Raqamli va Axborot texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi Reja



Yüklə 337,19 Kb.
səhifə25/65
tarix15.05.2022
ölçüsü337,19 Kb.
#87077
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
1 ma'ruza Raqamli va Axborot texnologiyalarining tushunchasi 030322113706

5 – modda. Axborot erkinligining asosiy prinsiplari

Ochiqlik va oshkoralik, hamma erkin foydalanishi mumkinligi va haqqoniylik axborot erkinligining asosiy prinsiplaridir.



6 – modda. Axborotning ochiqligi va oshkoraligi

Axborot ochiq va oshkora bo’lishi kerak, maxfiy axborot bundan mustasno.

Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi:

fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro’yobga chiqarish tartibi to’g’risidagi, Shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonun hujjatlari;

ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya–epidemiologik, favqulodda vaziyatlar to’g’risidagi ma’lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish ob’yektlari va kommunikatsiyalarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan boshqa axborotlar;

kutubxonalarning, arxivlarning va O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan Yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining ochiq fondlaridagi mavjud ma’lumotlar.

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to’g’risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart.


Yüklə 337,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə