Radioaktiv elementlar uran va toriy kimyosi


Tuproqda uran, radiy, toriy, kaliy, uglerod va boshqa radioaktiv elementlar



Yüklə 133,79 Kb.
səhifə6/12
tarix04.05.2023
ölçüsü133,79 Kb.
#108404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Radioaktiv elementlar uran va toriy kimyosi

Tuproqda uran, radiy, toriy, kaliy, uglerod va boshqa radioaktiv elementlar


Fan olamida uran elementining radioaktivlik xususiyatini 1896-yilda fransiyalik olim, buyuk fizik Anri Bekkerel isbotlaganligi ma’lum. Shundan beri 100 yildan ko’proq vaqt o’tdi, radioaktivlik sohasidagi bilimlarning evolyutsiyasi va inqiloblari tufayli yadro fizikasining yangi-yangi yo’nalishlari ochildi. Bu borada buyuk olim Albert Eynshteyn shunday deydi: «radioaktivlikning kashf etilishini olovni kashf etilishi bilan tenglashtirish mumkin. Bu, ya’ni radioaktivlikning ochilishi fandagi eng inqilobiy kashfiyot hisoblanadi».
Radioaktivlik sohasidagi ilmlarimiz chuqurlashgan sayin uning ahamiyati, mohiyati qanchalik rivojlanib borishini asta sekinlik bilan tushunib boraveramiz. Bu hodisaning ijobiy, salbiy tomonlari ham hamon ko’proq ochilib boraveradi, bunga bugungi kunda shubha yo’q.
Radioaktivlik xossalari, sabablari turli soha olimlari, turli ilm-fan namoyondalari tomonidan o’rganilmoqda. Jumladan, tuproq kimyosi uchun ham bu soha nisbatan yangi va juda zarur yo’nalish hisoblanadi. Bunga sabab radioaktivlik, eng avvalo, radioaktiv elementlar bilan bog’liq.
Radioaktiv elementlarning katta guruhi tabiiy holda har xil minerallar tarkibida uchraydi. Minerallar va tog’ jinslari esa vaqt o’tishi bilan, qator nurash jarayonlari orqali har xil tuproqlar uchun onalik jinslari rolini o’ynaydi. O’z navbatida tuproqning qator xossa va xususiyatlari genezisi onalik jinsi hisoblanadi. Demak, tuproqlar ham radioaktivlikka ega bo’ladi. Lekin tuproqlarning radioaktivligi tuproq tarkibidagi radioaktiv elementlarning miqdori va sifatiga bog’liq.
Tuproq radioaktivligi tuproqdagi radioaktiv elementlarning tabiiy yoki sun’iy yo’llar bilan paydo bo’lishidan kelib chiqadi. Radioaktivlik odatda tuproqdagi shu radioaktiv elementning yadrosini boshqa elementga aylanishi yoki parchalanishi bilan ifodalanadi.
O’lchov birligi asosida Si sistemasida bekkerell qabul qilingan bo’lib, 1 Bk=1 sekund davomida 1 marotaba parchalanishga teng, ya’ni Bk=1 parchalanish, sekund yoki faollikni maxsus birligi tariqasida - kyuri bilan ko’rsatiladi. Bunda 1 Ku= 3,7∙1010 Bk.
Tuproq radioaktivligining asosiy qismi tabiiy radioaktiv elementlar bilan bog’liq bo’lib, ular 2 guruhga bo’linadi.

  1. Birlamchi radioaktiv elementlar tuproq hosil bo’lish jarayonida onalik jinsdan tuproqqa o’tgan. Bundan tashqarii, bu guruhga geokimyoviy oqimlar bilan kelgan radioaktiv elementlar ham kiradi. Geokimyoviy oqim deganda atmosfera, gidrosfera, litosfera kabi geosistemalarda elementlarning migratsiyasi nazarda tutiladi. Ayni vaqtda bu element radioaktiv element bo’lishi mumkin.

  2. Kosmogen radioaktiv elementlar deganda, bevosita atmosferadan, stabil elementlarni kosmik nurlar bilan o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’lgan radioaktiv elementlarni yerga qaytishi, ya’ni tuproqqa qaytishi, to’planishi natijasidagi radioaktivlik tushuniladi.

Tabiiy radioaktiv elementlar tuproqdagi faollikni 1000 Bk 1 kg gacha yetkazadi, ya’ni dunyoviy ma’lumotlarda 1 kg tuproqdagi radioaktivlik 1000 Bk gacha kuzatilgan. Tuproq tarkibidagi radioaktiv elementlarning konsentratsiyasi esa xilma-xil bo’lib, har xil tuproqlardagi o’zaro farqi 100 baravargacha yetadi.

Yüklə 133,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə