Namangan pedagogika kolleji



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə1/73
tarix23.05.2022
ölçüsü1,35 Mb.
#87773
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Madina o\'qitish materiallari 9196




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI


Namangan viloyati maktabgacha ta`limi
boshqarmasi

NAMANGAN PEDAGOGIKA KOLLEJI
TASDIQLAYMAN”
Namangan pedagogika kolleji direktori_____________I.I. Nurmatov
“_____” ____________2021-yil

MUSIQA NAZARIYASI” FANIDAN




O‘QITISH MATERIALLARI
Tayyorlov yo`nalishi: 0.11.01.00-Musiqiy ta’lim
Kasbi: 4.11.01.01- Musiqiy raxbari
Kvalifikatsiyalar: 1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa xodimi

O’qitish materiallar to’plamini “Maktabgacha ta’lim” kafedrasining “___” dekabr 2021 yildagi “___”-sonli yig’ilishida muhokama etildi va ma‘qullandi.


Namangan pedagogika kolleji pedagogik kengashining “___”dekabr 2021 yildagi “___”-sonli yig’ilishida o’quv jarayoniga qo’llashga tavsiya etildi.


Tuzuvchi: M. Tursunpo’latova “Maxsus fan” o'qituvchisi


NAMANGAN – 2021 yil


To‘plamning muallifi to‘g‘risida ma’lumot.

O’qituvchining FISH: Tursunpo’latova Madinabonu Xalimjon qizi


Ma’lumoti: Tugallanmagan Oliy
Mutaxassisligi: Musiqa o’qituvchisi
Pedagogik ish staji: 6 - yil
Ish joyi: Namangan pedagogika kolleji
Elektron pochta manzili:
Telefon raqami +99893-593-91-96
MUNDARIJA:
1. Musiqa nazariyasi fanidan taqvimiy-mavzular rejasi
2. Fanning ta’lim texnologiyasi
3. Mavzular to`plami
4. Baholash vositalari
5. Vizual –didaktik resurslar


Annotatsiya

Ushbu majmuada pedagogika kollejlarida musiqa fani bo`yicha ta`lim oladigan oluvchilari uchun “Musiqa nazariyasi” fani bo`yicha dastur bajarilishining taqvim rejasi, fanning ta`lim texnologiyasi, mavzular to`plami, amaliy va mustaqil ishlarni bajarish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar, baholash mezonlari, vizual didaktik resurslar va boshqa materiallar keltirilgan bo`lib, o`qituvchilar ta`lim oluvchilarga ushbu to`plamdan foydalanib bilim va ko`nikmalar berar ekan, uni o`zlashtirish davomida ular o`zlari uchun zarur nazariy ma`lumotlarni oladilar va amaliy ko`nikmalarga ega bo`ladilar.


Shu bilan birga mustaqil ishlash malakasiga ham ega bo`ladilar. Fan o`qituvchilari esa o`qitish sifatini oshiradilar.


Kirish


San’at mazmuni — hayot, atrofimizdagi voqelik, insonning o‘zi va uning ichki dunyosi, o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ularidir. san’at in- son faoliyatining boshqa turlaridan farqli ravishda badiiy obraz- lar yaratish orqali voqelikni o‘zlashtiradi. U kishining hissiyoti va ongiga bevosita ta’sir qiluvchi shaklda olamni go‘yoki yangidan yaratadi. Lekin san’atkor hayotni, hodisani, narsalarni nusxa qilib ko‘chirmaydi. U biror obrazga xos bo‘lgan eng umumiy, tipik xu- susiyatlarni saralab olib, ularning hammasini anglab tushunib, obraz qiyofasini o‘zgartiradi, so‘ng uni rasm, she’r, musiqa asa- ri shaklida gavdalantiradi. Albatta, har qanday san’atkorning asa- ri muallifning shaxs hissiyotini o‘z ichida saqlab qoladi. Chunki tashqi dunyoning obyektiv materiali san’atkorning ongida alohida qayta ishlab chiqilib, original, o‘ziga xos ijod bo‘lib qayta vujud- ga keladi. Biroq, shu bilan birga har bir ijodiy asar jamoat ongi- ning mahsuloti deb ham hisoblanadi Musiqa1 — ohang (intonatsiya) san’ati, sadolarda ifodalan- gan voqelikning badiiy aksidir. U borliqni o‘ziga xos tarzda aks ettirib, uni boyitadi, hamda uni tushunib olish va o‘zgartirishga yordam beradi. Ma’lumki, musiqa jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydi. Musiqa insonning turmush tarzi va ijtimoy hayotida, mehnat va dam olish chog‘larida albatta ishtirok etadigan bo‘lib, kishini ma’naviy qadriyatlarga erishtiradigan noyob vositadir. U shaxsning ma’naviy olamini, axloqiy maqsadlarini shakllantiruvchi estetik tarbiyaning samarali quroli hisoblanadi. Musiqaning o‘zi, uning yaratuvchilari, ijro etuvchilari, tinglovchilaridan iborat mu­siqa madaniyati jamiyat madaniyatidagi muhim bir sohadir.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə