Quv yilining 1 – semestrida bajarilishi bo


II. MAGISTIRLIK DISSERTATSIYASINI BAJARILISHINING KALENDAR REJASI BO



Yüklə 47 Kb.
səhifə2/2
tarix22.12.2022
ölçüsü47 Kb.
#97596
1   2
1-Semestr hisobot. Xudayberdiyev Ravshan

II. MAGISTIRLIK DISSERTATSIYASINI BAJARILISHINING KALENDAR REJASI BO'YICHA:


II.1 Tadqiqot o'tkazishga tayyorgarlik

Dissertatsiya mavzuim “LMS-ta`limni boshqaruv tizimlari modulini innovatsion texnologiyalar yordamida o`qitish metodikasi”. Mening tadqiqot mavzuim xozirgi davr uchun o'ta dolzarb hisoblanadi. Shu bois, uni ilmiy rahbarim (D.Abdurahimov ) bilan o'zaro maslahatlashib, uning tavsiyasi bo'yicha tanladik.


Tadqiqot uchun muhim bo'lgan usul va yo'nalishlar ro'yxatini tuzish uchun ma'lumotlar to'pladim. Keltirilgan usul va yo'nalishlarni o'rganib chiqib, ulardan asosiy va yordamchilarini tadqiqot o'tkazish uchun tanladim. Ilmiy-tadqiqot muammosini shakllantirdim va tavsifladim. Tadqiqot jarayonida javoblar olinadigan savollarni tuzdim.
Tadqiqot dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyatga egaligini asosladim. Tadqiqot mavzusi bo'yicha mavjud vaziyatlar tasnifi va nuqtayi nazarlar qiyosiy tahlilini amalga oshirdim.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyatiga egaligini asoslash.
“LMS-ta`limni boshqaruv tizimlari modulini innovatsion texnologiyalar yordamida o`qitish metodikasi” mavzusi bo'yicha mavjud klassifikatsiyani qiyosiy taxlilini amalga oshirish. Xulosalarda muammolarning o’rganilganlik darajasi, ilmiy (nazariy) jixatdan yangilik alomatlari, tadqiqot mavzusini dolzarbligini aks ettirdik.
Xulosalar amaliy (qo'shimcha) jihatdan yangilik alomatlari, tadqiqot mavzusining dolzarbligini aks ettirdik.


II.2 Ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish:

“LMS-ta`limni boshqaruv tizimlari modulini innovatsion texnologiyalar yordamida o`qitish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya mundarijasini shakllantirdim.


Magistrlik dissertatsiyasining struktura-mantiqiy sxemasini tuzdim. Maqsad, masalalar va gipotezaga muvofiq tadqiqot usulini tanladik va asosladik. Tadqiqot terminalogiyasini aniqladik: asosiy tushunchalarni tahlil etib solishtirdik, tasnifladik, umumlashtirish orqali terminalogiyaga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritdik.


II.3 Tadqiqotni amalga oshirish: materiallar yig'ish:

Olingan ma'lumot natijalarini yangilik, ob'ektivlik va mantiqiylik, ishonchlilik va butunlik (to'liqlik) talablariga javob berishni iqtisodiy statistika usullari qo'llagan holda tekshirdik.


Haftada ikki kun ilmiy rahbarim bilan dissertatsiya mavzusi yuzasidan maslahatlar olyapman. Shu bilan birga xorij olimlari tomonidan mazkur mavzu yuzasidan bajarilgan ilmiy ishlar bo'yicha adabiyotlar to‘pladim.
Kalendar ish rejasi asosida belgilangan jadval bo'yicha kafedraga hisobot berib, ushbu semestr yakuni bo'yicha fakultet kengashiga va Magistratura bo'limiga yozma hisobot taqdim etyapman. Ilmiy-tadqiqot ishlari bo'yicha rejalashtirilgan tadbirlarning ijrosi yuzasidan ilmiy rahbar bilan kelishgan holda yozma hisobotlar tayyorlab boryapman. Ayni damda ilmiy ishim 25 foizi tayyor holga keltirilgan. Dissertatsiya bo'yicha ichki va tashqi taqrizlar xamda ilmiy rahbar xulosasi olingan. Taqdimotlar tayyorlab, kamchiliklar va qo'shimchalar ustida ishlamoqdaman.


Magistrant: R. Xudayberdiyev
Ilmiy rahbar: D. Abdurahimov
Amaliy matematika va axborot
texnologiyalari kafedrasi mudiri: S. Qulmamatov
Yüklə 47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə