
Qaddim o‘qteg (to‘g‘ri), ko‘nglim esa yoy (dek shay) edi, Ko‘ngil orzulari hanuz o‘qdek, (lekin) qaddim yoy bo‘ldi.
1) Birinchi misrada shoir yoshlikni, kuch-shijoatli davrni qad misolida o‘qqa, ko‘ngilni esa yozga tashbeh beradi;
2) Ikkinchi misrada yigitlik qarilik bilan o‘rin almashgach, keksa dil orzulari hamon ilgarigiday jo‘shqinligini, biroq bu orzu-istaklarni amalga oshirish mushkullashganini obrazli tarzda ifodalaydi;
3) Ikkinchi misrada qadning yoyga o‘xshatilishi zamirida qahramonning mashaqqatli hayot girdobida qolganiga ishora yotadi;
4) Adib qo‘llagan yuqoridagi tashbeh keyinchalik turkiy adabiyotda, jumladan, o‘zbek adabiyotida ham an’anaviy obrazga aylanib qoldi.
A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3
65. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi parchani kim kimga qarata aytgan va o‘z g‘oyalariga ishontira olgan?
Xudo berdi qulga ikki ko‘z, quloq, Ular bilan dunyo, oxiratga boq. Ushlash uchun berdi yana ikki qo‘l, Biri dunyo, biri oxiratga yo‘l.
Ikki oyoq berdi yana yurishga, Biri u yon, biri bunda turishga.
A) O‘gdulmish O‘zg‘urmishga qarata
B) Kuntug‘di Oyto‘ldiga qarata
C) Oyto‘ldi O‘zg‘urmishga qarata
D) O‘zg‘urmish Kuntug‘diga qarata
66. Yusuf Xos Hojib tasvirida «Qutadg‘u bilig» asaridagi qaysi qahramon
«qilmishlari to‘g‘ri, fe’l-u raftori rost, tili chin, yetuk, ko‘zi va ko‘ngli boy, bilimli, zakovatli, hushyor, yomonlarga misli bir olov» edi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

67. Qadimgi turklarda vatan tushunchasi shu vatanga mansub xalq bilan birga tasavvur etilgan bo‘lib, jumladan, «el» so‘zi qanday ma’nolarni ifodalagan?


1) xalq;
4) davlat (saltanat); 2) mamlakat;
5) yurt; 3) o‘lka;
6) nodonlar ahli.
A) 1, 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 6
C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 4, 5, 6

68. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini aytadi» qismida elig Oyto‘ldiga shakarni kim yeyishini aytadi?


A) ilm-ma’rifatli olim
B) oldin zulm ko‘rib, eligdan haq – adolat topgan odam
C) ota-onani rozi qilgan adam
D) eligning onasi
69. «Qutadg‘u bilig»da «el» so‘zining «kun» so‘zi bilan birga kelishi qaysi tushunchalarga teng keladi?
A) «el-u xalq», «yurt», «mamlakat», «vatan»
B) «xalq», «o‘lka», «quyosh», «vatan»
C) «quyosh», «yurt», «mamlakat», «osmon»
D) «el-u xalq», «vatan», «yaxshilik», «ezgulik»
70. «Qutadg‘u bilig»da nechta yetakchi qahramon bor?
A) beshta B) ikkita
C) uchta D) to‘rtta

71. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini aytadi» qismida eligning so‘l tomonida nima bor edi?


A) urog‘un (dori) B) shakar (sharbat)
C) pichoq D) kursi

72. «Qutadg‘u bilig» asari qancha muddatda yozib tugatilgan?


A) 12 oyda B) 19 oyda
C) 15 oyda D) 18 oyda
73. «Qutadg‘u bilig» asarining umumiy hajmi qancha?
A) olti ming olti yuz bayt B) besh ming besh yuz bayt
C) to‘rt ming to‘rt yuz bayt D) uch ming uch yuz bayt
74. «Qutadg‘u bilig» asarida qonun ustuvorligi, yurt osoyishtaligi va farovonligini ta’minlagani bilan shuhrat qozongan podshoh kim?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

75. «Qutadg‘u bilig» asari qahramoni Kuntug‘di kim va nimaning ramzi?


A) elig – adolat ramzi B) elig – davlat ramzi
C) vazir – aql ramzi D) vazir – aql ramzi
76. «Qutadg‘u bilig» asaridagi eng faol qahramon qaysi?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

77. O‘zg‘urmish so‘zining ma’nosini toping.


A) hushyor qiluvchi, sergaklantiruvchi
B) aql bilan ziynatlangan
C) qanoat, ofiyat
D) zohid, sergak

78. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi parcha qaysi qahramonga tegishli?


«Sen tansiq taomlarni, men esa oddiy arpa oshini yeymiz. Uxlab tursak ikkimiz ham och qolamiz. Shunday ekan bunday ovqatlarga ruju qo‘yishdan naf yo‘q. Sen kimxoblarga o‘ralab yurasan, men esa dag‘al yungdan to‘qilgan to‘n bilan kifoyalanaman. Ertaga o‘lim kelsa ikkimiz ham yalang‘och ketamiz-ku!»
A) Kuntug‘di B) O‘zg‘urmish
C) Oyto‘ldi D) O‘gdulmish
79. «Qutadg‘u bilig»da kishining yuzi nimalarga o‘xshatiladi?
1) suyak; 2) oy; 3) osh; 4) anor; 5) bo‘z; 6) arg‘uvon.
A) 1, 2, 3, 4, 6 B) 2, 1, 4, 5, 6
C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 5, 6
80. «Qutadg‘u bilig»da yuzga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz Sharq adabiyotida yuz go‘zalligining (umuman, go‘zallikning ham) ramzi hisoblanadi?
A) arg‘uvon B) oy
C) osh D) gul

81. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» asarini kimga taqdim qiladi?


A) Muhammad Xo‘jabekka B) Ibrohim Bo‘riteginga
C) Tavg‘ach Bo‘g‘roxonga D) Abusaid Mirzoga
82. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?
Mening o‘zim ham shu (oy) sifatlidirman, Goho paydo bo‘laman, goho mahv bo‘laman.
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish
83. «Qutadg‘u bilig» asari qahramoni O‘zg‘urmish kim va nimaning ramzi?
A) elig – adolat ramzi
B) elig – davlat ramzi
C) vazirning o‘g‘li – aql ramzi
D) vazirning uzoq qarindoshi – qanoat (ofiyat) ramzi
84. «Qutadg‘u bilig» asarida zohid kim?
A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

85. «Qutadg‘u bilig» asarida elig yuzini o‘girgan Oyto‘ldiga qarata qaysi xislatning kishi uchun «yaramas»ligini aytadi?


A) shoshqaloqlikning B) yolg‘onchilikning
C) badnafslilikning D) ochko‘zlikning

86. Yusuf Xos Hojib adolatni nimaga o‘xshatadi?


A) hayot uchun zarur kimyoga
B) ko‘ngillarni yorituvchi mash’alga
C) oqib turgan suvga
D) hammani go‘zalligi ila bahramand etuvchi oyga

87. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining tunlari hushyor va bedorligi qaysi obraz(lar)ga o‘xshatiladi?


A) zag‘izg‘onga B) lochin va ukkiga
C) tulkiga D) ukki – boyo‘g‘liga

88. «Qutadg‘u bilig»da qo‘llanilgan quyoshning istioraviy ifodasini toping.


A) rumiy qizi B) sevuglar qizi
C) arg‘uvon qizi D) sart qiz yuzi

89. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon o‘z maqsadi yo‘lida og‘ishmay harakat qiladigan, sabot va matonatli inson hisoblanib, o‘z ishini chala qoldirib, yarim yo‘ldan qaytadiganlar toifasidan emas?


A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

90. Yusuf Xos Hojib ijodidagi qaysi o‘xshatishlar bir necha obrazlarni yoritishga xizmat qiladi?


A) yilqi, qo‘y B) mash’al, arslon
C) yilqi, bo‘ri D) qo‘y, quyosh

91. «Qutadg‘u bilig» asarida «Bekka yaqin bo‘lsang, o‘zingga juda ehtiyot bo‘l» jumlasi qaysi qahramon tilidan aytiladi?


A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

92. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini aytadi» qismida Oyto‘ldi eligdan nega pichoq olib o‘tirganligini so‘raganda, elig qanday javob beradi?


A) «Qirquvchi va kesuvchi bir narsadir, ey unib-o‘suvchi. Ishni adolat yuzasidan hal qilaman».
B) «Ishni adolat yuzasidan hal qilaman, Beg (sifat) yoki qul (sifat) kishilarni ajratib, farqlab o‘tirmayman».
C) «Pichoqdek kesaman, ishlarni bichib tashlayman, Da’vo-tuhmat qiluvchi kishi (ishini) uzatib, cho‘zib o‘tirmayman».
D) «Va dargohimga kelib mendan haq-adolat topsa, Sevinchga to‘ladi va xursand bo‘ladi».
93. Quyidagilar ichidan qadimgi Yettisuvning markazi – Bolasog‘unning ko‘plab nomlaridan birini toping.
A) Qashqar B) Quz O‘rdu
C) Xo‘tan D) Tibet

94. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» dostonini qayerda tugatgan?


A) Bolasog‘unda B) O‘trorda
C) Mashhadda D) Qashqarda

95. «Qutadg‘u bilig» asaridagi qaysi qahramonning fe’l-atvorida barcha ezgu xislatlar mujassam, shunga qaramay, alohida e’tiborni ham talab qiladi?


A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

96. O‘gdulmish (o‘g) so‘zining ma’nosini toping.


A) qanoat, ilm B) adl, adolatli inson
C) aql bilan ziyraklangan D) ofiyat, sog‘lomlik

97. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining mardonavorligi qaysi obrazga o‘xshatiladi?


A) qoplonga B) arslonga
C) bo‘riga D) to‘ng‘izga

98. «Qutadg‘u bilig» asarida elig iltifot bilan boqib, kulib gapirganida unga yuzini o‘girib, javob bermagan qahramon kim?


A) O‘gdo‘lmish B) Oyto‘ldi
C) vazirning qarindoshi D) vazirning o‘g‘li

99. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini aytadi» qismida eligning o‘ng tomonida nima bor edi?


A) urog‘un (dori) B) shakar (sharbat)
C) pichoq D) kursi

100. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining shiddati nimaga o‘xshatiladi?


A) lochinga B) ayiqqa
C) bo‘riga D) qo‘tosga

101. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga aylanib ketgan bo‘lib, adib bekni nimaga o‘xshatgan?


A) bo‘riga B) yo‘lbarsga
C) qo‘ychivonga D) dengizga

102. Yusuf Xos Hojib ijodida yilqi (hayvon) o‘xshatishi qanday obrazlarni yoritishga xizmat qiladi?


1) nodon odam; 2) bilimsiz kishi; 3) zakovatsiz shaxs;
4) ochko‘z inson; 5) yomon xulqli kishi; 6) yaramas odatli kishi.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6
C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 3, 5, 6

103. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» asari uchun qanday lavozim bilan taqdirlanadi?


A) lashkarboshilik lavozimi B) xos hojiblik lavozimi
C) mirzalik lavozimi D) miroblik lavozimi
104. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini aytadi» qismida elig Oyto‘ldiga urog‘unni kim ichishini aytadi?
A) o‘zi zo‘ravon-zolim va to‘g‘rilikdan qochadigan odam
B) o‘zi behayo va or-nomussiz odam
C) o‘zi baxil va hasadgo‘y odam
D) o‘zi takabbur va boshqalarni mensimaydigan odam
105. Quyidagi qaysi asarlarda arab alifbosidagi «yo» harfi qadimgi yozma manbalardagi, shuningdek, xalq og‘zaki ijodidagi kamon bilan bog‘lanib ketadi?
A) «Qutadg‘u bilig» va «Devonu lug‘ot at-turk» asarlarida
B) «Qutadg‘u bilig» va «Qisasi Rabg‘uziy» asarlarida
C) «Muhabbatnoma» va «Hibat ul-haqoyiq» asarlarida
D) «Muhabbatnoma» va «Devonu lug‘ot at-turk» asarlarida
106. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshiga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz lashkarboshining kuchliligi, yovga dahshat solishiga ishora?
A) arslon B) bo‘ri
C) lochin D) to‘ng‘iz

107. «Qutadg‘u bilig» asarida davlat va boylikning abadiy emasligi qaysi obraz tomonidan tushuntirilgan?


A) O‘gdulmish B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi D) O‘zg‘urmish

108. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramonlarning savol-javoblari ba’zan keskin munozara darajasiga yetadi?


A) O‘gdulmish va O‘zg‘urmishning B) Kuntug‘di va Oyto‘ldining
C) Oyto‘ldi va O‘zg‘urmishning D) O‘zg‘urmish va Kuntug‘dining
109. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining qasoskorligi nimaga o‘xshatiladi?
A) lochin va quzg‘unga B) ayiq va tulkiga
C) qo‘tos va tuya erkagiga D) ukki va bu


Yüklə 110,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə