Radioaktiv elementlar uran va toriy kimyosi


B.B.Polinovning elementlar migratsiya koeffitsientlari va qatori



Yüklə 133,79 Kb.
səhifə3/12
tarix04.05.2023
ölçüsü133,79 Kb.
#108404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Radioaktiv elementlar uran va toriy kimyosi

B.B.Polinovning elementlar migratsiya koeffitsientlari va qatori


Migratsiya intensivligi

Suvda migratsiya koeffitsenti

Qator tarkibi

Juda kichik

n ∙ 10 ∙ 100

Sr C1, V, Br, J

Kuchli

n - n ∙ 100

Ca, Na, Mg, Fe, Sr, Zn, Mo, Se, Ayi

O’rtacha

0, n - n

Si, K, Mn, P, Ba, Rb, Ni, Cu, Li, Co

Kuchsiz

0,0 n – 0,n

Al, Fe, Ti, Th va boshqalar

Bularning eng muhimlari tog’ jinslari, nuragan va nurayotgan minerallar, tuproq, relef, o’simlik qoplamlari hisoblanadi.
Cho’l mintaqasining asosiy xususiyatlaridan biri bu uning qo’riq iqlimga xosligidir. Bu mintaqa tuproqlarida galloidlar dinamikasi kam o’rganilgan. Dasht zonalari uchun bu boradagi ma’lumotlar nisbatan ko’p. Masalan, yod uchun Belyakova T.M. aniqlagan quyidagi jadvaldagi ma’lumotlarni keltirishimiz mumkin.
58 — jadval Qora tuproqlarda yod miqdori, mg/kg

Chuqurlik, sm

Yalpi

Harakatchan

Chuqurlik, sm

Yalpi

Harakatchan




Sho’rhok tuproqlar




Qora tuproqlar

0-11

340,0

7,5

0-20

7,2

Izlar

22-32

301,9

7,2

27-32

7,4

Izlar

74-84

282,3

1,96

45-55

7,3

0,15




71-81

8,9

0,41




100-110

7,4

Izlar




150-160

7,4

0,44








Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, yodning uncha yuqori bo’lmagan konsentratsiyasi avtonom landshaftlarning tuproq va tuproq hosil qiluvchi jinslariga to’g’ri keladi. Shuningdek, yalpi yod miqdori qora tuproqlar profilida 7 — 9 mg/kgligiga qaramasdan uning harakatchan miqdori tuproqda juda oz yoki yo’q. Demak, qora tuproqlarda yod gumus va minerallar tomonidan mustahkam bog’langan.
Tobe landshaftlarda, ya’ni kaskadning quyi qismiga xos bo’lgan, sho’rxoqlarda yodning asosiy miqdori tuproq va ona jinslarga to’g’ri keladi.
Sho’rxoqlarda yod miqdori alohida hollarda inson va boshqa organizmlar hayoti uchun xavfli miqdorda to’planadi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, sug’orilmaydigan landshaftlardagi geokimyoviy holat, ayniqsa, arid mintaqalarda yod va boshqa elementlarning harakati uchun qulay sharoit emas.
Madaniy landshaftlarda bu hol boshqacha, ya’ni xlor va boshqa bir qancha elementlar migratsiyasi sug’orish jarayonida o’simlik, suv va boshqa bloklar orqali tezlashadi. Natijada, hatto butunlay boshqa landshaft sharoitiga turli oqim yo’llari bilan o’tib kelishi mumkin.
Yodning yuqori konsentratsiyasi esa kuchsiz mineralizatsiyaga ega bo’lgan gidrokorbanat natriyli suvlarga va kalsiyli tipga ega bo’lgan nomokoplarga to’g’ri keladi.
Farg’ona vodiysida yodli suvlar Quva tumani hududida ochilgan bo’lib, ular juda kam o’rganilgan. Yodning asosiy manbalari chuqurlikdagi yodli suvlar bo’lib, ularning ayrimlarida bu elementning konsentratsiya klarki 250 ga yetadi. Dengiz suvlari ham yodning manbayi bo’lib xizmat qiladi.
Yod dengiz suvlaridan materikka kelib tushadi, o’simliklar esa o’zlariga qisman atmosferadan yodni singdiradi va shu tariqa uning biogeokimyoviy modda aylanishiga kiritadi.
Markaziy Farg’onaning qozonsimon relefiga ega bo’lishi va dengizlardan uzoq joylashganligi hamda deyarli hamma tomondan tog’ bilan o’ralganligi bu yerga dengiz yodini yetib kelishini qiyinlashtiradi. Lekin bizga ma’lumki, sho’rxoqlarda va sho’r suvlarda, sho’r sizot suvlarda yod mavjud.
Perelman (1979) ma’lumotlariga ko’ra, yod cho’l zonasining tuproqgruntlarida JO3 — shaklida ko’proq migratsiyalanadi. Uning migratsiya jadalligi tuproq oksidlanish va qaytarilish potensiali ortishi bilan ortadi. Bu potensial esa tuproqni melioratsiyalash jarayonida oshadi.
Umuman Qo’qon tumanlaridagi landshaftlarda 1917 yillargacha yodning yetishmaganligi bizga ma’lum. Bu buqoq kasalligini keltirib chiqarganligi ham aniqlangan.
Brom birikmalari meditsinada o’zining tormozlash qobiliyatini yaxshiligi bilan hammaga ma’lum. Ayniqsa uning nerv sistemasiga yaxshi ta’siri olimlar tomonidan isbotlangan. Brom tipik noyob element. Uning litosferadagi klarki 2,1 ·104% bo’lib, juda notekis tarqalgan.
Bromning asosiy manbayi bo’lib dunyo okeanlari xizmat qiladi. Okeanlarda bromning miqdori ko’pchilik minerallarga nisbatan 30 barobar ko’p. Ba’zi bir tuzlarning yotqiziqlari ham bromga boy.
Minerallardan bromning eng ko’p miqdori karnalitga (0,24-0,6%), silvinitga (0,13-0,2%) to’g’ri keladi.
Arid iqlim mintaqalarida joylashgan daryolarda bromning miqdori n·10-5 — n·10-6%. Cho’llarda brom noyob kumushli barerlarni vujudga keltiradi. Yer usti organizmlaridagi miqdori suvda yashovchilarga nisbatan kam.
Dengiz jonivorlari 4·10-3%, yer yuzasidagilari 2,5-4·10-5% brom saqlaydi. By miqdor litosfera klarki atrofida kamroq. Landshaftlarda brom muammosi hozirgi kunda ochiq muammolar qatoridan joy oladi.
Galloidlar ichida eng faoli ftor bo’lib, o’zining ko’pgina xossalariga ko’ra boshqalardan keskin farq qiladi.
Ftor juda faol element bo’lib, u ko’pgina elementlar bilan o’zaro ta’sir eta oladi Hatto inert gazlar bilan ham reaksiyaga kirishadi. Ayni bir vaqtda ftoridlar, xloridlar, bromidlarga nisbatan suvda oz eriydi. Eng ko’p tarqalgan, geokimyoviy jihatdan qiziqarli - ftorning minerali bo’lgan flyuorit hisoblanadi. Shunga asoslangan holda ham ftor uchun asosiy barer bu kalsiyli to’siqlar deb xulosa qilish mumkin.
Nordon muhitda ftor aluminiy kolloidlar tomonidan yaxshi yutiladi. Ftor gillarda, slanslarda 0,05%, ohaktoshlarda 0,033%, qumtoshlarda 0,024% miqdorida bo’ladi.
Ftor keskin litofil va pasttalassofil element. Suvdagi va biogen holdagi migratsiyasi boshqa galloidlardan past darajada. Ftorning asosiy manbalari bu tog’ jinslari hisoblanadi.
Ftorli minerallar qatoriga kriolit, flyuorit va boshqalar kiradi. Tuproqda ftorning o’rtacha miqdori 0,02%. Ftorga defitsitlik seziladigan landshaftlarda «karies» kasalligi kuzatiladi.
Tabiiy suvlarda ftor miqdorining ko’pligidan Arutyunova, Babel va boshqalar biogeokimyoviy endemiya tariqasida flyuroz kasalligining rivojlanishini kuzatganlar.
Belyakova (1969) ma’lumotlariga ko’ra, Shuchinskiy shahridagi ftorli suvlarning vujudga kelishida yer osti suvlarining roli katta. Yer osti suvlari har xil yo’llar bilan kelib ko’llarning suvlariga qo’shilgan.
Shuche ko’llaridagi suv tarkibida ftor 4,20 mg/l, Akkolda 12,6 mg/l.
Har xil tuproq qatlamiga ega bo’lgan turli landshaftlarda ftor miqdori quyidagicha o’zgaradi.
Jadval ma’lumotlariga ko’ra yalpi va harakatchan ftorning miqdorini yuqori ko’rsatkichlari ellyuvial — akkumulyativ va transsuperakval landshaftlarga to’g’ri keladi.
59-jadval. Elementar landshaftlarda ftorning dinamikasi





Yüklə 133,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə