Radioaktiv elementlar uran va toriy kimyosi


Tuproqlardagi radioaktiv izotoplar to’g’risida



Yüklə 133,79 Kb.
səhifə7/12
tarix04.05.2023
ölçüsü133,79 Kb.
#108404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Radioaktiv elementlar uran va toriy kimyosi

Tuproqlardagi radioaktiv izotoplar to’g’risida


Tabiiy radioaktivlikning katta qismi radioizotoplar yoki radionuklidlar, ayniqsa og’ir elementlarning izotopi va radionuklidlari bilan bog’liq. Bunga tartib nomeri 82 dan katta bo’lgan uranning radioaktiv oilalari kiradi.
Ularni boshlovchi U238 bo’lib, uning yarim parchalanish davri, ya’ni T1/2-
4,5·109 yilga teng. Aktiniy buni boshlovchi U235-ni T1/2-7,1·108 yil, buning boshlang’ich elementi Th232 bo’lib, T1/2-1,4·1018 yilga teng.
Bu uchchala radioaktiv guruh o’z navbatida parchalanish jarayonida U238—17, aktiniy—14, toriy esa 12 tadan radioaktiv izotoplarini hosil qiladilar. Hosil bo’lgan radioizotoplar asosan alfa zarracha, ba’zilari esa betta va gamma zarrachalarni nur tariqasida chiqaradi. Bu uchala guruhning oxirgi mahsuloti nisbatan stabil bo’lgan, ya’ni parchalanmaydigan Pb286, Pb287, Pb288 hisoblanadi.
Izotoplarning ko’pchiligi qisqa vaqt yashaydi, ya’ni qisqa vaqt ichida boshqa izotopga yoki elementga aylanib qoladi. Tuproqda asosan tabiiy radioaktiv moddalar, ya’ni elementlardan uran, radiy, toriy, kaliy —40 va rubidiy —87, uglerod— 14, tritiylar uchraydi.
URAN. Tabiiy uran asosan uning izotoplari bo’lgan U237 (0,0058%), U235 (0,71%), U238 (99,28%)larni yig’indisidan iborat.
Uran ko’pchilik tog’ jinslari slanetslar, ohaktoshlar, fosforitlar tarkibiga kirib, ular bilan birgalikda uchraydi. Tuproqda doimo uran mavjud. Fosfatli jinslarda uran miqdori 1,2·10-4 g bo’ladi. Fosforitlarda uranning ko’pligi fosforli o’g’itlarda o’z aksini topadi. Sabab superfosfat va boshqa fosforli o’g’itlar asosan fosforitdan tayyorlanadi.
Uran birlamchi va ikkilamchi minerallar tarkibiga kiradi. Hozirgi kunda bu element tarkibiga 100 dan ko’p minerallar kirishi aniqlangan. Ularning ayrimlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
61- jadval Uranli ba’zi minerallar





Yüklə 133,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə