Ranoguldoshlar (kosaceae). Soyabonguldoshlarp(aplaceae),gazandoshlar (urticaeae), gulxayridoshlar(malvaceae),oilasining dorivor turlari, biologiyasi, areali va ekologiyasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə4/7
tarix11.10.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#127258
1   2   3   4   5   6   7
Ranoguldoshlar (kosaceae).soyabonguldoshlarp(Aplaceae),Gazandoshlar (Urticaeae), Gulxayridoshlar(Malvaceae),oilasining dorivor turlari, biologiyasi, areali va ekologiyasi

Gul formulasi *Sa(5) So5 A U(3)
Bu oilaga 90 avlod 1600 tur kiradi. O‘zbekiston florasida 6 avlod va 17 turi uchraydi. Ular issiq mamlakatlarda ko‘proq tarqalgan.
Bu oilaga g‘o‘za (Gassypium),gulxayri (Althaea),tugmachagul (Malva), dag‘al kanop (Abutilon) va boshqalar kiradi.
Fo‘za- asli vatanida ko‘p yillik daraxt va buta o‘simliklaridir.
Ular yovvoyi holda ham o‘sadi. Fo‘za bizning sharoitimizda bir yillik o‘simlik. Fo‘zaning daraxtsimon vakillarining bo‘yi 5 metrga, bir yilliklarining buyi 1 metrga yetadi. Bir yillik vakillarining o‘q ildizi juda rivojlangan bo‘lib yerga kirib boradi. Poyasi tik chiqqan va shoxlangan, shoxlari 2 xil bo‘ladi. Tik o‘sgan shoxlari monopodial yoki o‘suvchi shox deyiladi, bu poyaning ostki qismida chiqadi. Yon shoxlari simpodial yoki xosil shoxlar deyiladi, bular poyaning yuqori qismidan chiqadi va tirsak-tirsak bo‘lib o‘sadi. Barglari oddiy 3-5-7 bo‘lakchali va uzun bandli ikkita yonbargli bo‘ladi. Guli yirik va qo‘shgulqo‘rg‘onli, kosacha barglari qo‘shilib o‘sgan, 5 tishli, 3 ta yirik yonbargchadan hosil bo‘lgan ost kosachali. Gultoji 5 ta erkin. Fo‘za guli atigi 1 kun ochilib turadi. Ertalab gultojining rangi och sariq, kechga yaqin binafsha rangga kirib so‘liydi va 2-3 kun ichida qurib otaligi va tuguncha to‘kilib ketadi. O‘z-o‘zidan va chetdan changlanadi. Otaligi ko‘p, ikki doirada joylashgan. Tugunchasi 3-5 uyali, ustki. Mevasi 3-5 uyali ko‘sak bo‘lib, ichida uzun va qisqa tolalar bilan qoplangan dumaloq yirik bir qancha urug‘lar bo‘ladi.
Fo‘zaning madaniy turlaridan 3 turi ekiladi.
Oddiy g‘o‘za (G hirsutum)
Misr g‘o‘zasi (G barbadense)
Jaydari g‘o‘za (G herbaceum)
Gulibaxmal (A officinalis) Bu poyasi to‘g‘ri va tik o‘sgan, namatdek yumshoq, yulduzsimon tukchalar bilan qoplangan, gullari och pushti yoki oqimtir, hidsiz, ko‘p yillik o‘t o‘simlikdir. Bizda to‘qaylarda va zahroq yerlarda o‘sadi. Ildizi meditsinada qo‘llanaladi.
Gulxayrilar oilasiga sanoatda muhim hisoblanadigan kanop o‘simligi kiradi.
Kanop (Hibiscus cannabinus) bonbey kanop tolasi deb ham ataladi, chunki bu o‘simlik ekiladigan asosiy joy Hindiston, qisman Erondir. Kanop asl o‘sadigan bo‘ydor o‘t bo‘lib, poyasining o‘rtasidan 5-7 bo‘lakli barglar chiqaradi, pastki barglari esa yaxlit, ustki barglari tishli bo‘ladi. Kanopning poyasidan yaltiroq, mayin va yumshoq tola olinadi, bu tolaga yaxshi ishlov berilsa, u zig‘ir tolasiga yaqinlashib qoladi.
Dag‘al kanop (Abutilon avicennae) ham o‘tsimon o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 4 m gacha boradi va yuraksimon yirik - yirik yaxlit barglar chiqaradi. Bu o‘simlik bizda Bessarabiyadan sharqqacha, to Manjuriyagacha bo‘lgan qirlarda odatda siyrak holda uchraydi. Dag‘al kanop Xitoyda qadimdan ekiladi.
Dag‘al kanop tolasining sifati kanop tolasi sifatiga nisbatan pastroq - bu tola dag‘al va mo‘rt bo‘ladi. Dag‘al kanop kanopga nisbatan kamroq issiq talab qiladi va namgarchilik yetarli bo‘lsa, yaxshi hosil beradi.
Govzabondoshlar oilasi - Boraginaceae.
Bu oilaga asosan o‘t o‘simliklar va kamdan kam buta hamda daraxt o‘simliklar ( tropik mamlakatlardagi) kiradi. Poyalari qirrali, barglari butun, navbat bilan, ba’zan qarama-qarshi joylashadi. Poya va barglari qattiq tukchalar bilan qoplangan bo‘ladi. To‘pgullari qo‘shaloq gajjaklardan iborat. Gullari 5 bo‘lakchali to‘g‘ri bo‘lib, ba’zan noto‘g‘rilari ham uchraydi. Kosachalari 5 tishli. Gultojilari naychasimon, qo‘ng‘irsimon yeki boshoqqa o‘xshash bo‘lib 5 bo‘lakli va 5 tishlidir. Ular 5 ta tojbargning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Changchisi 5 ta ular gultoj naychasiga birikadi. Urug‘chilari 1-2 mevachi bargdan tuzilgan, tugunchalari ustki asosida nektardoni bor. Gullari xashoratlar yordamida chetdan changlanadi. Mevalari quruq, to‘rtta yong‘oqchaga ajraladi, ba’zi turlarining mevasi sersuv danakchalardir. Govzabondoshlar oilasiga 1800 tur kiradi, bu turlar butun yer yuziga tarqalgan. O‘rta Osiyeda 150 dan ko‘proq turi o‘sadi. Fovzabondoshlar o‘rmon va dashtlarda, chala cho‘l va cho‘l va tog‘li rayonlarda juda ko‘p o‘sadi. Bu oilaning eng ko‘p tarqalgan turkumlari quyidagilardir: Kampirchopon (Trichodesma), nayzatuklar (Echium), Govzabonlar (Anchusa), Zag‘chakuzlar (Myosotis) va boshqalar.
Govzabon xo‘kiztili (Anchusa). Bular bir va ko‘p yillik o‘tlardir. (Urug‘lari zaharli bo‘ladi). Falla va boshqa ekinlar ichida o‘sadigan begona o‘tlar bo‘lib bo‘z va partov yerlarda uchraydi.Italiya govzaboni(A.italica)turi ko‘p uchraydi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə