Namangan pedagogika kolleji



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə8/73
tarix23.05.2022
ölçüsü1,35 Mb.
#87773
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73
Madina o\'qitish materiallari 9196

1-ilova.
2-ilova.



REJA:
1Musiqa tizimi haqida umumiy ma’lumot
2 Tovushqator haqida umumiy tushuncha
3Tovushlar engarmanizimi haqida umumiy ma’lumotlar


3-ilova. Tezkor savollar



2 Engrmanizim so’zining ma’nosi



Tovush qatori nima?


4-ilova. Tushunchalar tahlili.



Izoh

Tushuncha


Musiqiy tizm




Musiqiy tizim dеb milliy va tarixiy o‘ziga xosligidan kеlib chiqqan muayyan bir musiqiy madaniyatda tatbiq qilingan tovushlar oralig‘idagi o‘zaro nisbatlarning uyg‘unligiga aytiladi


7-ilova

2-Mavzu: Musiqa tizimi, tovushqator, pog`onalar. Tovushlar engarmonizmi.


REJA:
1)Musiqa tizimi haqida umumiy ma’lumot
2) Tovushqator haqida umumiy tushuncha
3) Tovushlar engarmanizimi haqida umumiy ma’lumotlar
Musiqiy tizim dеb milliy va tarixiy o‘ziga xosligidan kеlib chiqqan muayyan bir musiqiy madaniyatda tatbiq qilingan tovushlar oralig‘idagi o‘zaro nisbatlarning uyg‘unligiga aytiladi. bosh-qacha aytganda, barcha musiqiy tovushlar majmui musiqiy tizimni hosil qiladi. Tizim tovushlarining o‘z balandligiga qarab yuqorilama yoki pastlama tartibda kеtma-kеt joylashishiga musiqiy tizimning to-vushqatori, tizimning tovushiga esa pog‘ona dеyiladi. Pog‘onalarni tovushqatordagi joylashuv tartibiga ko‘ra rim raqamlari bilan belgillanadi: birinchi pog‘ona — I, ikkinchisi — II, keyingilari — III, IV, V va hokazo. Pog‘onalardan asosiylari bo‘lib yеttitasi hisoblanadi va har bittasiga mustaqil nom bilan lotincha alifboning harfi biriktirilgan: Zamonaviy musiqa tizimi va uning tovushqatori odam qulog‘i eshita oladigan 88 ta tovushdan iborat. Bularning hammasini fortepyano yoki royal («cholg‘ular qiroli»)da chalib eshitish mum- kin. Fortepyano klaviaturasi2 oq (52 ta) va qora (36 ta) klavishlarga ajratilgan. Uning chap tomonida balandligi past tovushlar, o‘rtasida o‘rta balandlik tovushlar, o‘ng tomonida baland tovush­lar joylashadi.Yuqorida aytilganidek, tovush- qatorning atigi yettita, asosiy po- g‘onasi nom olgan va ular klaviatura- ning faqat oq klavishlariga muvofiq:
Demak, butun klaviaturaning 52 ta asosiy pog‘onasi yettita nom bilan aytib chiqiladi: do, re, mi, fa, sol, la, si, do, re, mi, fa, sol, la, si, do, re,
mi va hokazo. Bunday holat tabiiy soz tovushqatori bilan bog‘liqdir. Har qanday tovushdan bosh- lab (uni asosiy ton qilib olsak) yuqoriga qarab sanaganda, tovush- qatoridagi sakkizinchi pog‘onasi uning birinchi obertoni bo‘lib chiqadi. Asosiy ton bilan birinchi obertonining jarangi esa akusti- ka jihatidan butunlay uyg‘unlashib ketadi. Shunday ekan, har sak­kizinchi pog‘ona birinchi pog‘onaning boshqa balandlikdagi takrori bo‘lib, uning nomi bilan ataladiganldi. Andreas Verkmeyster tomonidan ilmiy asoslangan bo‘lib, tovush- lar engaronizmi3 muammosini yechadi. Endi sof sozdagi ziddiyatlar bartaraf qilinib, balandlik bo‘yicha yaqin joylashgan tovushlarning jarangi tekislanadi, ya’ni ikkita qo‘shni pog‘ona bitta balandlikka ega bo‘lishi mumkinligi katta ahamiyat kasb etadi. Musiqada yangi mazmun va obrazlarni gavdalantirishda turli-tuman tonalliklar, murakkab akkordlar, modulatsiyadan foydalanish, cholg‘u asbob- larining rivojlanishi, ularning ifodaviy va ijrochilik imkoniyatlari kengayishiga yo‘l ochiladi. Lekin, bu sozning ham kemtik tomonlari mavjud. Aynan tovushlar engarmonizmi tufayli tovushlarning o‘zaro intilish kuchi pasaygan. Shuning uchun, bir ovozlik kuyla- rining ohangi o‘z ifodaviyligida biroz so‘ngan. Balandligi bir xil, ammo nomlanishi va yozilishi har xil bo‘lgan pog‘onalar tеngligiga tovushlar engarmonizmi deyiladi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə