R e j a Falsafada ong va ijod muammosi



Yüklə 43,8 Kb.
səhifə3/4
tarix31.03.2023
ölçüsü43,8 Kb.
#103912
1   2   3   4
8 Мавзу Сунъий интеллект ва инсон муаммоси

KOMPYuTER VA BILISh
Kompyuter texnologiyasini taraqqiy etishi bilan kompyuterlarda bilimni ifodalash muammosi kelib chiqdi.
Sun’iy aql mutaxassisliklari inson bilimi bilan kompyuter ishlab chiqqan ma’lumotni tabiatan bir xil narsa deb talqin qila boshladilar. Hozirgi zamon ingliz faylasufi B.Blumfild kinoya bilan qo’yidagilarni yozadi: “Tahlil qilish va baholash tizimlari texnikasi shunday ajoyib taraqqiy etdiki, “Bilim” tushunchasini sun’iy aql mutaxassislari kashf qilmagan bo’lsa ham, har holda ular shu narsani tushunish sohasida monopoliyaga egadirlar u haqda qanday fikrlash, mulohaza yoritish faqat ularga ma’lum. Qisqasi, shu narsa ayonki, agarda siz bilish xususida biror narsani aniqlamoqchi bo’lsangiz, unda “sun’iy aql”a mutaxassisga murojaat qilishingiz kerak”.
Bilish falsafa nazarida ko’p bosqichli, ko’p tomonlama ijtimoiy–tarixiy hodisa bo’lib, u shuuriy, noshuuriy, g’ayrishuuriy jarayonlarni o’z ichiga oladi, ijtimoiy taraqqiyot davomida uni shakllari, unsurlari va vositalari murakkablashadi. Falsafa bilishni mohiyatini, umumiy qonuniyatlarini, insonni borliqqa bo’lgan munosabati doirasida bilishni tutgan o’rnini, inson hayoti va faoliyati tizimida egallashgan mavqeini o’rganadi.
Ayni paytda maxsus fanlar ham bilish jarayonini turli xislatlarini, semiotik, psixologik, evrestik tomonlarini tadqiqot qiladilar.
Faylasuflar va sun’iy aql bo’yicha mutaxassislarni qiziqtiradigan muammo – kompyuterdagi ma’lumot bilimi yoki bilim emasmi degan savoldir.
Amerikalik olim A.Nyuellni fikricha kompyuterdagi ma’lumotlar tizimini bilish, kompyuterni o’zi esa bilim sohibi, bilish subyekti desa bo’ladi.
Rossiyalik olim G.S.Pospelovni nuqtai nazarida EHM kompyuter bilim egasi, balki insonni bilish faoliyatida vositachi predmet rolini uynaydi. “EHM-deb yozadi G.S.Pospelov kishilarni shuuriy faoliyati uchun uskuna xizmatini bajaradi”, “sun’iy aql” deb atalgan ilmiy yo’nalish esa bu uskunaga yangi sifat bag’ishlaydi, samarali istiqbol ochib beradi”1.
Faylasuflar P.V.Alekseyev va A.V.Paninni baholashlaricha kompyuter tizimi bilishda murakkab texnik uskuna rolini uynab inson to’plagan bilimni obyektivlashtirish vositasi bo’lib xizmat qiladi, insonlarni ijtimoiy tarixiy tajribasini, nazariy va amaliy faoliyatiga doir tasavvurlarni ma’lumot shaklida o’zida mujassamlashtiradi. Ayrim tadqiqotlarni fikriga qraganda ma’lumotlar kompyuterda dastur asosida qayta ishlanganda kompyuterli modellashtirish jarayonini keltirib chiqaradi, kompyuterli modellashtirish orqali esa ma’lumotlar bilimlar majmuasiga aylanadi.
MA’LUMOTLAR-MA’LUMOTLARNI QAYTA - KOMPYuTERDAGI BILIMLAR IShLASh, UMUMLAShTIRISh MAJMUASI


Aslida kompyuterga tashqaridan kiritilgan ma’lumot bilimga aylanadimi yoki yo’qmi? A.Nyuellni fikricha falsafa aql tabiati bilish mohiyati,bilishni naqadar ishonchli, to’g’ri ekanligi, bilishni obyektga haqiqat nuqtai nazarda munosabati masalalari bilan qiziqib kelgan. Sun’iy aql mutaxassislari kompyuterdagi ma’lumotlar tizimi xatoga yo’l qo’yishini tan olsalar ham , lekin bari bir bu tizimni bilish tizimi deb belgilaydilar. Sun’iy aql yo’nalishi mutaxassislarining fikricha kompyuter ishonchli tizimlar bilan ishlaydi. Mutloq to’g’ri, ishonchli haqiqat muammosiga befarq qaraydi.


FALSAFADA
(A) (B)
Bilish subyekti – bilish shakllari, usullari va vositalari
(V) (G)
Tafakkur jarayoni – bilish (tushuncha) - obyekt
A – B – V – G
Kompyuter BGa ta’luqli, insonni bilish qobiliyatini kuchaytiradigan vosita.


INFORMASION TEXNOLOGIYa VA SUN’IY AQL MANTIG’I
Hozirgi davrda informasion – kompyuterli inqilob jarayoni sodir bo’lmoqda. Bu inqilob falsafaga, bilish nazariyasiga ta’sir qilmay qo’ymaydi.
Informasion – kompyuterli inqilobni ajoyib natijalardan biri “intellektual texnologiya” tizimini yaratish bo’ldi. Intellektual texnologiya turli unsurlardan tashkil topgan.
Bularga: kompyuterlar, dasturlar, bilimni kompyuterda gavdalantiradigan modellar, freymlar kiradi.
Informasion texnologiyani ma’lumotli yoki bilimli asosini informasion tizim tashkil qiladi.
Shuni aytish kerakki, o’ziga xos informasion tizimlar hayvonlarda, inson faoliyatida, kompyuterlarda mavjuddir.
Informasion tizim mantiqiy hukmlar tuzish, tahlil va umumlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash, tashqi obyektlarni tahlil qilishga qodir bo’lsa u intellekiual tizim hisoblanadi.
Kompyuterlar mantiqni qonunlari va algoritimlarga asoslangan dastur bo’yicha operasiyalarni (amallarni) bajaradilar.
Ikki ma’noli mantiq
Ko’p ma’noli mantiq
Potfizoda Lotari Zodani noaniq ma’noli mantiq ta’limoti. Kompyuterda ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida hosil bo’lgan modelni (bu model biron bir hodisa yoki jarayonni tasvirlaydi, ifodalaydi, ma’lumot beradi) gavdalantirilgan bilim deyish mumkin. Informasion muloqot jarayonida tashqarida gavdalantirilgan bilim axborot shaklida kompyuterda mavjud bo’ladi. Insondagi bilim “jonli” ya’ni ong osti psixik (ruxiy) jarayonlar, idrok, aql, iroda, maqsad kabi subyektiv omillar va hodisalarni murakkab o’zaro ta’sirini mujassamlashtirilgan ma’naviy hosila sifatida paydo bo’ladi.
Kompyuterdagi gavdalantirilgan bilim asosan formal mantiq asosida paydo bo’lgan ma’lumotlar va modellar tizimdir.
Kompyuterda gavdalantirilgan bilim ma’lum tuzilishiga, strukturaga ega. Bunday struktura kompyuterda sodir bo’ladigan operasiyalarni ketma-ketligini, bir tahlil qilish va umumlashtirish darajasidan ikkinchisiga bosqichma-bosqich o’tishini belgilaydi.
A. Nyuelni izdoshi Z.Pilishin intellektual tizimlarga xos bo’lgan funksional arxitekturalar tushunchasini ishlab chiqdi.
Funksional arxitektura aqliy jarayonni (hisoblash, tahlil qilish, tavsiflash kabi funksiyalarni) amalga oshiradigan, ma’lum tuzilishga ega bo’lgan operasiyalar (bajariladigan ishlar) tizimdir.


MIYa VA KOMPYuTER ANA ShUNDAY TIZIMLARDIR.
1968 yilda M.Killian semantik turlar uslubini taklif etdi. Bunda u kompyuter uchun tayyorlangan va dasturga kiritilgan atamalarni mazmunini bilan barcha, bir butun matnlar, funksional arxitekturalar mazmuni va ma’nosini oldingi tajriba, yangi kiritilayotgan ma’lumotlar konteksti, turli sharoitlar va omillar ta’sirida o’zgarishi mumkinligini hisobga olgan.
Oldingi intellektual modellar, ular asosini tashkil etgan dasturlar aynan, o’zgarmas ma’noni bildiruvchi mantiqiy predikatlar va hukmlardan tuzilgan. Killiani esa modellarning unsurlari bo’lgan hukmlar yoki matnlar blokini ma’nosini o’zgarishi mumkin, degan fikrni bildirdi. Ma’noni o’zgartiruvchi omil-o’zgargan vaziyat, o’zgartirib borayotgan holatdir.
An’anaviy dedektiv xulosa chiqarish chin hukmlardan (asoslardan) faqat chin oqibat, xulosa kelib chiqadi degan da’voga tayanadi.Lekin o’zgargan vaziyat hisobga olinadigan bo’lsa, unda xukm va xulosani ma’nosi ham o’zgarishi mumkin.
Masalan: FILLAR 4 OYoKKA EGA
BETSI – fil


Aytaylik , xulosa chiqarish paytda Betsini oyog’i operasiya qilindi, amputaksiya qilindi. Unda xulosa yolg’on bo’lib chiqadi.
80-yillarni boshlarida sun’iy aql yo’nalishini asoschilaridan biri Dj.Mokkarti insonlarni fikrlash uslubi yoki jarayoniga yaqin keladigan noaynan mantiq, ma’nosi o’zgaruvchan hukmlar mantig’i g’oyasini olg’a surdi. Noaynan mantiq, o’zgargan sharoitlarni hukmlar ma’nosida aks ettirib tuzatish kiritish qoidasini ta’riflaydi.
M.Killian va J.Makkartini g’oyalari keyinchalik “uchrashib” semantik turlar g’oyasini keltirib chiqarishda muxim rol uynaydilar.
Matematik model ko’rinishida semantik turlar belgilar orqali ifodalangan grafalarni tashkil qiladi. Grafadagi chiziqlar uchrashgan bug’unlarda ma’nolariga qarab tartiblashtirilgan tushunchalar joylashgan.
Tushuncha yoki atamalarni joylashishi mazmun va ma’nosiga qarab ma’lum tomonga yo’naltirilgan bo’ladi.
Kalian va Makkarti g’oyalari ko’p jarayonli kompyuterlar tizimida, shunday tizimlar majmuasini funksiyalarini boshqarish ishida tatbiq қilina boshlandi.
Корнеги-Меллан университети аспиранти “Теран тафаккур” деб номланган компютерли шахмат дастурини яратдилар. Бу дастур шахмат рейтингида олий категория малакасига мувофиқ келадиган юқори ўринни эгаллади. Жаҳон чемпиони Гарри Каспаров билан ўтказилан иккита матчда “Теран тафаккур” шахмат дастури мағлуб бўлди. Дастур муаллифлари Каспаров компютерни адаштиришга, хато йўл юришга мажбур қилган ҳолатни вужудга келтирди деб таъкидладилар.



Yüklə 43,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə