R. E. Xoliqova


Mustaqil O‘zbekistonda amalga oshirilgan institutsional o‘zgarishlar



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə25/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

Mustaqil O‘zbekistonda amalga oshirilgan institutsional o‘zgarishlar


O‘zbek xalqining ko‘p asrlik orzu-umidlari ifodasi bo‘lgan mustaqillikning asosiy xususiyati milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ta’minlaydigan huquqiy- demokratik davlat qurish edi.
Mustaqillik yillari milliy davlatchilik asoslarini qurish yillari bo‘ldi. O‘tgan yillar ko‘hna tariximizni teran his qilish, hozirgi jahon jarayonida o‘z o‘rnimizni
egallash davri bo‘ldi. Bu davrda biz o‘zligimizni anglab, tarixiy yo‘limizni uzil- kesil tanlab oldik.
Mustaqil O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o‘lkaning o‘ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni siyosiy jihatdan tubdan isloh qilish yo‘llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita bosh vazifa:

  1. Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish;

  2. Yangi davlatchilikning huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalarini hal qilishdan iboratdir.

Jamiyatda qonuniylikning g‘alaba qilishi, fuqarolarni ijtimoiy-siyosiy va boshqa huquqlarini himoyasi uchun hokimiyatlarning bo‘linish prinsipi haqli ravishda amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11- moddasida hokimiyatning bo‘linishi tamoyili konstitutsiya darajasida mustahkamlandi.
Davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishning yo‘llarini ko‘rsatib berar ekan, Birinchi Prezident I.A.Karimov eng avvalo bu vazifa hokimiyat barcha tarmoqlarning bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlashga bog‘liqligini uqtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitutsiyaning V-bo‘lim XVIII bobida va 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan. Bu qonunlarga ko‘ra, Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Sobiq Ittifoqdan qolgan qonunlarni o‘zgartirish, mamlakat hayoti uchun zarur o‘zgartirishlarni amalga oshirish, demokratik tamoyillar asosida Oliy Majlisni shakllantirish uchun 1994-yil 25-dekabrga saylovlar belgilandi.
1993-yilni 28-dekabrida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra respublika parlamentiga saylovlar umumiy, teng , to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi I-chaqiriq Oliy Majlisiga saylov respublikamiz siyosiy hayotida ulkan yutuq bo‘lib, bunda 250 deputatdan iborat Oliy Majlis - Yangi
Parlament demokratik va ko‘ppartiyaviylik asosida tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitutsiyaning V-bo‘lim XVIII bobida va 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risidagi Qonunda belgilangan. Bu qonunlarga ko‘ra, Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Sobiq Ittifoqdan qolgan qonunlarni o‘zgartirish, mamlakat hayoti uchun zarur o‘zgartirishlarni amalga oshirish, demokratik tamoyillar asosida Oliy Majlisni shakllantirish uchun 1994-yil 25-dekabrga saylovlar belgilandi.
1995-yil 23-24-fevralda chaqirilgan birinchi sessiyada O‘zbekiston parlamenti hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputatdan tarkib topgan Xalq Demokratik partiyasi fraksiyasini, 47 deputatni uyushtirgan «Adolat» sosial-demokratik fraksiyasini, 14 deputat ishtirokida «Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraksiyasini ro‘yxatga oldi. Oliy Majlis sessiyalarida va uning qo‘mitalarida olib borilayotgan ishlar asosan mamlakatimizni ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko‘tarish, qonunchilikni sifat darajasini yuksaltirishga qaratilgan. Qonunlar qabul qilinmasdan oldin umumxalq muhokamasiga taqdim qilinishi islohotlarni amalga oshirishga ijobiy ta’sir qildi.
1997-aprelda Oliy Majlis tarkibida Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) tashkil qilinganligi haqida qaror qabul qilindi.
Ombudsman jahondagi 85 dan ortiq mamlakatda bo‘lib, uning huquqiy holatini aniq ravshan belgilab beruvchi konstitutsiyaviy qonun Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi huquqiy hujjatdir.
Ushbu qonunda:

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə