R. A. Norov t f. n., dotsent, Toshkent


"Metrologiya to`g`risida"gi qonunning asosiy tamoyillari



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə3/28
tarix13.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#110027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Standartlashtirish va sifat nazorati-fayllar.org

1.2. "Metrologiya to`g`risida"gi qonunning asosiy tamoyillari
O`zbekiston Respublikasining "Metrologiya to`g`risida"gi qonuni 1993 yil 28 dekabrda kuchga kirgan.
Qonun 5 bo`lim va 21 moddadan iborat.
1-bo`lim. Umumiy qoidalar.
2-bo`lim. Fizik o`lcham birliklari, ularni qayta hosil qilish va qo`llash.
3-bo`lim. O`zbekiston Respublikasining metrologiya xizmatlari.
4-bo`lim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati.
5-bo`lim. Metrologiya ishlarini moliyaviy ta'minlash.
Metrologiyada quyidagi asosiy tushunchalar qo`llanilgan:
- metrologiya – o`lchovlar, ularning yagona birlikda bo`lishini ta'minlash usullari va vositalari, hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo`llari haqidagi fan;
- yagona o`lchov birligi – o`lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birlikda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma'lum bo`lgan o`lchov holati;
- o`lchov vositasi – o`lchovlar uchun foydalaniladigan normalangan metrologik xususiyatga ega bo`lgan texnika vositasi;
- birlik etaloni – fizik o`lcham birligini boshqa o`lchov vositalariga o`tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo`ljallangan o`lchov vositasi;
- davlat etaloni – vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O`zbekiston Respublikasi hududida o`lchov birligining o`lchami sifatida e'tirof etilgan etalon;
- metrologiya xizmati – davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog`i hamda ularning o`lchovlari yagona birlikda bo`lishini ta'minlashga qaratilgan faoliyati;
- o`lchov vositalarini tekshiruvdan o`tkazish – o`lchov vositalarining belgilab qo`yilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;
- o`lchov vositalarini kalibrlash – metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o`lchov birliklarining qo`llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui.
Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo`yicha milliy organ – O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi "O`zstandart" amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasida Xalqaro o`lchamlar tizimi (SI)ning fizik o`lcham birliklarini belgilangan tartibda qo`llashga yo`l qo`yiladi. Fizik o`lcham birliklarining nomi, belgisi, ularni yozish va qo`llash qoidalari "O`zstandart" agentligining taqdimnomasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog`ida, kontrakt shartlariga muvofiq, fizik o`lchamlarning o`zga birliklari ham ishlatilishi mumkin.
Fizik o`lchamlarning birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta tayyorlanadi.
Foydalanishda bo`lgan o`lchov vositalari o`lchov natijalarining qonunlashtirilgan birliklarda belgilab qo`yilgan aniqlikda bo`lishini ta'minlashi va qo`llash shartlariga mos kelishi lozim.
O`lchovlarni bajarish uslubiyatlari o`lchov natijalarining xatoliklarini baholashni o`z ichiga olishi va o`lchov o`tkazishning mavjud sharoitlarida belgilab qo`yilgan aniqlikni ta'minlashi lozim. O`lchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan, o`lchovlarning bajralish uslubiyatlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim.
O`zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati, davlat metrologiya xizmatidan va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi.
Davlat metrologiya xizmati organlari, davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo`lgan hollarda o`lchovlarning yagona birligini ta'minlash bo`yicha ishlarni bajarish va metrologiya nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob’yektlari hisoblanadi:
- etalonlar;
- o`lchov vositalari;
- moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
- axborot-o`lchov tizimlari;
- o`lchovlarni bajarish uslubiyatlari;
Davlat tomonidan quyidagilar:
- metrologiyani rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish;
- metrologiya sohasida rasmiy axborotlar bilan ta'minlash;
- metrologiya bo`yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida qatnashish va metrologiya bo`yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish;
- metrologiya sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
- metrologiya bo`yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o`zga ishlarni o`tkazish;
- o`lchovlarning yagona birligini ta'minlashga doir "O`zstandart" agentligi tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
- fizik o`lcham birliklarining etalonlarini va o`ta aniq namunaviy o`lchov vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qo`llash, sotib olish va asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta'minlash;
- davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga doir ishlar albatta byudjetdan moliyaviy ta'minlanishi shart.


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə