Ranoguldoshlar (kosaceae). Soyabonguldoshlarp(aplaceae),gazandoshlar (urticaeae), gulxayridoshlar(malvaceae),oilasining dorivor turlari, biologiyasi, areali va ekologiyasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə1/7
tarix11.10.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#127258
  1   2   3   4   5   6   7
Ranoguldoshlar (kosaceae).soyabonguldoshlarp(Aplaceae),Gazandoshlar (Urticaeae), Gulxayridoshlar(Malvaceae),oilasining dorivor turlari, biologiyasi, areali va ekologiyasi



RANOGULDOSHLAR (KOSACEAE).SOYABONGULDOSHLARP(APLACEAE),GAZANDOSHLAR (URTICAEAE), GULXAYRIDOSHLAR(MALVACEAE),OILASINING DORIVOR TURLARI, BIOLOGIYASI, AREALI VA EKOLOGIYASI


Reja:
1. Choydoshlar oilasiga tasnif.
2. Dalachoydoshlar oilasiga tasnif.
3. Qovoqdoshlar oilasiga tasnif.
4. Karamguldoshlar (krestguldoshar) oilasiga tasnif.

Choydoshlar oilasi-(Theaceae).
Bu oila vakillari ko‘pincha doimiy yashil daraxt yoki butalardir. Ularning barglari oddiy, chetlari tekis, birin-ketin joylashgandir. Yonbarglari bo‘ladi yoki bo‘lmaydi. Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli yoki ayrim jinslidir. Kosachabarglari 5-7 ta. Tojbarglari 5 ta, ba’zan 4 ta yoki bir qancha va kosabarglari singari tagi qo‘shilib o‘sgan yoki erkin bo‘ladi. Otaligi ko‘pincha cheksizdir. 5 ta bog‘lam tashkil etadi va tojbarglarining tagiga birikkan bo‘ladi. Onaligi 2 yoki ko‘p, ko‘pincha 3-5 mevabargli,tugunchasi ustki,ikki va ko‘pincha 3-5 uyali, mevasi ko‘sakcha yoki kamdan kam rezavor mevadir. Bu oila 30 avlod 400 turdan tashkil topgan bo‘lib, uning vakillari tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. Muhim avlodlariga choy (Thea) va kamelliya (Camellia) lar kiradi.
Choy avlodi (Thea). Bu avlod vakillari doimiy yashil buta yoki kichikroq daraxt o‘simliklardir. Ularning barglari etli, ovalsimon uchiga tomon ensizlagan va qisqa bandlidir. Gullari bittadan, tojbarglari 5-9 ta, tagi tutash, oq va sarg‘ish pushti tukga moyilroq rangli bo‘ladi.
Mevasi yog‘ochlangan ko‘sakcha, har qaysi uyasida bittadan olchadek urug‘i bo‘ladi. Choy yer shari bo‘yicha 4 ta turi ma’lum. Shundan ikkitasi Xitoy choyi (Gh. Sinensis) va assam yoki xind choyi (Gh. assana) nam subtropik mamlakatlarda ekiladi. Xind choyi bo‘yi 10-15 m. balanlikdagi daraxt, barglari cho‘ziq bo‘ladi. Xitoy choyi esa asosan 2-3 m balandlikdagi butadir. Uning barglari esa cho‘ziq tuxumsimon bo‘ladi. Xitoy choyi (Gh. Sinensis) va xind choyi (Gh. assamica) gibridlari asosan Farbiy Gruziyada, Ozarbayjonning Lenkoran rayonida, Krasnodar o‘lkasining janubida ekiladi. Asli (Hindixitoy) tog‘li o‘rmonlari hisoblanadi.
Nerv sistemasining faoliyatini yaxshilash, xordiq chiqarish maqsadida yer kurrasining qariyib barcha aholisi tomonidan ichiladigan choy shu o‘simlikning bargidan tayyorlanadi. Choy o‘simligining bargida 20-28% tannidlar, 2-5% kofein, 0,01% efir moyi, S,V 41 0, V 42 0, K vitaminlari, putin va organik kislotalar hamda mineral moddalar bor.
Qizilpoychadoshlar oilasi (Yuttiferae)
Bu oila vakillari daraxt, ba’zan o‘t,goho epifit va liana o‘simliklardir. Ularning barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, ko‘pincha yonbarglari bo‘lmaydi. Gullari 2 jinsli yoki bir jinsli va to‘g‘ri, spiral xolda yoki doira bo‘lib, chala qalqonsimon yoki ro‘vak to‘pgulda joylashgan. Kosacha va tojbarglarining soni har xildir. Tojbarglari ko‘pincha 5 ta, ba’zan 4 ta, sariq goho qizil, to‘q qizil rangda bo‘ladi. Otaligi ko‘p, ba’zan 6-18 ta, aksari osti birikkan bo‘lib, 3-5 bog‘lamni tashkil etadi. Onaligi ko‘pincha 3-5 uyali. Mevasi ko‘sakcha,danakcha yoki rezavor mevadir. Mevasi ko‘sakcha, danakcha yoki rezavor mevadir.
Qizilpoychadoshlar oilasi 47 avlod 850 turdan iborat bo‘lib, asosan tropik mamlakatlarda tarqalgandir. Shundan O‘zbekistonda faqat 3 turdan iborat dalachoy avlodi (Hypericum) tarqalgan.
Dalachoy avlodi (Hypericum).
Bu avlod vakillari o‘t yoki chala buta o‘simliklaridir. Ularning barglari qarama-qarshi joylashgan, qariyb bandsiz. Gullari sariq, kosacha va tojbarglari 5 tadan, otaliklari cheksiz, tagi qo‘shilib o‘sgan. Mevasi 3 uyali ko‘sakcha, urug‘i ko‘p va endospermsizdir. Dalachoyning 3 turi O‘zbekiston florasida uchraydi.
Dalachoy (H perforatum)
Bu ham qizilpoycha turga o‘xshash. Uning tojbarglari 15-20 mm bo‘lib, otaligi gultojidan qisqa bo‘ladi. U keng tarqalgan o‘t bo‘lib, ko‘proq bedapoyalarda va bog‘larda begona o‘t sifatida o‘sadi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə