Raqamli va Axborot texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi Reja



Yüklə 337,19 Kb.
səhifə27/65
tarix15.05.2022
ölçüsü337,19 Kb.
#87077
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65
1 ma'ruza Raqamli va Axborot texnologiyalarining tushunchasi 030322113706

9 – modda. Axborot olish tartibi Har kim axborot olish uchun bevosita yoki vakillari orqali yozma yoxud og’zaki so’rov bilam murojaat etish huquqiga ega.

YOzma so’rovda murojaat etuvchining ismi, otasining ismi, familiyasi, manzili (Yuridik shaxslarning esa rekvizitlari) hamda so’ralayotgan axborotning nomi yoki xususiyati ko’rsatilishi lozim. So’rovlar belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilishi kerak.

YOzma so’rovga imkon qadar qisqa muddatda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, so’rov olingan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay javob qaytarilishi lozim.

Og’zaki so’rovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi kerak. So’ralayotgan axborotai ushbu moddaning uchinchi va to’rtinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatda taqdim etishning iloji bo’lmagan takdirda axborot olish uchun murojaat etgan shaxsga uni taqdim etish kechiktirilganligi to’g’risida xabar yuboriladi.

So’ralayotgan axborotni taqdim etishni kechiktirish so’rov berilgan sanadan e’tiboran ikki oydan ortib ketmasligi lozim. Taqdim etish kechiktirilganligi to’g’risidagi xabar axborot so’rab murojaat etgan shaxsga so’rov olingan sanadan e’tiboran bir hafta muddat ichida yuboriladi. Taqdim etish kechiktirilganligi to’g’risidagi xabarda kuyidagilar ko’rsatilishi kerak:

so’ralayotgan axborotni vaqtida taqdim eta olmaslik sabablari;

so’ralayotgan axborot taqdim etiladigan sana.

Agar so’rov tushgan organ yoki mansabdor shaxs so’ralayotgan axborotga ega bo’lmasa, axborot so’rab murojaat etgan shaxsga so’rov olingan sanadan e’tiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda ma’lum qilishi shart.

Axborot berganlik uchun belgilangan tartibda haq olinishi mumkin.


Yüklə 337,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə