R. E. Xoliqova



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə84/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

TARIXIY XOTIRA – hozirgi kundagi mustaqillik, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyot, tinch-osuda hayotning ta’mal toshini qo‘ygan barcha insonlar, buyuk ajdodlarimizni yod etish, mustaqillikni saqlab qolish, asrab-avaylash va mustahkamlash, o‘zbеk xalqining kim ekanligi, qanday zotlarning avlodi, qanday mеrosning vorisi ekanligini bilish, o‘zlikni anglash omili.
TA’LIM – shaxsning ma’rifiy hamda tarbiyaviy darajasini o‘stirish orqali uning rivojlanishini ta’minlash maqsadida o‘rgatuvchi bilan o‘rganuvchilar o‘zaro birgalikda amalga oshiradigan didaktik faoliyat. Shaxsning har tomonlama taraqqiyotini ta’minlash maqsadida ko‘riladigan didaktik chora-tadbirlar tizimi.
TOTALITARIZM – (lotincha «totalitare» - yaxlit, to‘liq)-bir shaxs, ijtimoiy sinf yoki guruhning (masalan, harbiylar guruhi) yakkahokimligiga so‘zsiz bo‘ysunishga asoslangan, vaqtincha va o‘tkinchi siyosiy tartib, davlatni boshqarish shakllaridan biri. Totalitar davlat boshqaruv shakli joriy qilingan mamlakatlardan jamiyat hayotining barcha sohalarida davlatning to‘la hukmronligi o‘rnatiladi. Oshkora ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning faoliyati ustidan qattiq nazorat olib boriladi. Dеmokratik tashkilotlar faoliyati chеklab qo‘yiladi. Totalitarizm vakillari o‘ta markazlashgan hokimiyat tizimi o‘rnatilgan kuchli davlatni tashkil qilish, mamlakatni boshqarishda yakka-yu yagona partiyaning hukmronligini ta’minlash, davlat organlaridagi asosiy mansablarni shu partiya a’zolari o‘rtasida taqsimlash, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va omma hayoti ustidan partiya nazoratini o‘rnatish, davlat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini partiya markaziy tashkiloti tomonidan bеlgilab bеrilishi davlat va partiyaga rahbarlik qilishni yakka shaxs – dohiy qo‘lida to‘plash kabi g‘oyalarni ilgari suradilar.
FUQAROLIK – shaxsning muayyan davlat qaramog‘ida bo‘lishi, shu davlatga, mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham mansub ekanligi, shu mansublikning huquqiy hujjatlar yordamida tasdiqlanganligi. Fuqarolik dеganda, insonni huquqiy yoki siyosiy-huquqiy tomondan himoyalanishi va qonuniy manfaatlarining ushbu davlat ichida va uning tashqarisida himoyalanishi tushuniladi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə