R e j a Falsafada ong va ijod muammosi


Bilimni kompyuterda gavdalantirish va freym g’oyasi



Yüklə 43,8 Kb.
səhifə4/4
tarix31.03.2023
ölçüsü43,8 Kb.
#103912
1   2   3   4
8 Мавзу Сунъий интеллект ва инсон муаммоси

Bilimni kompyuterda gavdalantirish va freym g’oyasi
Aqliy semantik tizimlar nazariyasini yaratishda freym g’oyasini ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu g’oyani M.Minski va R.Shenk yaratganlar.
Freymlar – bu maxsus bilishga oid tuzilmalar bo’lib, hodisalar yoki hodisalar turkumi haqida bir butun ma’lumot beradi. Sun’iy aql va informasion texnologiya sohalarida freymlar, ular asosida tuzilgan tillar, ma’lumotlar kompyuterlarda bilimni gavdalantirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
“Freym” atamasini Minski biron-bir obyektni modelini kompyuterda tuzish jarayonida ishlatishni tavsiya etgan. M.Minskini fikricha inson o’zi uchun yangi bo’lgan vaziyatni yoki hodisani bilishga harakat qilar ekan, o’zini xotirasidan bir-biri bilan bog’langan obrazlarni , biz Freym deb atagan tasavvurlar o’ramini chiqaradi, shu orqali ma’lumdan noma’lumga yoki noma’lumdan ma’lumga o’tadi, ma’lumotga kengroq tafsilot beradi, jarayonni chuqurroq tushunib oladi.
Demak freymlar ayrim tasavvurlar yoki hukmlarni bir-biri bilan bog’lovchi, semantik grafa ko’rinishga ega bo’lgan bilim blokidir. Freymlarni majmuasidan ega tushunchaviy (aqliy) tur kurinishga ega bo’lgan bir butun tavsif, tafsilot hosil bo’ladi.
Hissiy obrazlar majmuasidan sensitiv ya’niy xissiy freymlar hosil bo’lishi mumkin. Bu yerda “freym” tushunchasi insonni xotirlash va bilish qobiliyatiga nisbatan tatbiq qilinmoqda.
Kishi xonaga kirib “stul” deb atalgan predmetni ko’rishni ktsa, u stol freymiga ega. Bu freymni qismlari: “to’rt oyoq”, “to’rt yon tayanch”, “o’tirgich”, suyangich” kabilardir. Konkret estetikasi, dizayni, yoki stulni bezaklari insondagi “stul” freymini boyitadi.
Insonni bilish freymiga ko’rish jarayonida hosil bo’lgan idrok, qabullash signallarigina emas, balki belgi, ramziy axborotni qayta ishlash natijalari ham ta’sir ko’rsatadi. Masalan deydi M.Minskiy hikoyani o’qishga kirishgan kishi nima xaqida yozilganini bilmasa ham, hikoyani umumiy freymiga ega. Bu freymni terminallarida bo’sh joylar bo’lib, ular muxit, bosh qahramon asosiy hodisa va boshqa ma’lumotlar bilan to’ldiriladi.
Inson o’z xotirasida turli xil faoliyatlarni namoyon etish, tashqi sharoitni bilish, tushuntirish va isbotlashni amalga oshirish, uchun kerak bo’ladigan freymlarga ega. Bu freymlar, ularni shakllantirish usullari hayot jarayonida rivojlantiriladi.
M.Minskiyning fikricha ning Freym g’oyasi T.Kunning “Paradigma” siga o’xshab ketadi. Компютердаги дастур кўрсатма, алгоритм, фрейм ва слотлардан иборат бўлган тизимдир. Фрейм дастурга киритилган объектнинг бирон-бир хосса ёки белгисини ифодалайдиган атама ва ҳукм блокидир.
Ҳар бир фрейм объектнинг белгиси ҳақида ахборот берадиган слотдан ташкил топган. Слот фрейм унсури бўлиб, айни пайтда қуйи даражага нисбатан микрофрейм ролини ўйнайди. Бошқача қилиб айтганда, ҳар бир слотда бошқа бир фреймнинг кўрсатгичи мавжуд. Демак, фреймлар ва слотлар комбинациясини (ўзаро уйғун бирикмасини) тузиш орқали ҳар қандай объектнинг моделини яратса бўлади. Кўргазма воситаси сифатида дарахт образидан фойдаланиш мумкин: дарахт илдизи – ахборот банки (манбаи); танаси – дастур, ундаги алгоритм; шохлари – фреймлар; барглари – слотардан иборат бўлган схема тарзида ифодаланади.
Kompyuterda inson bilimini freym usulida gavdalantirish slotlar (terminallar) va ma’nolar tartiboti shaklida beriladi. Masalan: “ishchi safar” freymini shunday ko’rinishiga ega:
Masalan: “ishchi safar” fremini shunday ko’rinishga ega: (Ishchi safar, Kim, x, qayerga u, qachon, kim bilan , transport turi. Kompyuterda freymerlar orqali bilimlar slot va terminlar bloklari orqali to’la, umumiylikdan konkretlikka qarab tasvirlanadi.
Bilimlarni freymlar orqali gavdalantirishni tadqiqotchilar ularni tejamligiga, ma’lumotlarni qisqa vaqtda topib berishda, ilmiy sohalari tavsif qilish uchun freymlarni qo’llashni qulayligida kurishadi.
Faylasuflar freym va tafakkur shakli bo’lgan tushunchani bir-biri bilan taqqoslashmoqda. Tushuncha narsa va hodisalarni xususiyatlarini belgilarini aks etuvchi aqliy bilish shaklidir., freymda narsalar yoki obyektni belgilarini terminator ifodalaydi.
Masalan, samolёt freymi terminatori samolyotni turini uning raqamini, uchuvchini ism-sharifini, uchish yo’nalishlarini ifodalaydilar. Belgilar ta’riflarda ifodalanadi freymlar majmuasi belgilarni ifodalovchi ta’riflardan tashkil topadi.
Kompyuter texnologiyasiga oid freymlarni ishlab chiqish, ularni falsafiy tahlil qilish nazariyasi uchun yangi g’oyalar va tasavvurlar beradi.
Freymlar majmuasi orqali kompyuterlarda nazariy bilimlarni ham gavdalantirish imkoniyati tug’iladi.
Bilishni kompyuterli modellashtirish aniqlash, aqlli kompyuterlarni ishlab chiqarish kabi muammolarni hal qilishga yordam beradi.



1 Pospelov G.S. Noviy stil ispolzovaniya EVM) Vopr.filosofii, 1979 № 2 s.56


Yüklə 43,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə