R. E. Xoliqova


-MAVZU. MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/152
tarix22.03.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#181990
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152
R. E. Xoliqova

2-MAVZU. MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL 
TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI. O‘ZBEKISTONNING 
O‘ZIGA XOS ISTIQLOL VA TARAQQIYOT YO‘LI 
Reja: 
1. Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy holati. 
2. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi va uning tarixiy ahamiyati. 
3. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlanishi va hayotga tadbiq 
etilishi. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning tarixiy 
ahamiyati. 
1. Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy holati 
O‘zbekiston o‘zining davlat mustaqilligini e’lon qilgan vaqtda mamlakatdagi 
ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab edi. Quyidagilar uning o‘ziga xos 
xususiyatlari sifatida namoyon bo‘lar edi: aholining turmush darajasi bo‘yicha 
O‘zbekiston sobiq SSSR tarkibida oxirgi o‘rinlardan birida turar edi; aholining 
60%dan ko‘proq asosiy qismi yashaydigan qishloq joylarida industrial 
rivojlanishning ahamiyatli darajada ortda qolishi sharoitida iqtisodiyotda yirik 
sanoat shaharlaridagi gigant korxona-monopolistlarning haddan tashqari 
konsentratsiyasi va ixtisoslashuvi hukm surardi; iqtisodiyotda ma’muriy tarzdagi 
narxni tashkil etish va resurslarni taqsimlash bilan bog‘liq kuchli 
nomutanosibliklar kuzatilar edi; mamlakat o‘z davlatchiligining asoslarini yaratish 
zarurati oldida turardi; og‘ir ekologik ahvol mavjud edi. 
Ko‘plab tarmoqlarda ataylab xomashyoni qazib olish va dastlabki qayta 
ishlash, yarim fabrikatlarni tayyorlash bosqichida uzilib qoluvchi tugallanmagan 
texnologik siklga ega ishlab chiqarishlar ustunlik qilar edi.
Respublikaning asosiy tarmoqlari kompleks tarzda emas, balki Rossiya 
hamda boshqa respublikalardagi ishlab chiqarishga resurslar va tayyor 
mahsulotlarni ko‘p minglab kilometrlarga (ko‘pincha noratsional, qarama-qarshi 
tarzda) etkazib berish orqali “bog‘lab qo‘yish” maqsadida rivojlantirilgan edi. 
70 yildan ko‘proq vaqt hukm surgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga 
asoslangan sobiq Ittifoqdagi noto‘g‘ri, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 80-
yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekiston 
aholisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab muammolar 
iskanjasiga solib qo‘ygan edi. Jumladan:
1) Respublikada demografik vaziyatning murakkabligi. O‘zbekistonda 
aholining o‘sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda uch barobardan ziyod 
yuqori bo‘lganiga qaramay, uzoq yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa 
tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda aholining hayot ta’minoti uchun 
zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar 
turmush sharoitining yomonlashuvi, ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat 
unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq 
farovonligining pasayishiga olib keldi; 
2) Respublika iqtisodiyotining biryoqlama, haddan tashqari nomaqbul 
ixtisoslashtirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi bilan bir qatorda, sanoatda ham, 


31 
asosan, xomashyoni birlamchi qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qilib, tayyor 
mahsulot, avvalo xalq iste’moli mollari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning ulushi 
juda past edi; 
3) ishlab chiqaruvchi kuchlar va, avvalo, sanoat ob’ektlari asosan stixiyali 
ravishda, aniqrog‘i, har xil o‘zboshimchalik, buyruqbozlik bilan qabul qilingan 
qarorlar asosida, ko‘pincha ilm-fan vakillari, bilimli va obro‘li mutaxassislarning 
tavsiyalari 
mutlaqo 
e’tiborga 
olinmay 
joylashtirildi;
4) Respublikadagi ijtimoiy ahvolning, 
odamlarning ijtimoiy ta’minoti va ularni 
ijtimoiy 
himoya 
qilishning 
mutlaqo 
qoniqarsizligi.
Ayniqsa, qishloq aholisining 
kanalizatsiya 
va 
vodoprovod 
bilan 
ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suv bilan 
ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar 
edi. Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat ob’ektlari, 
maktablar, bolalar bog‘chalari va hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar 
sezilmadi. Vaholanki, aholining ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar 
edi.
O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida hukm surgan 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ta’sirida faqat xomashyo etkazib berishga 
asoslangan, qoloq va mo‘rt iqtisodiyotga ega bo‘lib, bu holat respublika aholisi 
daromadlari va turmush darajasiga ancha keskin ta’sir ko‘rsatdi. 
Bu davrda respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda 
oxirgi o‘rinlardan biriga tushib qoldi. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ijtimoiy 
mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ittifoqdosh respublikalar orasida 12-o‘rinni, 
daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan eng oxirgi 
o‘rinlardan birini egallab keldi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish 
bo‘yicha Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan 2 barobar, xalq iste’moli mollari ishlab 
chiqarish bo‘yicha 2,5 barobar, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan 2,5 
barobar, qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa 2 barobar, 
aholining o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlari, tuxum, sut va sut mahsulotlari 
iste’moli bo‘yicha 2 barobar orqada qolgan. O‘sha davrda kun kechirish uchun 
oyiga o‘rta hisobda kamida 85 so‘m zarur bo‘lgani holda, 75 so‘mdan kamroq 
yalpi daromad oladigan aholining ulushi Ittifoq bo‘yicha 12 foizdan sal ko‘proq 
bo‘lsa, O‘zbekistonda 45 foizga etgan, ya’ni 8 million 800 ming kishini tashkil 
etgan. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o‘zining qo‘lidan 
keladigan ishni topa olmagan, ya’ni ishsiz bo‘lgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə