Referat fan: Yozish va taqdimot Mavzu: Sinf rahbarining maktab ma’muryatidagi o'rni bajardi: Sharopov F


-chizma. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish shakli



Yüklə 2,48 Mb.
səhifə4/5
tarix08.05.2023
ölçüsü2,48 Mb.
#109185
növüReferat
1   2   3   4   5
Faxriddin yvt

1-chizma. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish shakli.
Zero, tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari muhim oʻrin tutadi. Bu masalada u aniq burch va vazifalarga ega.
Talabalar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar jarayonidagi tutgan oʻrni , burchi va vazifalari boʻyicha koʻnikma, malaka va tajriba hosil qilishlari kerak. Shunda bu borada erishilgan natijalari kutilgan darajada boʻladi.
Sinf rahbari hozirgi kunda asosiy tarbiyachi hisoblanadi. Shu sababli uning maqomi bugungi kunda quyidagilardan iborat:
1) Sinfdagi tarbiyaviy ishlar uchun asosiy shaxs boʻlishi;
2) pedagogik jamoa va ota-onalarga nisbatan tarbiyaviy ishlarda mutloq-vakolatga ega boʻlishi;
3) sinfdagi tarbiyaviy ishlarning samaradorligini ta’minlashi;
4) davlat va nodavlat tashkilotlarida bolalarning qonuniy vakili sifatida ishtirok etishi va h.k.
Demokratik jamiyat sharoitida sinf rahbarining ijtimoiy nufuzi yuqori boʻladi. Bu bir necha omillar bilan belgilanadi:
- bolani har xil salbiy ta’sir va holatlardan muhofaza qilish;
- bola huquqlarini roʻyobga chiqarish;
- bolani ijtimoiy himoyalash;
- bola tarbiyasi monitoringini amalga oshirish.
Hozirgi tezkor davrda ota-ona yoki oilada bola tarbiyasi bilan shugʻullanuvchilar bola tarbiyasi ishiga ishtiroksi sifatida qatnashmoqda, xolos. Sinf rahbari esa bola tarbiyasida ilmiy, ijtimoiy, gʻoyaviy, siyosiy talab va ehtiyojlar bilan ishtirok etadi. Buning uchun sinf rahbari quyidagi mezonlarga amal qilishi lozim:
- oʻz kasbining ustasi boʻlishi;
- bolani sevishi va bola huquqlarini bilishi;
- tarbiya ishining asoslari, metodlari va texnologiyalaridan yetarli darajada xabardor boʻlishi;
- ijodkor, izlanuvchan va namunali boʻlishi.
Shunday qilib sinf rahbari tarbiyaviy ishlar sohasida keng qamrovli ishlarni olib boradi va oʻz sinf oʻquvchilarini barkamol avlod qilib tarbiyalashda asosiy shaxs hisoblanadi.
Xulosa:
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, sinf rahbari ishini maktab maʼmuriyati bilan birgalikda va mahalla jamoasi bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Maktab maʼmuriyati sinfda rahbari va u olib borayotgan ishlarni qoʻllab quvvatlash lozim. Chunki sinf rahbari oʻz oʻqituvchilarini yaxshi biladi va ularni tarbiyalashni uchun nimalar qilishi kerakligini hisobga olib ish yuritadi. Oʻquv faoliyatida bilim, koʻnikma va malakani egallaydilar. Oʻqituvchi sinf bilan yolgʻiz ishlaydi va koʻpincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi. Oʻqituvchilarning bolalarga boʻlgan munosabati katta mehribonlik va gʻamxoʻrlik bilan xarakterlanadi. Bu esa talabchanlik bilan olib boriladi. Oʻqituvchilar bilan boʻladigan oʻzaro munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda oʻquvchilarning oʻsishi va rivojlanishiga qarab ularni qayta qurish xususiyati ham sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega.
Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan tushunchalar:

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə